1939 - yilda esa Anqarada Bosim Atalay tarjimasida usmonli turk tilida bosiladi. 1939-1941-yillarda hozirgi turk tiliga tarjima qilinib nashr etilgan. G`arbiy Yevropada koshg`ariyshunoslikni sharqshunos olim Karl Brokkelman boshlab berdi. U 1920-yilda Koshg`ariy haqida asar yozib, bu asarni ―Devonu lug`otit turk‖dan olingan ayrim so`zlar, ism va joy nomlarining ro`yxati bilan birgalikda kitob shaklida nashr ettirdi. Bu kitobga K.Brokkelman nemischa so`zboshi ham yozgan. K.Brokkelmanning ―Devonu lug`otit turkning til va adabiyot uchun ahamiyati haqida yozgan ko`plab ilmiy-ommabop maqolalari jiddiy ilmiy tadqiqotlari G’arbiy Yevropada Mahmud Koshg`ariyning keng jamoatchilikka tanitishda ijobiy rol o`ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |