QADIMGI YUNONISTON TARIXIGA VA ELLINIZM
DAVRIGA OID MANBALAR
Qadim zamonlardan qolgan va shular asosida biz o‘tmish tarixini tiklaydigan narsalarning hammasi — ular xoh toshga va boshqa obidalarga yozilgan yozuv bo‘lsin, xoh antik avtorning guvohlik berib yozib qoldirgan asarlari bo‘lsin, xoh bino yoki mehnat quroli bo‘lsin — ana shularning hammasi biron-bir qadimgi davrni o‘rganish uchun manbadir. Ushbu bo‘limda biz Yunoniston va ellinizm tarixi bilan va demak, shu davrlarga oid manbalar bilan tanishamiz.
Manbalar ikki asosiy bo‘limga — yozma manbalarga va ashyoviy manbalarga bo‘linadi. Har ikkala manbalar ham Yunoniston va ellinizm tarixini o‘rganish uchun boy material beradi.
1 . Yozma manbalar. Yozma manbalar xilma-xil bo‘lib, bular grek tarixchilari, dramaturglari, shoirlarining asarlaridan, notiqlarning nutqlaridan, nihoyat, keyinroq vaqtda yozib olingan dostonlar va afsonalardan hamda papiruslarga yozilgan yozuvlarning tekstlari, toshlarga va idish-tovoqlarga o‘yib yozilgan yozuvlar tanga-chaqalardan iboratdir. Bu keyingilar esa ayni bir vaqtda ham ashyoviy, ham yozma manbalardir.
Antik tarixchilarniig asarlari Yunoniston tarixiga oid eng asosiy yozma manbalardir.
Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning tasavvuricha, tarix fan emas, balki san’atdan va pand-nasihatdan iborat. Shu sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarixning ham o‘z muzasi bor, bu muza Kliodir, Klio boshqa muzalar bilan bir qatorda san’atlar xudosi Apollon a’yonlari orasida bo‘lgan, deb hisoblaganlar. Greklar tarixiy voqealar to‘g‘risida chiroyli va pand-nasihatli hikoyani hammadan ko‘proq qadrlaganlar. Ular, tarixning asosiy vazifasi pand-nasihatdan iborat deb xisoblaganlar.
Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (“logos” “so‘z” “grafo” “yozaman” demakdir) shaharlarning, odatda o‘zlari tug‘ilgan shaharlarning tarixi to‘g‘risida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi VI asrda va V asrning boshlarida yashaganlar. O‘z asarlarida ular biron shaharning tarixini yozganlar. Lekin ular bu tarixni afsonalar bilan aralashtirib yuborganlar, chunki afsonalarni tarixiy voqea deb ishonganlar.
Logograf Gekatey Miletiy (eramizdan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmi —V asrning boshlari) o‘zining yer tasvirotida Yunonistonning birinchi geografik kartasini chizib bergan. Afsuski, Gekatey Miletiy asarlaridan kichik-kichik parchalargina qolgan.
Eramizdan avvalgi V asrda chinakam tarixiy asar yaratgan haqiqiy tarixchi Gerodot (eramizdan avvalgi 484—425 yillar) yashagan, uni «tarixning otasi» deb ataydilar. U asli Kichik Osiyoiing g‘arbiy soxili janubida joylashgan Galikarnass shahridan kelib chiqqan. Gerodot ko‘p sayohat kilgan: O‘rta dengizdan to Elefantinagacha butun Misrni aylanib chiqqan, Egey dengizidan tortib to Eron poytaxti SUzga qadar «shoh yo‘li» deb atalgan yo‘lni bosib o‘tgan. U Shimoliy Qora dengiz bo‘ylaridagi dashtlarda xam bo‘lgan, grek ma’rifatchiligining markazi Afinada yashagan.
Gerodot yozgan tarixning asosiy mavzusi Yunoniston-Eron urushlari edi. Lekin uning tarixi faqat urush harakatlari tasviriga qaraganda ancha kengroqdir. Gerodot asosiy mavzuga kirish tariqasida Eron davlati sostaviga kirgan mamlakatlarni tasvirlagan va Yunonistonning undan oldingi tarixini bayon qilgan.
Gerodotniig asari Yunoniston-Eron urushlari, arxaik va klassik Yunoniston, Skifiya va butun Oldingi Sharq tarixiga oid muhim manbadir. Ba’zi mamlakatlar, masalan Lidiya, faqat Gerodot tomonidan tasvirlab yozilgan bo‘lib, ular haqida biz deyarli hech qanday ma’lumotga ega emasmiz.
Gerodotning tarixi logograflarning asarlaridan avvalo shu bilan farq qiladiki, Gerodot garchi ibtidoiy tarzda bo‘lsada, tarixiy konsepsiyaga (nazariy qarashlarga) egadir. Uning tasavvuricha, tarixda hamma narsa xudolarga va taqdirga bog‘liq. Greklarning eronliklar ustidan qozongan g‘alabasini ham u xudoning irodasiga bog‘lab izohlaydi. U ishonchli faktlarni berishga harakat qiladi, faqat o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealarni komil ishonch bilan yozadi, lekin shu bilan birga boshqalarning unga aytganlarini ham bayon qilib o‘tadi. U «Men odamlarning aytganlarini yozishga majburman, ammo hammasiga ishonishga majbur emasman...», deb yozadi. Shu tariqa unda tarixiy manbalarga tanqidiy qarash boshlanadi.
Peloponnes urushiga bag‘ishlangan tarixning avtori va zamondoshi Fukidid (eramizdan avvalgi 460—359 yillar) Gerodotdan atigi yigirma to‘rt yosh kichik edi. Lekin shunday bo‘lsa ham boshqa zamon va boshqa dunyoqarash kishisi edi.
Fukididning tarixi antik dunyoning eng zo‘r tarixiy asarlaridan biridir. Bu tarix o‘z tuzilishi jihatidan, turli faktlarning sabablari va natijalarini chuqur analiz qilish jihatidai hamda o‘z tasvirotining aniqligi jihatidan juda ajoyibdir.
Fukidid birinchi bo‘lib tarixni pand-nasihat qiluvchi fan deb hisoblagan edi. U yozgan ediki, tarixning maqsadi, ilgari o‘ylaganlaridek, o‘tmish haqida qiziqarli xikoya qilib berishdan iborat emasdir, uning maqsadi — voqealarni haqqoniy tasvirlab berishdan iborat, toki avlodlar undan foyda chiqara olsinlar. U yozgan ediki, biron-bir axamiyatsiz tarixiy faktni to‘g‘ri va oddiygina bayon qilish uni turli uydirmalar bilan bezab-bejashdan ko‘ra xiyla yaxshiroqdir.
Bu fikrlar, shubhasiz, tarix fanida o‘sha zamon uchun progressiv fikrlardir.
Fukididning xizmati yana shundan ham iboratki, u o‘z tarixida faqat o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan-bilgan kishilarning shahodatidangina foydalanib qolmasdan, shu bilan birga hujjatli manbalar —shartnomalar va har xil obidalarga yozilgan yezuvlardan ham foydalangan. Shu tariqa u birinchi bo‘lib tarix cohasiga ob’ektiv manbalarni doxil kilgan.
Fukidid tarixi o‘sha davrning ilmiy asaridir. U jiddin xronologik tarzda yozilgan, unda u yoki boshqa voqealarning sabab va natijalari manbalarga asoslangan holda bayon qilib beriladi. Fukidid tarixiy taraqqiyotni turli xildagi kishilar va guruxlar manfaatlarining kurashi natijasi deb qaragan. Uning tarixining birinchi, muqaddima kitobida eng qadim zamonlardan boshlab Yunoniston tarixi qisqacha bayon qilinadi.
Eramizdan avvalgn IV asrda tarixchi Ksenofont (eramizdan burun 430—355 yillar) shuhrat qozondi. Uning asarlari Gerodot va Fukidid asarlaridan o‘zining ochiq siyosiy manfaatdorligi bilan farq qiladi, lekin uning asarlari Yunonistonning eramizdan avvalgi IV asrdagi tarixi uchun muhim manbadir. Ksenofont 120 dan oshiq asar yozgan. Mehnatsevarligi uchun unga «attika asalarisi» deb laqab qo‘yilgan.
Ksenofontning asosiy asarlari grek davlatlarining tarixi bo‘lib, ular «Ellenika», «Anabasis», «Xo‘jalik haqida» traktat va «Lakedemon politiyasi»dan iborat. Birinchi asarida u Fukididning Peloponnes urushi tarixini eramizdan avvalgi 404 yilga yetkazib tamomlagan va so‘ngra Yunoniston tarixini yozishni davom ettirgan. «Anabasis» asarida u eramizdan avvalgi 401 yilda 10 000 grekning Eronga qilgan yurishini tasvirlagan. Ksenofont eramizdan avvalgi IV asrning birinchi yarmida grek dunyosinnng qimmatli tasvirnni chizib beradi hamda greklarning yurishi vaqtidagi Kichik Osiyoni tasvirlab ko‘rsatadi.
«Xo‘jalik haqida»gi traktatida u eramizdan avvalgi IV asrda Yunonistonning ekonomikasiga oid muhim faktlarni yoritib beradi.
«Lakedemon politiyasi» asarida u Spartaning konservativ aristokratik tuzumini ideallashtiradi.
Ksenofont dunyoqarashining reaksion belgilari bor edi: u Eronning monarxik tuzumiga, Spartaning aristokratik tartiblariga xayrixohlik bilan qarardi. Sparta esa o‘sha vaqtda tezlik bilan inqirozga yuz tuta boshlagan edi. Bu hol Ksenofontni Yunoniston tarixining ba’zi voqealarini g‘arazli suratda bayon qilishga olib keldi.
Eramizdan avvalti IV asrda faylasuf Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) “Afina politayasi” tarixiy asari g‘oyat muhim asardir.
Aristotel umumandavlat haqida katta, asosli asar politaya tayyorlar ekan, o‘sha davrdagi barcha grek davlatlarining va ba’zi boshqa davlatlarning siyosiy tuzilishini o‘rganishga qaror qilgan. U shogirdlari bilan birga 158 politaya yozgan, ya’ni ayrim davlatlarning siyosiy tuzilishini tasvirlab ko‘rsatgan. Bizning davrimizgacha faqat «Afina politiyasi» yetib kelgan. Bu asar Misrda o‘tkazilgan arxeologik qazishlar vaqtida grek papiruslaridan biriga yozilgan xolda topilgan. Bu asar ilk bor XIX asr oxirida nashr etilgan3.
«Afina politiyasi» ikki asosiy qismga bo‘linadi. Birinchi qismda eramizdan avvalgi VII asrdan boshlab Afina tarixi beriladi, ikkinchi qismda Afina davlatini boshqarish obzori berilib, Afinada qanday muassasalar ishlaganligi, saylovlar qanday o‘tganligi va h. k. ko‘rsatiladi.
«Afina politiyasi» eramizdan avvalgi V va IV asrlardagi Afina demokratiyasining tarixiga hamda arxaik davrdagi Afina tarixiga oid muhim manbadir.
Eramizdan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida mashxur tarixchi Efor yashagan. U Yunonistonning umumiy tarixini yozgan. Uning asari yaxlit holida saqlanib qolmagan, faqat boshsa avtorlarning asarlarida keltirilgan naqllar holida ayrim parchalargina saqlanib qolgan. Efor doriylarning bostirib kirishidan boshlab Yunonistonning butun tarixini tasvirlagan. Shu bilan birga uning asarida faqat Bolqon yarim orolidagi shaharlargina qalamga olinmay, balki Sharqdagi va O‘rta dengizning g‘arbidagi grek mustamlakalari ham tasvirlab ko‘rsatilgan. U uslubning chiroyli va bayonning qiziqarli bo‘lib chiqishiga katta ahamiyat bergan, bu esa uning tarixining mazmuniga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Eramizdan avvalgi II asrda grek tarixchisi Polibiy (eramizdan avvalgi 200-120 yillar) yashagan. Polibiy davri Yunoniston uchun juda qayg‘uli bo‘lgan. Bu davr Makedoniya urushlari va Yunonistonning Rim tomonidan asoratga solinishi davri edi. Polibiy garov tariqasida Rimga yuborilgan.
Polibiy O‘rta dengiz mamlakatlarini o‘z ichiga olgan «Umumiy tarix»ni yozgan, bu tarixdan bizga faqat uchdan bir qismigina yetib kelgan. Polibiy tarixi muhim tarixiy manbadir. Polibiy voqealarni chuqur o‘rgangan, hodisalarning sababli aloqasini aniqlagan va o‘z tasvirotini aniq-ravshan qilib yozgan. U Rim O‘rta dengizni zabt etgan davrni, ellinistik davlatlarning Rim bilan kurashini aks ettirgan.
Polibiy tarixi ellinistik Yunoniston, Makedoniya, sharqiy ellinistik davlatlar uchun hamda Rim tarixi uchun manbadir, chunki unda ellinistik davlatlarning ichki holati va Rim bilan kurashi tasvirlab ko‘rsatilgan.
Polibiy har bir davlatning tarixini yakka holda emas, balki boshqa davlatlar bilan o‘zaro aloqador holda o‘rganmoq kerak, deb hisoblagan. U ta’kidlab ko‘rsatganki, men umumiy tarixni yozayotibman, bu kishilarning faoliyati natijasida rivoj topgan pragmatik (amaliy) tarixdir, mening maqsadim Rimning nisbatan tez fursatda ellinistik mamlakatlarning ko‘p qismini zabt etishining sababini aniqlashdir. Kelib chiqishi va dunyoqarashi jihatidan Polibiy aristokrat bo‘lgan.
Eramizdan avvalgi I asrda tarixchi Diodor Sitsiliy.shtlsi (eramizdan burun 90-21 yillar) yashagan.. U Sitsiliyada tug‘ilgan va hayotining ko‘p ko‘p qismini shu yerda o‘tkazgan. Diodor jahon tarixiga oid katta asar – keng kompilyatsiya yozib, uni “Tarixiy kutubxona” deb atagan. Afsuski, Diodor Sitsiliy asarining ko‘p qism yo‘qolgan, lekin saqlanib qolgan qismlari ham katta qimmatga egadir.
Yozuvchi Plutarxning eramiz I asrining ikkinchi yarmiga - II asrning boshlariga oid asarlari Yunoniston tarixi bo‘yicha ham, Rim tarixi bo‘yicha ham juda ahamiyatlidir.
Plutarx (eramizning 46—126 yillari) Yunonistonning Xeroneya shahrida tug‘ilgan, bu vaqtda Yunoniston Rimning bir viloyati edi. Plutarx Afinada juda ajoyib ma’lumot olgach, so‘ngra o‘z vataniga qaytgan va umrining oxirigacha o‘sha yerda istiqomat qilgan.
Uning asarlaridan «Qiyosiy biografiyalar» ayniqsa mashhur bo‘lib, bu asarlarida u, avval, biror mashhur grek arbobining biografiyasini, so‘ngra unga o‘xshash Rim arbobining biografiyasini yozgan. Oxirida mazkur shaxslarni bir-biriga taqqoslab ko‘rgan va ularning o‘xshashligi va tafovuti haqida so‘zlagan. Jiddiy suratda aytganda u yozgan tarjimai hollar, tarix emasdir. Hatto uning o‘zi ham bir necha marta, men tarixchi emasman degan, lekin ayni vaqtda Plutarx atoqli davlat arboblarining hayoti va faoliyatini tasvirlab yozar ekan, voqealarni, siyosiy ta’riflarni tilga ommasdan o‘tishi mumkin emas edi. Uning asarlari yana shuning uchun ham benazir tarixiy manbadan iboratdirki, u ham Diodor singari, biografiyalarda qadimgi avtorlarning bizgacha yetib kelmagan asarlaridan foydalangan.
Mashhur tarixchilarning asarlaridan tashqari ba’zi tarixiy asarlar ham saqlanib qolganki, ularning avtorlari ma’lum emasdir. “Psevdo-Ksenofont politiyasi” degan asar ham shular jumlasiga kiradi. Bu asarni kim yozganligi aniq ma’lum emas. Avvallari uni Ksenofont yozgan, deb o‘ylaganlar, shuning uchun ham uni «Ksenofont politiyasi» deb ataganlar- Ammo endi ma’lumki, bu asarni Ksenofont yozishi mumkin emas edi.
«Psevdo-Ksenofont politiyasi» — Afina quldorlik demokratiyasi tuzumining tanqidiy taxlilidan iborat. «Politiya» avtori Afina demokratiyasining muxolifidir. U mazkur demokratiyani aristokrat yoki oligarx nuqtai nazaridan tanqid qiladi. Shunday bo‘lsa-da, u Afina davlatining bir qator qorong‘u tomonlarini, masalan, uning o‘z ittifoqchilariga munosabatini batamom haqqoniy suratda ko‘rsatib o‘tadi. Psevdo-Ksenofontning asari Afina voqeligini o‘rganish materiali sifati- da juda qimmatlidir.
Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari tarixiy manba sifatida ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Hozirgi vaqtga qadar bu dostonlar eng qadimgi Yunoniston tarixi yuzasidan deyarli birdan-bir yirik adabiy manbadir. Garchi bu dostonlar eramizdan avvalgi VIII asr boshlarida yozilgan bo‘lsa hamki, ularda ancha ilgari vaqtda bo‘lgan voqealar bayon qilingan, eramizdan avvalgi XI—IX asrlar davridagi Yunonistonning ekonomikasi, ijtimoiy uyushmasi va ideologiyasi tasvirlangan. Hozirgi vaqtda biz eng qadimgi davr tarixi yuzasidan ko‘pgina arxeologik yodgorliklarga egamiz, lekin bu bilan tarixiy manba sifatida Gomer dostonlarining qimmati aslo pasaymaydi.
Qadimgi Yunoniston tarixining ilk arxaik davri, sotsial-iqtisodiy munosabatlari va ideologiyasi Gesiodning «Mehnatlar va kunlar» hamda «Teogoniya» (xudolarning shajarasi) dostonlarida aks ettirilgan. Lirik shoirlarning (Arxilox, Alkey, Safo, Solon, Feognid, Pindar va ko‘pgina boshqa shoirlarning) asarlari — arxaik davrdan boshlab Yunoniston tarixi yuzasidan muhim manbalardir. Afinaning buyuk tragik shoirlari Esxil, Sofokl va Yevripidning asarlari tarixiy manbalar sifatida klassik davr uchun juda muhimdir. Bu shoirlar ko‘pincha mifologik syujetlar asosida yozilgan o‘z tragediyalarida Yunonistonning klassik davrdagi murakkab ijtimoiy va siyosiy hayotini aks ettirganlar. Aristofan komediyalarida eramizdan avvalgi V asrning oxiri va IV asrning boshlarida Attikaning siyosiy hayoti va maishiy turmushining porloq manzarasi o‘z aksini topgan.
Notiqlarning nutqlari tarixiy manbalar sifatida juda katta qimmatga ega. Bu nutqlarning muxim ijobiy xususiyati shuki, ular bizni o‘zlariga zamondosh bo‘lgan voqealar g‘ujg‘oniga bevosita olib kirib, ko‘pincha bevosita «kundalik voqealar» ni aks ettiradi. Nutqlar mazmunining salbiy xislati shuki, ular nixoyatda qiziqqonlidir. Bu nutqlar sud mudofaasiga va siyosatga oid nutqlar edi. Lisiyning (eramizdan avvalgi IV asrning boshlari) sud mudofaalarida so‘zlagan nutqlari juda muhimdir, bu nutqlarda savdo-sotiq, ayniqsa g‘alla savdosi tavsiflanadi va o‘sha zamondagi savdogarlarning faoliyati tasvirlanadi.
Demosfenning (eramizdan avvalgi 384—322 yillar) sud mudofaasiga va siyosatga doir nutqlari Afina davlatining‘ ekonomikasini hamda Shimoliy Qora dengiz bo‘ylaridagi siyosiy voqealarni tavsiflaydi, ularda savdo-sotiq haqida, chetdan keltirilgan va chetga chiqarilgan buyumlar haqida, kuldorlik va kullar ishlaydigan ustaxonalar va shu kabilar haqida ma’lumotlar brr.
Ekonomikani o‘rganish uchun Lisiy va Demosfenning nutqlari tengi topilmaydigan manbalardir.
Antik geograflarning asarlari juda qimmatli manbadir. Eramizdan avvalgi I asrning ikkinchi yarmida - eramizning 1 asrida yashagan geograf Strabon asarlarida xususan tarixga oid ko‘p ma’lumotlar bor. U o‘zining «Geografiya» asarida turli mamlakatlarning tabiatiga oid ma’lumotlar haqidagina so‘zlab qolmasdan, ulardagi xalklarning hayoti va tarixi haqida ham so‘zlaydi.
Eramizning II asrida Pavsaniy «Ellada tavsifi»da qadimgi yodgorliklarni yorqin tasvirlaydi va shu bilan birga turli afsonalarni nakd qilib, boshqa manbalardan ma’lum bo‘lmagan vokealarni bildiradi.
Loydan yasalgan lavhachalarga, toshlarga va sopol idishlarga o‘yib yozilgan yozuvlar, ya’ni epigrafik materiallar juda muhim manbadir.
Krit orolida va Yunoniston territoriyasida, Pilos va Mikenada o‘tkazilgan qazuvlar vaktida topilgan lavhachalardagi yozuvlar chizik, xat deb ataluvchi maxsus yozuv bilan yozilgan. Bu yozuvlarni fakat bizning asrimizning 50-yillaridagina o‘qish mumkin bo‘ldi. Bu yozuvli lavhachalar eramizdan burungi II ming yillikdagi eng qadimgi Yunonistonning ekonomikasiga va ijtimoiy munosabatlariga oid o‘ziga xos bir manbadir.
Eramizdan avvalgi VIII asrdan boshlab greklar alifbo ishlatishga kirishadilar. Bu alifboni ular finikiyaliklardan o‘zlashtirib olib, uni bir muncha kaytadan tuzib chikadnlar. Xuddi shu vaktda 24 harfdan iborat grek alfaviti yaratiladi. Rus alifbosi ham ana shu alfavitdan kelib chikkan.
Ilk grek yozuvlari kamdan-kam uchraydi. Ulardagi harflarning chizikdari juda ham o‘zgachadir. Greklarning buyumlardagi yozuvlarining ko‘pchiligi klassik yoki ellinistik davrga (eramizdan avvalgi V asrdan I asrgacha bo‘lgan davrga) taalluklidir.
Toshlarga va sopol buyumlarga o‘yib yozilgan yozuvlarni aniqlash bilan epigrafika fani shug‘ullanadi. Epigrafikadan tashqari, papiruslardagi yozuvlarni o‘rganadigan fan ham bor. Bu fan papirologiya deb ataladi va u ellinizm davridagi Rim, Vizantiya va arab hukmronligi boshlanishi davridagi grek papiruslarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bu papiruslar asosan Misr territoriyasida topilgan. Misrning iklimi quruqdir, shuning uchun ham bu papiruslar u yerdagi qumlar ichida ming yillar davomida saklangan.
Ellinizm davriga oid papiruslar juda muhim tarixiy manbadir. Bu papiruslar — moliya hisobotlaridan, qarz tilxatlaridan, xatlardan, davlat qarorlaridan, aholi va mol-mulk ro‘yxatidan buyruqlar va shu kabilardan iborat. Bundan tashqari, yana shunday papiruslar topilganki, ularda badiiy asarlar va tarixchilarning asarlari, masalan, Aristotelning «Afina politiyasi» yozilgan.
Moliya hujjatlari hamda Misr hukumatining qishloq xo‘jaligiga taalluqli buyruqlari ellinizm davridagi Misr ekonomikasini o‘rganish uchun juda ajoyib manbadir. Misr hukumatining qarorlari, xususiy xatlar va boshqa hujjatlar ellinistik davrdagi Misrning siyosiy tuzumidan va turmushidan dalolat beradi.
Tanga-chaqalar muhim tarixiy manbadir. Tanga-chaqalarni o‘rganish Yunoniston tarixi uchun g‘oyat ahamiyatlidir, chunki bu ish jamiyatning o‘sha vaqtdagi ekonomikasini ochib beradi. Tanganing og‘irligi, metallning tozaligi ekonomikaning yuksalishini yoki tushkunligini ko‘rsatadi. Qadimgi Yunonistonning tanga-chaqa sistemalarining turlicha bo‘lishi turli shaharlar va mamlakatlar orasidagi savdo-sotiq va siyosiy aloqalarni ko‘rsatadi. Biron joyda tanga-chaqalarning topilishi undagi savdo-sotiqdan darak beradi. Bundan tashqari, grek tangasining o‘zi texnika va san’at nuqtai nazaridan juda qiziqarlidir. Grek tangalarida ba’zan shunday haykal va binolarning rasmi solinganki, bu bino va haykallar saqlanib qolmagan. Ellinistik davr podsholarining tangalardagi suratlari hammadan ishonchliroqdir, chunki bu tangalarda ularning nomi ham yozilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, tanga-chaqalarni o‘rganish —ekonomika jihatdan ham, siyosat jihatidan ham, madaniyat va umuman idelogiya jihatidan ham manbadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |