Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!


-mavzu: Buyuklarni yod etib



Download 116,29 Kb.
bet21/39
Sana30.12.2021
Hajmi116,29 Kb.
#192804
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
9-cинф тарбиявий соат 1-чорак

20-mavzu: Buyuklarni yod etib (Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan)

Kun shiori: Navoiy non.To`sma.Unga borar yo`ldan qoch,


G`ashlik qilma, to`rt yonni ham yoritarkan toj.
Navoiyga o`zin ursa, urma kofirni,
Axir nonga musulmonu kofir birday och.
Halima Xudoyberdiyeva
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini
o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, Navoiy bobomizga va uning
ijodiga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud
aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim
ququ
yoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar,
slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “ 9 fevral - Nazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun”.
O`qituvchi:
Rus olimlaridan juda ko`pchiligi Hazrat Navoiy bobomiz haqida juda ko`plab
tadqiqot ishlari olib borgan. Quyida akademik N.I.Konrad va V.M.Jirmunskiy
tadqiqotlarini kuzatamiz.
Chunonchi: Navoiy- o`zbek adabiy tilining asoschisi; Navoiy- o`zbek mumtoz
adabiyotining asoschisi; Navoiy – Sharq badiiy va falsafiy tafakkurini jamlab, uni
yangi pog`onaga ko`tara olgan mutafakkir; Navoiy – Temuriylar davlatining yirik
arbobi, adolat himoyachisi; Navoiy – ilmu urfon, madaniyat va she’riyat homiysi,
ustoz-murabbiy va hokazo.
Navoiy turkiy til qudratini barilla namoyish eta oldi, bu xalqlarning ijodiyoti
an’analari bilan forsiy she’riyat an’analarini qo`shib, turkiy adabiyotni keng
bashariy tarix sahnasiga olib chiqadi. Navoiy-nodir iste’dod egasi, ammo uni
hamisha ilhomlantirgan, unga qudrat va quvvat bergan narsa – bu ona tilida ulug`
asarlar yaratib xalqi ruhini sarbaland etish edi. Bu qutlug niyat bir ilohiy nur bo`lib,
Navoiy asarlari orqali avlodlar qalbini charog`on qilib turibdi.
Shu nuqtai nazardan V.M. Jirmunskiy Navoiy faoliyatini Lyeonardo da Vinchi
faoliyati bilan qiyoslaydi va yozadi: “Navoiy o`zining G`arbdagi zamondoshlari
kabi ko`z oldimizda har tomonlama kamol topgan va ilmu ijod, fikriy teranlik va
amaliy faoliyatini o`zida jamlagan univarsial qobiliyatli yaxlit bir komil shaxs
sifatida gavdalanadi”.
(Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari-199-201 -betlar)
O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali
ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan yana biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz
uning mo`’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon
chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida
butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxe, milliy adabiyotimizning tengsiz
namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum qilgan
o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa, olamda turkiy va forsiy tilda
so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa,
Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa.
Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak,
mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Shu ma`noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so`nmas dahosiga
hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o`rganishga bo`lgan qiziqish xorijiy
ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig`ini
dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va faoliyati haqida e`lon
qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug` ajdodlarimiz xotirasiga barpo
etilayotgan yodgorliklar misolida ham ko`rish mumkin. Shu qatorida, Moskva,
Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizning xotirasiga o`rnatilgan
muhtasham haykalni eslash joiz.
(Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)

Download 116,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish