G`arbiy Yevropada koshg`ariyshunoslikni sharqshunos olim Karl Brokkelman boshlab berdi. U 1920-yilda Koshg`ariy haqida asar yozib, bu asarni ―Devonu lug`otit turkdan olingan ayrim so`zlar, ism va joy nomlarining ro`yxati bilan birgalikda kitob shaklida nashr ettirdi. Bu kitobga K.Brokkelman nemischa so`zboshi ham yozgan. K.Brokkelmanning ―Devonu lug`otit turk‖ning til va adabiyot uchun ahamiyati haqida yozgan ko`plab ilmiy-ommabop maqolalari jiddiy ilmiy tadqiqotlari G`arbiy Yevropada Mahmud Koshg`ariyning keng jamoatchilikka tanitishda ijobiy rol o`ynadi. Mahmud Koshg‗ariy merosi bilan shug‗ullanganlar: V.V.Bartold, A.I.Samoylovich, S.E.Malov, S.P.Tolstoy, A.H.Kononov, A.B.Borovkov, I.Y.Krachkovskiy, B.I.Belyayev, N.A.Baskakov, K.K.Yudaxin, A.M.Shcherbak kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |