, < u-ü>. Muhim belgilaridan biri, unlilar, asosan, birinchi bog‘inda yoziladi, singarmonizm qonuniga ko‘ra keyingi bo‘g‘inda hosil bo‘luvchi unli yozilmaydi.
Undoshlarni ifodalovchi harflar uch guruhga bo‘linadi:
Yozuvda undoshlarning yo‘g‘on va ingichka variantlarini farqlamaydigan harflar. Bular: z, m, ŋ, p, č, š, ny.
Yozuvda undoshlarning fonetik juftini ifodalaydigan harflar: b, b`, ğ, g, d, d`, y, y`, q, k, l, l`, n, n`, r, r`, s, s’, t, t`.
Yonma-yon kelgan undoshlarni ifodalaydigan harflar: lt, nt, nč, rt.
Ko‘k turk yozuvi qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik, morfo-fonologik xususiyatlariga moslashgan edi. Buni yozuvning turkiy singarmonizm (unlilar uyg‘unligi) qonuniga bo‘ysunganligida yaqqol kuzatish mumkin. Yozuv belgilari so‘zning fonetik-fonologik tabiatini anglatib turadi.
Ba’zi undoshlar qanday unli bilan yondosh kelishi, bo‘g‘inning holatidan kelib chiqib, turli harflar yordamida ifoda etilgan. Masalan: [q] tovushi –ïq, -qï morfo-fonologik ko‘rinishida muayyan harf, -aq, -qa holatida boshqa bir harf, -uq,
-oq, qu, -qo holatida uchinchi bir harf bilan yoziladi. Ayni hodisani [k] tovushining ifodasida ham kuzatiladi.
1. A harfi. Bu harf ikki uchi ilgakli tayoqchadan iborat. Ilgakning biri o‘ngga, biri chapga qaragan: a. Qaysi birining o‘ngga qaragan bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Shuning uchun bu harf ikki ko‘rinishga ega. Biroq ustki ilgak o‘ngga, pastki ilgak chapga qaragan a bo‘lib, bu O‘rxun yodnomalariga xos. Ikkinchisida aksincha - ustki ilgak chapga, pastki ilgak o‘ngga qaragan. Yenisey bitiklarida har ikkala ko‘rinishi ham bor. Bu harf til oldi ä va til orqa a tovushini bildiradi. A yoki ä ekanligini undosh tovushlarni ifodalovchi harflardan bilish mumkin. A harflari so‘z boshida ishlatilmaydi. Masalan: ata so‘zida ikki harf bo‘lib, birinchi harf t, ikkinchisi a tovushini bildiruvchi harf bo‘ladi. Ko‘rinadiki, mazkur yozuvda so‘z boshidagi a va ä unlilar yozuvda aks etmaydi. Shuning uchun ayrim o‘rinlarda so‘z boshidagi undoshlarga a yoki ä unlilsini qo‘shib o‘qish kerak: AT ata - ota, RQ qar - qor, aglIb bilgä – dono (KT).
Boshqa yozuvdagi yodnomalarni ilmiy ravishda o‘qishni ta’minlash maqsadida transliteratsiya va transkriptsiyadan foydalaniladi. Transliteratsiya (harf ag‘darish)da bitigdagi harflar, transkriptsiyada esa tovush yoki fonemalar maxsus belgilar bilan aniq beriladi. Demak, transliteratsiya yozuvni aniq aks ettirsa, transkriptsiya talaffuzni aniq aks ettiradi.
I harfi. Bu harf bir ilgakli tayoqchadan iborat bo‘lib, ilgak yuqoriga va o‘ng tomonga qaragan: i. Agar ilgak chapga qaragan bo‘lib yuqorida bo‘lsa, p ni bildiruvchi harf, pastda bo‘lsa qalin l tovushini anglatuvchi harf bo‘ladi. I harfi til oldi i va til orqa ï tovushini bildiradi va a harfidan farq qilib, so‘z boshida ham ishlatiladi: ini ini - uka, zks säkiz - sakkiz, ixY yağï – yov (Toʻn).
Lablanmagan unlilar uchun qo‘llanadigan bu ikki harf tovushlarning qatordagi farqini aks ettirmaydi, faqat tor-kengligini ko‘rsatadi. Ikki ilgakli a harfi keng unlilarni va bir ilgakli i harfi tor unlilarini anglatadi. Lablangan unlilarni bildiruvchi harflar unlilarning qatordagi farqini ifodalab, ko‘tarilishdagi farqini korsatmaydi. Shuninig uchun ularning biri oqu, ikkinchisi ökü harfi bilan ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |