2. Ashyoviy manbalar. Arxeologik manbalar Yunoniston tarixini o‘rganish uchun g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Bizning davrimizga qadar grek binolarining xarobalari saqlanib qolgan.
Arxitektura yodgorliklari turlicha qal’a devorlaridan, ibodatxonalardan, jamoat binolaridan, uy-joylardan, bozor imoratlari va shu kabilardan iborat bo‘lishi mumkin.
Arxeologik yodgorliklar shu jihatdan qimmatliki, ular qadim zamonning qishloq xo‘jaligi va hunarmandchiligi to‘g‘risida ma’lumotlar olishga imkon beradi. Kovlab topilgan mehnat qurollari, ustaxonalar va vino tayyorlash ishxonalarining qoldiqlari va shu kabilar ham bu jihatdan ayniqsa muhimdir. Marks bunday deb yozgan edi: «Yo‘q bo‘lib ketgan hayvon turlarining saqlanib qolgan suyaklarining tuzilishi shu hayvonlar gavdasining tuzilishini o‘rganish uchun naqadar ahamiyatli bo‘lsa, mehnat vositalarining qoldiqlari ham yo‘q bo‘lib ketgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni o‘rganish uchun shu qadar ahamiyatlidir. Iqtisodiy davrlar bir-biridan nimalar ishlab chiqarilgani bilan emas, balki qanday ishlab chiqarilgani bilan, qanday mehnat vositalari ila ishlab chiqarilgani bilan farq qiladi. Mehnat vositalari kigaining ish kuchining; naqadar rivoj topganini o‘lchaydigan bir me’yor bo‘libgina qolmay, balki mehnatning qanday ijtimoiy munosabatda amalga oshganini ham ko‘rcatadi4».
SSSR territoriyasida (Kerch va Taman yarim orollarida) idish-oyoq yasaladigan ustaxonalar, pishirilgan loydan yasalgan haykalchalar, qishloq xo‘jalik mehnat qurollari, vino tayyorlanadigan ishxonalar va shu kabilar topilgan.
XIX va XX asrlarda o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar fan uchun Yunoniston tarixining bir qancha davrlarini — Eng qadimgi yoki Krit-Mikena Yunonistonsini ochib berdi. O‘tgan asrning 70- yillariga qadar Yunonistonning eramizdan avvalgi IX—VIII asrlardan, ya’ni arxaik davr deb ataluvchi davrdan boshlanadigan, tarixi ma’lum edi. Gomer dostonlarida tasvirlangan voqealarni haqiqatda bo‘lgan chin voqealar deb ko‘r-ko‘rona ishongan, xavaskor arxeolog Genrix Shliman qadimgi Troya joylashgan territoriyada qazuv o‘tkaza boshlagan. XIX asrning 70-yillarida u qadimgi Troyaning xarobalarini topgan, keyinroq esa u Mikena va Tirinfda ham qazuvlar o‘tkazgan.
Yunoniston tarixining eng qadimgi davrini tadqiq qilishni ingliz arxeologi Evans XIX asrning oxiri va XX asrning bosh- larida davom ettirgan. Evans Krit orolida qazuvlar o‘tkazib, qadimgi Krit aholisining eramizdan avvalgi III —II ming yilliklarda mavjud bo‘lgan juda ajoyib madaniyat boyliklarini topgan.
Asrimizning 30-yillaridan boshlab janubiy Yunonistonning g‘arbida qadimgi Pilos shahri o‘rnida bir saroy kavlab topilgan bo‘lib, unda «chiziqli» xat bilan yozilgan miken yozuvlarining katta arxivi ham bo‘lgan.
Arxaik va klassik Yunoniston, Afina, Olimpiya, Delfa va shu kabi rayonlardagi grek shaharlari va nekropollarini qazib ko‘rish asosida o‘rganilmoqda.
Arxeologik tadqiqotlar, ellinizm davrini qaytadan bunyod qilish uchun juda ko‘p ishlar qildi. Qadimgi Pergamda o‘tkazilgan qazuvda ayniqsa katta ishlar qilindi. Hozirgi Turkiyaning Bergama shahri o‘rnida qadimgi Pergamning Akropoli o‘rganib chiqildi.
Ushbu asrda Mesopotamiya territoriyasida, Yunoniston, Kipr, Italiya va Kichik Osiyoning turli oblastlarida ham katta-katta qazuvlar o‘tkazildi. . Bizning Vatanimizning janubida grek shaharlarini hamda qadimgi mahalliy xalqlarning shaharlari va qishloqlarini qazish ishlari hamisha olib borilmoqda.
Vatanimizning janub tomonida arxeologik. tadqiqotlar ayniqsa sovet zamonida keng quloch yoydi. Bosfor arxeologik ekspeditsiyasi Bospor podsholigi territoriyasida ilgari ma’lum bo‘lmagan ko‘p shaharlarni: Tiritaka, Mirmekiy, Ilurat va boshqa shaharlarni kovlab topdi. Shu qazilmalar tufayli Bospor podsholiti tarixini yozish mumkin bo‘ldi. Mazkur shaharlarda ustaxonalarning, vino tortadigan ishxonalarning, baliq tuzlaydigan vannalarning va mehnat qurollarining qoldiqlari topildiki, bular u yerda antik zamonda ekonomikaning rivojlanganligidan dalolat beradi. Hozirgi Kerch territoriyasida Bospor podsholigining poytaxti Pantikapey ham qazilmoqda. Shimoliy Kavkaz sohilidagi shaharlar: Fanagoriya, Patrey Gorgippiya va Kapa shaharlari ham tadqiq qilinmoqda.
Faqat sof grek shaharlarigina o‘rganilmasdan, shu bilan birga mahalliy xalqlar, ularning shaharlari va qishloqlari ham o‘rganilmoqda.
So‘nggi vaqtda arxeologiyaning yangi tarmog‘i — suv osti arxeologiyasi ham keng rivoj topdi. Fanagoriyaning yer osti qismi tadqiq etildi.
Yirik meot shahri Tanaisni tadqiq qilish yuzasidan ko‘p ishlar qilindi. Tanaisda o‘tkazilgan qazuvlar ham Yunonistonga doir, ham mahalliy xalqlarga doir juda muhim material berdi.
Shunday qilib, arxeologik tadqiqotlar — Yunoniston tarixiga hamda Yunoniston bilan mahkam aloqada bo‘lgan va qadimgi grek madaniyatining ta’sirini boshdan kechirgan xalqlarning tarixiga oid asosiy manbalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |