4. Lidiyaning ijtimoiy tuzumi va xo`jaligi. Lidiya qadimgi sharqdagi mamlakatlar singari quldorlik davlati edi. Lidiya aholisi turli toifa va tabaqalarga bo`lingan edi. Katta yer egalari, harbiy boshliqlar, oliy darajadagi ruhoniylarva boy savdogarlar hukmron tabaqa hisoblanardi. Ozod mayda dehqonlar, cho`ponlar va hunarmandlar aholining ko`pchilik qismini tashkil etar edilar. Ular podsho xazinasi va ibodatxonalaiga soliq to`lardilar. Lidiya aholining quyi tabaqasi qullar edi.
Lidiya yakka hokimlikka asoslangan davlat edi. Davlat boshida skoh turardi. Podsho hokimiyatining tayanchi soqchilar guruhi va qo`shin edi. Lidiyaning otliq suvoriylaii va ot qo`shilgan jang aravalari ayniqsa mashhurbo`lgan. Lidiya shohlari kariylar, ioniylar va likiylardan iborat yollangan askarlarni ham xizmatga jalb qilgan edilar. Shoh saroyida shoh qarindoshlari va oliy darajadagi ulug` zodagonlarning mavqei ham baland edi.
Shoh saroyida oliy zodagonlardan tashkil topgan kengash mavjud bo`lgan. Davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masalalarni hal etish uchun xalq yig`ini chaqirilib turilgari. Shohlar kuch-qudratining oshishi munosabati bilan xalq yig`ini o`z ahamiyatini yo`qota borgan.
Lidiya xo`jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Germ-Paktol, Meandr daryolaridan suv ichadigan yerlar juda hosildor bo`lgan. Lidiya dehqonlari vohalarda don, dukkakli o`simliklar, tog` yonbag`irlarida uzum, olma, anjir, nok va boshqa mevalar yetishtirganlar. Lidiya tog`larida sero`t yaylovlar ko`p bo`lib, u yerlarda chorvadorlar qo`y, echki, cho`chqa, qoramol boqib parvarish qilganlar. Ular yilqichilikka alohida e`tibor beiganlar.
Lidiya tog`larida tilla, kumush, mis, temirva qalay ko`p bo`lgan. Bu mamlakatda ma`dansozlik ishlab chiqarishining rivojlanishiga imkon bergan.
Lidiya hunarmandlari ajoyib guldor gazlamalar, qimmatbaho kiyimlar, xushbichim bosh kiyimlar va poyabzallar tayyorlaganlar. Lidiya kulollari o`zlarining guldor idishlari bilan mashhur bo`lishgan. Lidiya hunarmandlari mustahkam pishiq g`isht, turli bo`yoq, shuningdek sard oxrasi tayyorlaganlar.
Lidiyada savdo-sotiq ham rivoj topgan edi. Savdogarlar ko`p mamlakatlar bilan quruqlik va suv yo`li orqali savdo aloqalarini olib borganlar. Uzoq mamlakatlardan kelgan savdogarlar va mehmonlar uchun maxsus mehmonxonalar qurilgan.
Lidiya dastlabki tanga ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Miloddan avvalgi VII asrda shoh Giges davrida oltin va kumush tabiiy qotishmasi – elektrumdan tanga zarb etilgan. Keyinchalik kumush tanga, Krez davrida esa oltin tangalar zarb qilingan. Lidiya tangalari keng tarqalib hatto yunonlarning Ioniya shahrida ham qo`llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |