Asarning ikkinchi qismi Sulton O’ljoytuxon (1304-1317)ning topshirig’i bilan elxoniylar saroyida istiqomat qilib turgan chet ellik olimlar (kashmirlik baxshi Kamalashri, xitoylik olim Li Da-chji, fransiyalik bir monax, ikkita fors olimi va boshqalar) ishtirokida yozilgan.Asarda mo’g’ul istilosiga qadar musulmon olamining tarixi, shuningdek, yahudiylar, Ovro’po, Vizantiya, Rim, Xitoy va Hindiston tarixi bayon etilgan. Uchinchi qismi jug’rofiy asar bo’lib, “Yetti iqlim” , ya’ni olimning inson istiqomat qilib turgan to’rtdan bir qismi tavsifiga bag’ishlangan. Bu qism bizgacha yetib kelmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |