Qadimgi Yunoniston manbalari va geografik o’rni Mundarija Kirish



Download 52,76 Kb.
bet6/7
Sana09.07.2022
Hajmi52,76 Kb.
#764156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
КАДИМГИ ГРЕЦИЯ

6. Yunonistonning oblastlari. Asli ma’nodagi Yunoniston Frakiya va Makedoniyaning janub tomonida joylashgan edi. Yunoniston uch qismga: Shimoliy Yunoniston, O‘rta Yunoniston va Janubiy Yunoniston yoki Peloponnesga bo‘lingan edi. Yunonistonning oblastlari tog‘ tizmalari bilan ajralib turardi.
Shimoliy Yunonistonda ikki oblast: g‘arbda yirik tog‘li joydan iborat Epir oblasti va uning sharqida katta hosildor vodiyga ega Fessaliya oblasti bor edi.
Shimoliy Yunonistondan O‘rta Yunoniston baland tizma tog‘ bilan ajralgan bo‘lib, bu tog‘dan Egey dengizining sohil nishabidagi Fermopiliya darasi orqali o‘tilar edi.
O‘rta Yunoniston: Akarnaniya, Etoliya, Fokida, Dorida, Opunt Lokridasi, Ozol’ Lokridasi, Beotiya, Attika va Evbeya oroli oblastlariga bo‘ligan edi. Bulardan eng kattalari Attika va Beotiya oblastlari edi.
Peloponnes O‘rta Yunoniston bilan torgina Istm bo‘yni orqali bog‘lanardi. Janubiy Yunoniston oblastlari: Axayya, Elida, Arkadiya, Korinf, Argolida, Lakoniya va Messeniya oblastlaridir.
Bu oblastlaridan ba’zilari, masalan, Attika, Lakoniya oblastlari Yunoniston tarixida juda katta rol o‘ynaganlar. Boshqa oblastlar —- Axayya Arkadiya oblastlari —esa qishloq xo‘jalik rayonlari bo‘lib qolgan.
7. Aholisi va tili. Bolqon yarim orolining janubidagi va unga tutashadigan orollardagi qadimgi aholi haqida hali hozirgacha yetarli aniq ma’lumotlar yo‘q. Gomer dostonlarida va grek tarixchilariiiig asarlarida saqlanib qolgan rivoyatlarga ko‘ra, mazkur rayonlardani eng qadimgi aholi orasida eng salmokli qabilalar pelasglar bo‘lgan. Lekin kelib chiqishi jihatidan ularning kimligi ravshan emas. Gerodot ularni greklarning qarindoshlari deb hisoblagan. Kritliklarni eng qadimgi orol qabilalaridan deb atash mumkin, ammo ularning ham qaysi etnik gruppaga mansubligi hozircha noma’lum. Eramizdan avvalgi III ming yillik oxirlarida arxeologik yodgorliklarga ko‘ra, biz Bolqon yarim orolining janubida eng qadimgi grek qabilalari axayyaliklar bilan uchrashamiz. Bu qabilalar eramizdan burungi II mingyillik mobaynida sinfiy tuzilish protsesslarini boshdan kschirganlar. Eramizdan avvalgi XII asrda grek doriy qabilalarining Bolqon yarim orolining janubiga ko‘chishi boshlangan. Bu qabilalar ilk sinfiy axayya davlatlarini tor-mor keltirganlar va natijada qabilalarning yangidan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi boshlangan.
Eramizdan avvalgi I ming yillikda qadimgi grek qabilalari quyidagicha tarkib topib, joylashgan: Yunonistonning shimolida— Fessaliyada va O‘rta Yunonistonda — Beotiyada eoliyaliklar istiqomat kilganlar, xuddi shu qabilalar Egey dengizining shimoliy qismidagi orollarni shu jumladan Lesbos orolini hamda Kichik Osiyoning shimoliy g‘arbiy sohilini ishg‘ol qilganlar. O‘rta Yunonistonning sharqiy kismidagi Attikani, Evbeya orolini, Egey dengizining markaziy qismilagi orollarni ioniylarni ishg‘ol qilganlar. Axayyaliklar Pelopponesning shimolida va markazida — Axayyada va Arkadiyada saqlanib qolganlar. Pelopponesning qolgan qismida — Lakoniya, Messeniya, Argolida, Korinf oblasti va Elidada doriylar yashaganlar. Xuddi shu doriylar Egey dengizining janubidagi orollarda – Rodosda, Kritda hamda Kichik Osiyo sohilining janubiy qismida joylashib olganlar.
Greklar uzoq vaqtgacha umumiy bir tilga ega bo‘lmaganlar va ko‘pdan ko‘p sheva - dialektlarda so‘zlaganlar, bu dialektlar ko‘pchilikka bab-baravar tushunarli bo‘lgan. Ular orasidan uch asosiy dialektni: ioniy, eoliy, doriy dialektlarini ajratib ko‘rsatmoq kerak. Ioniy dialektidan afinaliklar so‘zlashgan attika shevasini farq qili qaramoq kerak. Hamma dialektlar adabiy til darajasiga yetganlar. Masalan, Gerodot ioniy dialektida yozgan, Fukidid o‘z asarlarini attika shevasida yozgan, ajoyib shoira Safo o‘z she’rlarini eoliy shevasida yaratgan, Pindar o‘z gimnlarini doriycha dialektda yozgan va hokazo. Umumiy grek koyne (“umumiy”) tili faqat ellinizm davrida tarkib topgan.


Download 52,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish