Mavzu:Qadimgi Xitoy Reja: Joylashgan orni. - Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi mamlakatlardan biridir.Xitoy g’arbida Pomir,Tangritog’,shimolda Mog’iliston,janubda Ximolay va sharqda Tinch okeani bilan chegaradosh.Markaziy Xitoy tog’laridan boshlanadigan Xuanxe(sariq daryo)va Yanszi daryolari Sharqiy Xitoy pastekisligi orqaliy oqib otgan va tinch okeani xavsasiga quyilgan.Xuanxe daryosi yozi yomg’irgarchilik davrida toshib turgani uchun xitoyliklar bu daryoni “Tentak daryo”,”Xitoyning shori”,”Ming xil kulfat keltiruvchi daryo”deb atashgan.
- Sya xonadoniga mansub kishilar Sharqiy Xitoyda dastlabki davlat birlashmasiga asos solganlar.
- Xuanxe qirg’oqlarida yashovchi Shan qabilasining boshligi bosh kotarib uni taxtdan ag’dargan.Shu tariqa Shan qabilasi kuchayib Sya qabilasini ham oziga itoat qildirgan.Miloddan avvalgi XVIII asrda Chen Tan degan kishi Shan davlatini tuzgan.Xitoy afsonalaridan birida Chen Tanning ajdodlari haqida shunday hikoya qilinadi:”Sze degan urug’dan bolgan Szya Di o’z singlisi bilan qurbonlik qilgani borayotganida uchib borayotgan qaldirg’och tushirib yuborgan tuximni yutib yuboradi. Szya Di bu tuxumni yutgach,homilador bolib qoladi, oy-kuni tolgach,o’g’il koradi va unga Szno-tuxum degan isim qoyadi.”.Chen Tan anashu Szno avlodidan biri ekan.
- Miloddan avvalgi XVII asrdan boshlab Chen Tan asos solgan davlat In, bazi hollarda ShanIn deb nomlanadi.Poytahti Shan shahri edi.U Din podsholigi davrida,yani XIII asrning ikkinchi yarimida kuchaygan.In podsholigi davrida g’arbda joylashgan Chjou qabilalari ularga tobe edi.
Qadimgi Xitoy aholisi - Xitoy tabiyati yashash uchun qulay bolganligi tufayli buyerda odamlar juda qadim zamondan boshlab yashay boshlaganlar.Xitoyda bundan 600-400ming yillar ilgari yashagan sinantrop va lintyan kabi qazilma odamlarning makonlari va qoldiqlari topilgan. Miloddan avvalgi V-III ming yilliklarga kelib Xuanxe daryosining o’rta oqimida dastlabki dehqonchilik vujudga kelib aholi daryo boyidagi kichik qishloqlar yashagan.Ular dastlab tariq, arpa va bugdoy ekkanlar,chochqa va itlarni boqib kopaytirganlar.Hunarmandlar kulolchilik bilan shugillanib, ajoyib sopol idishlar yasaganlar.Miloddan avvalgi I ming yillik boshlariga kelib Xuanxe daryosi soxilidagi yerlar kengroq o’zlashtirilib,tariq,bug’doy,sholi va sabzavot ekinlari ko’proq ekilgan.Chorvachilik ham rivojlanib buqa,sigir,qo’tos,qo’y,echki, it va cho’chqalar boqilgan.
- Shunday qilib, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmanchilik va savdo-sotiqning rivoji aholi orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishga olib kelgan.Bu hol Sharqiy Xitoyda dastlabki davlatlarning vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |