davrining eng atoqli siyosat va madaniy arboblaridan biridir” S.P.Tolstov
O`qituvchi:
Bobur shoh yashagan o`sha ziddiyatli, beomon, besaranjom zamonda davlatni boshqarish uchun jasur sarkarda bo`lish juda muhim edi. Tabiat Bobur shohga ana shunday xislatni in’om etgan edi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib suvori, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg`ayratlik, epchillik mujassam edi. Epchillikda unga teng keladigan odam kamdan kam topilgan.
Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniy jihatdan ham shunday baquvvat bo`lganki, ikki qo`ltig’iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o`limga tik qarash, o`ziga va o`z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo`lgan. Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o`z orqasidan ergashtirish imkonini bergan.
Bobur kimlar bilan janglarda to`qnash kelgan bo`lsa, ularning tajribalarini o`rgangan.Shayboniylardan urushning “to`lg`ama” usulini, mo`g`ullardan pistirma qo`yish, afg`onlardan poroxli miltiq ishlatishni o`rgangan. Zahriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda, yirik tarixchi olim hamdir.Uning nomini abadiylikka muhrlagan asar “Boburnoma”dir. Bu asar-Movarounnahr, Afg`oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi. Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493-1529-yillar oralig`ida bo`lib o`tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi. Bobur shoh 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi “Bog`i Orom ”ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko`ra, bir necha yildan so`ng Bobur shoh jasadi Kobuldagi “Bog`i Kalon”ga ko`chiriladi. Bu
bog`ni Boburning o`zi katta mehr bilan obod qilgan edi. Keyinchalik bu bog` “Bog`i Bobur” deb atala boshlangan. Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga munosib hukmdorlarning yorqin
namoyonlaridan biridir. Bobur bobokaloni Amir Temurdek bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor bilan qaragan davlat arbobi edi.
O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarori:
*1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlansin.
• Boburning buyuk xotirasini ulug`lash yo`lida katta ishlar amalga oshirilsin.
• Andijonda Bobur haykali o`rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi.
• “Bobur milliy bog`i” va shu bog` qoshida “Bobur va jahon adabiyoti” nomli
muzey tashkil etildi.
• Har yili 14-fevral Respublikamizda Bobur tavalludi keng nishonlanadi.
Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasi bo`lganida ham Vatan xayoli,
ayriliq alami Bobur Mirzoni aslo tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlarni
bitgan edi:
Yana mahrumi xonumon qilding,
Yana ovorayi jahon qilding.
Tole yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig` bo`ldi.
O`z yerni qo`yub Hind sori yuzlandim,
Yorab netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |