7. Qadimgi Suriya va Finikiya madaniyati. Suriya, ayniqsa Finikiya sharqdagi yuksak madaniyat markazlaridan biri bo`lgan. Suriya va Finikiya erishgan yutuqlardan biri bu yozuv-alifboning ixtiro qilinishidir. Miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Suriyada 29 belgidan iborat alifbo kashf etilgan. Bu alifbo Bobil mixxati asosida tuzilgan edi.
Ammo miloddan avvalgi IX asr oxiri – VIII asr boshlariga kelib Finikiyada 24 belgidan iborat yozuv-alifbo kashf etishgan. Keyinchalik 24 belgidan alifbo isloh qilinib, 22 belgidan iborat alifbo kashf etilgan. Finikiya alifbosi tez orada dunyoga tarqaladi. Uning ahamiyati shundaki, dunyodagi ko`p xalqlar o`z alifbolarini finikiyaliklar alifbosi asosida tuzganlar. Suriya va Finikiyada qadimdan boshlab, tosh, fil suyagi va har turli ma`danlardan xudo, odam va hayvonlarning haykallarini ishlash rivoj topgan. Rassomlik ham taraqqiy etgan edi.
Suriya va Finikiya ko`p mamlakat bilan savdo-sotiq olib borgan. Shu tufayli bu o`lkada matematika, geometriya, dengizchilik, astronomiya, geografiya, yer bilimi, kimyo va fizika sohasida katta yutuqlarga erishilgan. Gerodotning ma`lumotiga ko`ra miloddan avvalgi VI asrda yashagan miletlik mashhur matematik, fizik, astronom va faylasuf Fales asli fmikiyalik boigan. Sidonlik faylasuf Mox yunon faylasuf-matematiklaridan ancha oldin atomlar haqidagi nazariyani yaratgan ekan.
Suriya va Finikiyada tabiat hodisalariga, qoya toshlarga va hayvonlarga e`tiqod mavjud bo`lgan. Finikiya va Suriya bilan bog`langan o`luvchi va tiriluvchi tabiat xudosi jpjilr^Qiyyalfjj alohida o`ringa ega ekan. Mot ularda hisoblangan. Molox ham ularning hurmatli xu-
bo`lgan. Suriya/vaTinikiya HHtiyvJcishilarni xudolarga qurbon qilganlar. Finikiya mustamlakasi boigan Karfagenda miloddan avvalgi III asrda ham xudo Molox sanam^haykali oldida bolalarni gulxanga tiriklayin tashlab, kuydirib qurborrqilganlar.
1.Suriya bilan Finikiya geografik o’rni juda ham o’ziga
xosdir.Suriya uch materik o’rtasida joylashgan. Uning
kontinent qismi Old Osiyoga tutashgan, Suriyaning shar-
qiy o’lkalari Suriya- Mesopatamiya cho’liga, shimoliy qismi
Kichik Osiyoga , janubiy qismi esa Falastin bilan birlikda
Arabiston yarimoroliga chegaradoshdir. Suriyaning Finikiya
deb atalgan qirg’oq qismi qadimgi vaqtda savdo yo’llari
orqali O’rta dengizning sharqidagi orollar bilan Kpir, Krit
bilan va Egey dengizi arxepelagi bilan yaqin aloqada
bo’lgan. Suriyaning janubiy- g’arbiy qismi Misrga juda
yaqindir. Eng qadimgi dengiz va karvon savdo yo’llari
tutashgan yerda joylashgan Suriya bilan Finikiya geog-
rafik holati bu mamlakatlarda qadim zamonlardayoq sav-
doning rivoj topishiga yordam bergan; bu savdo ko’proq
tranzit xarakterda bo’lgan.
Suriyaning geografik jixatdan parchalanganligi , uning
ayrim qismlarining (masalan, Finikiya qirg’oqbo’ylari yoki
g’arbdan yoki sharqdan Livan va Antilivan tog’ tizma-
lari bilan o’ralgan Oront daryo vodiysining) bir- biridan
ajralganligi , butun mamlakatning tarixiy va madaniy
jixatdan birlashuviga imkon beradigan katta daryolarning
yo’qligi tufayli bu yerda yagona va qudratli davlatning
vujudga kelishi uchun qulay sharoit bo’lmagan. Haqiqat-
dan ham , Suriya bilan Finikiya o’z tarixining boshidan
oxirigacha doim bir- biri bilan urushib kelgan bir qator
mayda davlatlarga bo’linib kelgan desa bo’ladi. Suriya
bilan Finikiyaning siyosiy jixatdan parchalanib ketganligiga
yana shu holat ham sabab bo’lganki, Suriya bilan Finikiya
qadim zamonlardan beri har tomondan qadimgi madaniy
va qudratli davlatlar bilan o’ralgan bo’lib , bu davlatlar
shu boy o’lkalarni istilo qilishga va ularning yashnagan
savdo shaharlarini bosib olishga doimo intilib kelganlar.
Suriyadan janubiy- g’arbda Misr, Suriyadan sharqda Bobil
va Osuriya , shimol-sharqda Mitanni, shimolda Xett davlati
bor edi, nixoyat, Finikiyadan g’arbda , O’rta dengizda
dengiz davlati Krit joylashgan edi. Kuchli qo’shnilar bilan
o’ralgan Suriya bilan Finikiya ularga qarshilik ko’rsatolmas
edi va shuning uchun ham ular juda qadim vaqtlardan
boshlaboq , muttasil ravishda bu katta qo’shni davlatlar-
dan gox birining, gox ikkinchisining hokimiyati qo’l os-
tiga va madaniy ta’siri ostiga tushib kelgan.Qadimgi sharq
dunyosidagi qudratli davlatlar Suriya bilan Finikiyani tala-
shib, o’zaro doimo qattiq kurashib kelganlar.Suriya dalala-
rida eng katta janglar bo’lgan, Suriya qal’alari ko’pincha
qamalda bo’lib, shturm qilinib turgan. Butun Suriya katta
bir platsdarm bo’lib, Qadimgi Sharqning eng yirik davlatlari
harbiy kuchlarini keng miqyosda shu yerda ishga solganlar,
chunki Suriyaning tabiiy boyliklari yaxshi rivoj topgan
qishloq xo’jalik rayonlari, qadimgi gullagan savdo shaharlari
juda ko’p savdo yo’llari tutashgan markazlar bu davlatlarni
o’ziga jalb qilar edi.
Suriya bilan Finikiyaning bazi qismlaridagi tabiiy sharoit-
lar dehqonchilik xo’jaligining yuksak darajada rivojlanishiga
yordam bergan. Finikiyaning yaxshi sug’oriladigan dengiz
bo’yi qismida, ayniqsa Marat, Berit, Sidon, Tir va Akko
rayonlarida dehqonchilik va bog’dorchilik juda yaxshi rivoj
topishi uchun tuproq va iqlim sharoitlarining hammasi
mavjud bo’lgan. Bu yerda hozirgi vaqtda ham mevali
bog’lar bor va turli- tuman mevali daraxtlar o’stiriladi.
Tripolis yaqinidagi juda ko’p miqdorda zaytun o’stiriladi.
Livanning g’arbiy yonbag’irlarida zaytun va tok o’stiriladi.
Bu qimmatbaho o’simliklarni o’stirish uchun imkon bo’lma-
gan joylarda bug’doy, arpa, javdari ekiladi. O’rta va janu-
biy Suriyaning ichki qismlari ham , ayniqsa Oront daryo-
sining vodiysi juda unumdor joylardir.
Finikiya va Suriyaning aholisi juda ham aralash-
quralash bo’lgan. Qadimgi manbalarga , misr, finikiya va
xett yozuvlariga , tavrot hamda antik avtorlarning ma’lu-
motlariga , shuningdek, lingivistik ma’lumotlarga qaraganda
Finikiya va Suriyaning qadimgi aholisi eramizdan avvalgi
uchinchi mingyillikdayoq juda murakkab etnik konglome-
ratdan iborat bo’lgan. Eng qadimgi qabilalardan biri xur-
riylar bo’lib, ular shimoliy- g’arbiy Mesopatamiyada va
Shimoliy Suriyada yashagan. Aftidan, ular xuddi shu joy-
dan qo’shni oblastlarga xususan , Suriyaning chegaradosh
rayonlari orqali o’tib Finikiyaga va Falastinga tarqalgan
bo’lsalar kerak. Xurriylar qabilasining nomi tavrotning bir
necha joyida uchraydi va bu nom qadimgi Misrdagi
Xaru degan nomda saqlanib qolgan, qadimgi misrlilar Su-
riya va Falastinni shu nom bilan ataganlar. Suriya va
Falastinda xurriy aholisi ko’p bo’lganligini quyidagi turli
hujjatlar ayniqsa yaqqol ko’rsatadi ; Katnada mixxat yozuv-
lari, buyumlar topilgan, bu yozuvlarda xurriy atoqli otlari
va terminlari uchraydi. Nixoyat, Amarna arxividan topilgan
diplomatik xatlarda Abd- xiba kabi xurriy ismlari uch-
raydi. Xurriylar shimoliy Suriyada ham, xususan Ugarit
mamlakatida ham yashaganlar. Bunga Ras-Shamrada topil-
gan hujjatlar dalil bo’laoladi.
Suriya va Finikiya aholisining aksari g’arbiy semit
qabilalaridan iborat bo’lgan. Suriyaning eng shimoliy
qismini va unga yondosh bo’lgan Kichik Osiyo oblast-
larini hamda Mesopatamiyani ,,shimol bolalari’’ degan
qabilalar yashagan, nixoyat, Suriyadan sharqda ba’zan ,,sharq-
bolalari’’ deb atalgan, ko’proq esa Mesopatamiyadan g’arb
da joylashganlari uchun amoriylar deb atalgan ko’chman-
chi qabilalar yashagan. Suriya – Mesopatamiya dashtining
shimoliy qismida amoriylar singari semit xalqlari grup-
pasiga mansub bo’lgan aramiylar yashaganlar. Amoriylar
va aramiylar ko’pincha Suriyaga suqilib kirib , u yerda
joylashib qolganlar va hatto ayrim knyaz’liklar ham
barpo qilganlar.
Eramizdan avvalgi birinchi mingyillikda greklar, asosan
O’rta dengizning sharqiy qirg’og’idagi shaharlarda yasha-
gan dengizbo’yi xalqlariga ,,finikiyaliklar’’ degan nom
bergan, holbuki bu teritoriyada eramizdan avvalgi X asrda-
gina mustaqil Finikiya davlati vujudga kelgan, Sidon va
Tir shaharlari uning markazlari bo’lgan. Finikiyalililar
ham Xanaanda yashagan xananeylar singari, g’arbiy semit
qabilalari gruppasiga mansub bo’lgan.
2. Suriya va Finikiyaning ba’zi o’lkalaridagi qulay
tabiiy sharoitlar juda qadim zamonlardayoq kishining
mehnat faoliyatining paydo bo’lishiga yordam bergan.
Arxealogik qazishlarning natijalari bunga ravshan dalildir.
Finikiyadan, It daryosi ( Naxr -al Kalb) burni yaqinida
daryoning boshiga yaqin yerdagi Sut chashmasi bilan
Asal chashmasi oldidan, shuningdek, Sanin tog’lari eta-
gidagi Xarajeb va Jayta yaqinidan ilk neolit davriga
oid ish qurollari topilgan.
Chaqmoq toshdan qilingan bu ish qurollarining
ko’pchiligi belcha, pichoq, bigiz, iskana, nayza uchi tipi-
dagi qurollardan iborat bo’lib, bular juda puxta ishlangan.
Arralar , uch qirrali o’q uchi va uchburchak shakldagi
juda ko’p boltalar ham shu ilk neolit davri uchun xos
bo’lgan qurol- yaroqlardir. Yana chala pardozlangan qurol-
lar ham, jumladan bolta iskana va xanjarlar topilgan, bu
narsa toshga pardoz berish texnikasining paydo bo’lgan-
ligi va rivojlanganligidan guvohlik beradi.
Shimoliy Suriyada ham , Evfrat daryosining yuqori
qismiga hamda Aman va Tavr tog’ tizmalariga yondash-
gan rayonda ham neolit madaniyatining muxum markaz-
lari bo’lgan. Bu yerda Soqchi- Goz drgan joyda juda
qadimiy bir posilinie topilgan, uning pastki, eng qadim-
gi qatlamlari neolit davriga oiddir. Birinchi qatlamidan
chaqmoq tosh, obsidian , fil suyagi va oddiy suyakdan
yasalgan qo’pol qurollar , shuningdek, loydan yasalib , botiq
geometrik naqsh berilgan idishlar topilgan. Qisman halko-
lit davriga oid bo’lgan uchinchi qatlamdan gul solingan
keramika topilgan. Tel- Taynatda, Shimoliy Suriyada, Antio-
xiya bilan Alippo o’rtasida muxum yodgorliklar topilgan;
bu yerda arxeologlar 14 arxeologik qatlamni ochishga muvaf-
faq bo’lganlarki , bu qatlamlar tosh davridan tortib to era-
mizning birinchi asrigacha madaniyatning izchil rivojlanish
protsessini kuzatishga imkon beradi.
Qadimgi Finikiya shahri Bibl territoriyasida katta qazish-
lar o’tkazilgan, Bibl hozirgi zamondagi Jebayl yaqinida
joylashgan, bu shaharning qadimgi nomi (Gebal) buzilib,
shunday diyilgan. Bu shahar juda qadim vaqtlardan beri
yashab kelgan. Bibldagi arxaik davriga tegishli qabrlar-
dan chaqmoqtoshdan qilingan pichoqlar va belchalar
shuningdek, kulolchilik qolipi ishlatilmasdan yasalgan arxaik
keramika topilgan. Eramizdan avvalgi IV mingyillikdayoq
Bibl uzoq Misr bilan mustaxkam bog’langan muxum savdo
markazi sifatida maydonga chiqadi. Monte o’tkazgan qazish-
larning natijalari shundan guvohlik beradi. Bibldagi ibodat-
xonaga yotqizilgan plitalarning tagidan juda ko’p buyum-
lar topilgan, bularning ichida arxaik tipdagi Misr hirog-
lif yozuvli silindr muhr aloxida ahamiyatga ega. Shu
yerning o’zidan yana arxaik davrga va Misrning qadimgi
podsholik davriga oid buyumlar juda ko’plab topilgan.
Nixoyat, Bibl xarobalaridan Misrning O’rta Podsholik davriga
tegishli juda ko’p buyumlar topilgan bo’lib, bulardan
ba’zilarining usti Misr yozuvlari bilan qoplangan. Yozuv-
lar shu narsadan guvohlik beradiki, Bibl bu davrda
Misrning faqat iqtisodiy va madaniy ta’siri ostida bo’lib-
gina qolmay, balki xatto Misrga tobe ham bo’lgan; unda
mansabi, unvoni va ismi misrcha bo’lgan Misr amaldori
hokimlik qilgan.
Nixoyat, Shimoliy Suriyada, Oront daryosi o’zanidan 50 km janubda, Ras-Shamra yaqinida, dengiz qirg’og’ida bir katta shaharning xarobalari topilgan; bu shahar Kiprni Evfrat daryosining g’arbiy burilishi bilan bog’lagan muxim savdo
yo’li ustida joylashgan. Bu shahar qalin devorlar bilan
o’ralgan muhim savdo porti va qal’adan iborat bo’lgan.
Unda ibodatxona , saroy va kutubxona bo’lgan. 7-9 m
chuqurlikdan uch arxealogik qatlam hamda xom g’isht-
dan qurilgan binolarning qoldiqlari topilgan. Bu qadimiy
port ustidagi qoyatoshga joylashgan mozordan topilgan
qabrlar ham katta ahamiyatga ega. Bu shaharning xaro-
balari , shuningdek bu yerdan topilgan juda ko’p buyum
va yozuvlar bu yerda anchagina katta quldorlik davlati-
ning bo’lganligi to’g’risida gapirishga imkon beradiki,
bu quldorlik davlatining eramizdan avvalgi III mingyillikning
oxirlaridan to eramizdan avvalgi I Imingyillikning o’rtalarigacha
bo’lgan tarixini kuzatish mumkin.
Aftidan Ugarit deb atalgan bu davlat eng muhim savdo
yullari tutashgan joy bo’lib, Misr bilan Egey dengizi rayo-
ni bilan va Kichik Osiyodagi xett qabilalari bilan maxkam
bog’liq bo’lgan. Ugarit davlatining bosh shahari shimoliy
Suriya sohilida joylashgan bo’lib, bu shaharga Kichik Osi-
yo, Suriya, Mesopatamiyadan, Misrdan va Egey dengizi
orollaridan har turli buyumlar keltirilgan. Ras- Shamra yaqi-
nidagi qadimgi savdo shahari xarobalaridan topilgan juda
ko’p miqdordagi egey, xett va misrlilarning buyumlari bun-
ga dalildir. Bu yerdan topilgan mixsimon xat yodgorlik-
lari aloxida ahamiyatga ega bo’lib, bu xat odatdagi osuriya-
bobil mixxatidan ancha farq qiladi.
3.Finikiya bilan Suriya territoriyasidan topilgan yozuvlar
uncha ko’p emas, buning sababi, uzliksiz davom etgan urushlar vaqtida qadimgi kutubxona va arxivlarning shavqatsiz ravishda yer bilan yakson qilinganligi bo’lsa kerak. Topilgan yozuvlar ichida Ras-Shamra yaqinidagi shahar xarobalaridan topilgan va maxsus alifbeli mixxat bilan bitilgan yozuvlar katta ahamiyatga ega. Bu yozuvlarning ko’pchiligi afsonalardan olingan tekstlar bo’lib, Shimoliy Suriya qabilalarining eramizdan avvalgi II mingyillik o’rtalaridagi dini to’g’risida ravshan ma’lumotlar beradi. Suriya va Finikiyaning bu davrdagi siyosiy tarixini o’rganish uchun Amarna arxividan topilgan xatlar, shuningdek, xett xujjatlari alohida ahamiyatga egadir. Finikiyaning nuqul o’z yozuvlari shu mahalgacha juda ham oz topilgan. Finikiya yozuvlaridan eng muhumlari Sidonni qazish vaqtida topilgan bo’lib, fors davriga taalluqlidir. Qadimgi Kilikiya teritoriyasidan, Qora tepadan, Antitavr tog’laridan yaqindagina topilgan Finikiya yozuvlari eramizdan oldingi
IX asrdagi shimoliy Finikiya davlatlarining tarixi to’g’risida yangi material beradi. Suriya bilan Finikiya tarixini o’rganish uchun yana Bobil va Osuriya yozuvlari ham jumladan, miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda o’tgan Osuriya podsholarining ma’muriy yozishmalari katta ahamiyatga egadir.
Tarixiy manba bo’la oladigan asl nusxa hujjatlarning juda kamligi tarixchilarni antik mualliflarning asarlariga murojaat qilishga majbur etadi. antik muallijlarda qadimgi Suriya va Finikiya
ga oid ko’p va qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Finikiyaliklar to’g’risidagi ba’zi ma’lumotlar Gomer dostonlarida saqlanib qolgan. Iosif Flaviyda Finikiya shahri Tirning qadimgi yilnomalaridan keltirilgan ma’lumotlar saqlanib qolgan. Finikiyaning siyosiy tarixi va madaniyatiga oid muhim ma’lumotlarni Geradot asarlaridan topish mumkin. Nihoyat, eng qadimgi finikiyaliklarning dini va mifalogiyasiga oid juda muhim ma’lumotlar ilk xristian davrining yozuvchisi Evseviyning asarlarida saqlanib qolgan; Evseviy finikiyali Sanxoniatonning biblli Filon tomonidan grek tiliga tarjima qilingan va o’zi (Evseviy) yashagan davrgacha saqlanib kelgan g’oyat qimmatli asaridan foydalangan.
4. Eramizdan avvalgi uchinchi mingyillikning oxiri va ikkinchi mingyillikning boshlarida Suriya bilan Finikiyada birqancha mayda davlatlar bo’lgan, bularning markazlari yirik savdo shaharlari bo’lgan . Bu shaharlar orasida davlatning bosh shahri Ugarit hamda Bibl ajralib turgan, bu shaharlar dengiz soxiliga qurilgan. Ras-Shamradan topilgan yozuvlarda geografik nomlar, jumladan, O’rta Suriya, Finikiya va xatto Falastin sshaharlarining nomlari tilga olinadi; shunga qarab, Ugarit iqtisodiy jixatdan ham, madaniy- siyosiy jixatdan ham bu mamlakatlar bilan mahkam aloqada bo’lgan deb o’ylash mumkin. Bundan tashqari, Ugarit, Egey dengizidagi Krit, Kipr, Rodas orollari bilan, shuningdek Misr bilan qizg’in savdo olib borgan. Ras-Shamradan topilgan yozuvlarda Kaptop va Xet-ka- Pta tilga olinadi. Ras-Shamrada o’tkazilgan qazishlar vaqtida Kipr va Rodos idishlari, Mikenda ishlangan har turli buyumlar,hatto, misrcha yozuvlar yozilgan va O’rta Podsholik davriga oid Misr xaykallari va muqaddas qo’ng’izchalarning tasvirlari topilgan. Finikiyaning eng qadimgi shaharlaridan biri Bibl ham ayniqsa Misr bilan keng miqyosda savdo olib borgan. Ma’lumki, Biblda xokimlik qilgan knyaz’larning nomlari suriyacha bo’lsa ham, unvonlari misrcha bo’lgan va ular o’z yozuvlarini misrcha hirogliflar bilan yozganlar. Ichki kurash natijasida kuchsizlanib borayotgan Suriya ko’pincha ajnabiy bosqinchilarga em bo’lib kelgan. Qadimgi sharqdagi katta davlatlarning podsholari , masalan, Misr fir’avnlari yoki Bobl podsholari kichkina va kuchsiz mamlakatlar - Suriya hamd a shimoliy Mesopatamiyani nazar-pisand qilmaganlar, Amenxotep III Bobil podshosiga yozgan bir xatida uning qizi to’g’risida, uning o’zi aytgan so’zga asoslanib bunday diydi: “Nahotki bu qiz kambag’alning, Gaga mamlakatidan bo’lgan qandaydir bir odamning, yoki xanigal’batlining, yo esa Ugarit elidan chiqqan birontasining qizi bo’lsa!”
Eramizdan avvalgiII mingyillik o’rtalarida Suriya bilan Rinikiya Misr hukmronligi qstiga tushib qoladi. XVIII dinastiyaning urushqoq fir’avnlari Suriyani Evfrat daryosigacha istilo etadilar. Ular Suriya shaharlarini o’zlariga bo’ysundiradilar, bu shaharlarga og’r xiroj soladilar va bu mamlakatlarning tabiiy boyliklarini o’z foydalariga ishlatadilar. Misrning Suriya bilan Finikiyani istilo etishi va bu mamlakatlarda hukmronlik qilishi so’ngra esa Misr ta’sirining zaiflanishi bizga XVIII dinastiya zamonidan qolgan juda ko’p Misr yozuvlaridan, jumladan, Al-Amarnadan topilgan diplpmatiya xujjatlari saqlangan. Suriya Misrning iqtisodiy va siyosiy kantrolligi ostida bo’lishiga qaramay, harholda birmuncha mustaqillikni ham saqlab qolgan. Misrlilar Suriyaning ko’p shaharlarida mahalliy knyazlarni qoldirganlar, Suriyada o’z ta’sirlarini mustahkamlash uchun esa, bu knyazlarn ing vorislarini Misrga olib ketib, ularni Misrga va Misr firavniga sadoqat ruxida tarbiyalaganlar; shunday qilib, kelajak uchun o’zlariga sodiq xizmatkorlar tayyorlaganlar. Suriya shaharlarining hokimlari Misr firavnlarining hukmronligini tan olganlar. Masalan, Suriya knyazlaridan biri Namiavaza firavnga bunday deb yozadi: “Darhaqiqat,men, mening askarlarim va jang aravalarim, shuningdek, birodarlarim ham… bizlar sultonim podsho qo’shinlari ixtiyoridamiz, u qayerga borishni buyursa shu yerga boramiz”. Eramizdan avvalgi XIV asrga kelib Misr Suriyada o’z xukmronlik mavqiyini saqlab qolmoq uchun etarli kuchga ega bo’lmay qoladi. Misrlilar o’rnini xittlar egallaydi, ular Shimoliy Suriyani koplonizatsiya qilib, uni o’z ta’siriga bo’ysundiradi. Xettlarning Suriyadagi ta’siri tobora kuchayib boradi, arxealogiya va lingivestika ma’lumotlari hamda bevosita dalil bo’ladigan xujjatlar bunga guvoxdir. Ilgari Misr qo’l ostida bo’lgan Ugarit davlati endi xett podshosining kuchli ta’siri ostiga tushib qoladi. 5. Finikiya madaniyatining eng katta yutug’i yozuvning alifbe sistemasini yaratish bo’lib, bu sestima Finikiyada eramizdan avvalgi XIII asrda vujudga kelgan. Savdoning anchagina rivojlanganligi rasmiy xujjatlarni juda tez tuzish uchun imkon beradigan eng sodda yozuv sestimasini yaratishni talab qilgan.Shuning uchun ham yozuvning eng sodda va eng qulay sistemasi bo’lmish alifbe savdo juda ham taraqqiy topgan Finikiyada vujudga kelgan. O’zlarining alifbe sistemalarini yaratishda finikiyalilar qadimgi Bobil va qadimgi Misrning boy madaniy merosidan foydalanganlar. Ayrim alifbe belgilari shaklidagi alifbeli tozuv elimentlari eramizdan 2 ming yil avval shimoliy Suriyaga kirgan Bobil mixxatida ham bo’lgan. Shimoliy Suriyada Bobil mixxati anchagina soddalashtirilgan va shu asosda 29 ta alifbe belgisidan iborat Simoliy Suriya alfaviti mixxati vujudga kelgan. Ras-Shamradan topilgan ko’p yozuvlar mana shu alifbe asosidagi mixxat bilan yozilgan. Ammo, asl Finikiya alifbesining vujudga kelishiga Misr hiroglif yozuvi ko’proq ta’sir ko’rsatgan, bu yozuvda 24 ta alifbe belgisi bo’lib, bular undosh tovushlarni ifodalashga xizmat qilgan. Misrning hiroglif yozuvlari Bibl xarobalari topilgan, shu bilan birga, bu yozuvlarning ba’zi birlaridagi ayrim hirogliflar finikiyalilarda boshqa ma’no olgan. Misr hiroglifidan Finikiya yozuvigao’tishdan iborat aloxida o’tish sistemasi Sinay yarim orolidan topilgan. Bu yerda Serabit-al Xadim mis konlari yaqinidagi Misr ibodatxonasi xarobalaridan 25 ta izox belgilardan iborat yozuv topilgan bo’lib’ bu belgilar ichida 8 tasi Misr xirogliflari bilan Finikiya belgilari o’rtasidagi yozuvdir. Kiyinchalik Finikiya alifbesidan qadimgi grek alifbesi kelib chiqqan. Shunday qilib, Finikiya juda ko’p kiyingi xat sestemalari uchun asos bo’lgan. Finikiya va Suriya qabilalarining ening qadimgi dini qadimgi jamoa-dehqonchilik kul’tlariga borib taqalqdi. Ras- Shamradan topilgan mifalogik poimalarda arpani sug’orish, eshak va otni qo’shish hamda tok o’tqazishda qilinadigan qadimgi diniy urf- odatlar ta’riflanadi. Xudo Mot yoz oxirida ma’buda Anat o’rog’i bilan qirqiluvchi “etilgan boshoq” shaklida tasvirlanadi. Qadimgi finikiyalil;arning diniy tasavvurida o’luvchi va tiriluvchi tabiat xudosi Vaal va uning o’g’li Aliyyan obrazi aloxida o’rin tutgan. Aliyyan to’g’risidagi afsona va bu xudoning kul’ti yil fasllari almashinuvining sirli ma’nosini diniy-shoirona shaklda odamlarga tushintirib bergan. Teksti Ras-Shamradagi qazishlar vaqtida topilgan mifalogik poimalarda bu diniy tasavvurlar o’zining yorqin ifodasini topgan. “Vaal va Aliyyan “ haqidagi poimada hikoya qilinishicha xudo Vaal uchun hashamatli ibodatxona bino qilinadi , bu ibodatxonada Vaal o’lim xudosi Mot ustidan qozongan galabasini e’lon qiladi. Biroq, Vaalni o’lim kelib bug’adi va u o’g’li bilan birga narigi dunyoga ketishga majbur bo’ladi. Bundan kiyin, o’lgan xudolar sharafiga ado etiladigan motam-marakalar xosil ma’budasi Anatning o’lim xudosi Mot bilan kurashi, o’lgan xudolarni qidirish, Vaalning Mot ustidan nihoyat g’alaba qozonishi va Vaalning tirilishi hikoya qilinadi. Bu qadimgi afsona hamda o’luvchi va tiriluvchi tabiat xudosi kul’ti kiyingi vaqtdagi xudo Adonis kul’tiga asos solgan. Adonis kul’ti esa kiyinchalik Suriya va Finikiyada juda keng tarqalgan. Ba’zi tarixiy afsonalar ham katta ahamiyatga ega, masalan, “Keret haqidagi afsona” ni olaylik, bu afsonada Sidon podshosi Keretning xudo El’ maslahatiga ko’ra, Arabiston bilan Falastin o’rtasidagi chegarada yashagan teraxitlar qabilasiga qarshi qilgan urishi haqida gapiriladi. Bu qiziq afsonada Ashdod va Kadesh shaharlari hamda qadimgi yahudiy qabilasi Zebulon tilga olinadi, bu narsa Finikiya savdosi va istilochilik siyosati juda qadim vaqtlardayoq keng rivoj topganligidan guvohlik beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |