Qadimgi Hindistonda fanning rivojlanishi
Abu Rayhon Beruniy Hindistonga safar qilgan chogʻida sanskritni, oʻlkaning geogr.si, madaniyati, adabiyo-ti, tarixi, falsafasi, qonunlari, dinlari, urf-odatlarini atroflicha oʻrgangan va oʻz bilimlarini "Hindiston" asarida bayon etgan. 1442—44 yillarda Abdurazzoq Samarqandiy Shoh-rux saroyining elchisi sifatida Hin-diston janubidagi Kalikut, Hinavar, Mangalur, Bilur, Bokanur va Vijaya-nagar rojaliklarida diplomatik missiyani bajargan. Keyinchalik Xiva va Buxoro xonliklarining elchilari ham Hindistonda xizmat safarlarida boʻlib, unga oid maʼlumotlarni keltirganlar. Yevropada H. 15-asr oxirlarida Hindistonga ochilgan dengiz yoʻli tufayli yuzaga kelgan. Avvaliga Shim. Hindistonni tadqiq etishga eʼtibor berilgan. 18-asr oʻrtalarila esa Ost-Indiya kompaniyasining mazkur hududlarga kelishi tufayli butun oʻlkadagi tillar va ularning grammatikasini oʻrganishga eʼtibor kuchaygan. Yevropalik olimlar U.Kerri, Jilkroyt, U.Jons, Kolbruk va boshqa hindu tili va boshqa mahalliy tillar grammatikasini oʻrganishga salmoqli hissa qoʻshgan. Hindistonning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, buyuk maʼnaviy va tarixiy qadriyatlari, adabiyotiga boʻlgan zoʻr qiziqish Yevropa davlatlarida qator sharqshunoslik markazlarining shakllanishiga turtki boʻldi. 19-asr boshida ilk bor Parijda sansk-rit va qad. Hindiston tillarini oʻrganuvchi H. kafedrasi ochildi. 19-asrning 2-choragidan boshlab Angliya, Fransiya, Germaniya, Skandinaviya davlatlari, keyinroq esa Rossiya va AQShda H. sezilarli darajada rivoj topa boshlagan. 19-asrda buddizm va klassik filologiyani oʻrganishda turli mamlakat olimlari R.Rott, M.Myuller, A.Veber, A.Bergen, A.Lyudovik va boshqa samarali faoliyat koʻrsatganlar. Rossiyada H.ka boʻlgan qiziqish rus sayyohi Afanasiy Nikitinning 15-asrda Hin-distonga qilgan sayohati tufayli kuchaydi. U oʻz sayohati toʻgʻrisida "Uch dengiz osha" asarida talaygina qiziqarli maʼlumotlar bergan. Keyingi asrlarda yuzlab rus savdogar va sayyohlari Hindistonga koʻplab safarlar qilganlar, sekin-asta diplomatik munosa-batlar rivojlana boshlagan. 1724-yilda Peterburgda Rossiya Fanlar akademiyasi tashkil etilib, H. borasida ham fundamental tad-qiqotlar boshlab yuborildi. 20-asrning boshlarida H. borasida tadqiqotlar olib borish jonlana boshladi, ayniq-sa Ikkinchi jahon urushidan soʻng Rossiya sharqshunosligida shakllangan yirik yoʻnalish sifatida ilmiy va siyosiy doiralarda talaygina yutuqlari bilan oʻz mavqeiga ega boʻldi. Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq-shunoslik instituti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika instituti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosa-batlar instituti, Diplomatik akademiya, Misr tadqiqotlari markazi, Xalqlar doʻstligi universiteti, Ijtimoiy fanlar boʻyicha ilmiy axborotlar instituti, xorijiy tillar harbiy instituti, Plexa-nov nomidagi Iqtisodiyot universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti va boshqa oʻnlab ilmiy, oliy taʼlim muassasalari, akademiyalar va harbiy akademiyalarda Hindiston boʻyicha keng qam-rovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, ular yuzasidan yuzlab risolalar, ilmiy monografiyalar, oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar, maʼlumotnomalar chop etildi. Taniqli rus hindshunos olimlari G.M.Bongard-Levin va G.F.Il-in tomonidan "Qadimgi Hindiston" (1969), Yu.P.Nasenkoning "Javohar-lal Neru va Hindiston tashqi siyosa-ti" (1975), V.K.Pleshakovning "Hin-distonda demokratiya: mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv" (1992) kitoblarida H.ning dolzarb masalalari yoritib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |