Qadimgi sharq adabiyoti



Download 1,44 Mb.
bet102/142
Sana16.03.2022
Hajmi1,44 Mb.
#499505
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   142
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI TARIXI

Neoromantizm vakillari jamiyat qonun-qoidalarini, uning rivojlanish yo‘llarini rad etdilar. Bu yo‘nalish, asosan, Angliya va Germaniyada tarqaldi. Angliyada Stivenson, Konrad, Xaggard, Konon-Doyl, Chesterton va Germaniyadan Gofmanstal, Gauptman, Gazekklever singari adiblar ushbu yo‘nalishning yirik namoyondalari sanaladi. Neoromantiklar zamonaviy jamiyat qadriyatlarini rad etar ekan, o‘z o‘quvchilarini uzoq o‘tmishga yoki sivilizatsiya ta'siridan yiroq ekzotik o‘lkalarga(Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika) olib boradilar. Ularning favqulotda kuchli, romantik qahramonlarini yorqin, bo‘yoqlarga boy, g‘aroyib sayohatlar bilan to‘la dunyoda faoliyat ko‘rsatadi.
XIX asr so‘nggi choragida bo‘y ko‘rsatgan yana bir adabiy oqim estetizm bo‘lib, uning yorqin namoyandasi ingliz yozuvchisi Oskar Uayld (1854-1900) sanaladi. Mazkur oqimning paydo bo‘lishida taniqli faylasuf, antik va uyg‘onish davrlari san'atibilimdoni J.Ryoskin hamda, adabiy tanqidchi Uolter Peyterning ta'siri katta bo‘lgan. Estetizm tarafdorlari barcha narsadan go‘zallikni yuqori qo‘yadilar. O.Uayldning “Yolg‘onning qulashi”(1889) essesida san'at hayotdan ustun turishi, ijodkor real hayotga emas, aksincha hayot san'atga taqlid qilishi lozimligini “San'at san'at uchun” tamoyili asosida targ‘ib etib san'atning tarbiyaviy ahamiyatini inkor etadi. 1891 yilda yaratilgan “Dorian Greyning portreti” romanida san'at va san'atkor mavzusi o‘ziga xos tarzda talqin etiladi.
XIX asr ikkinchi yarmida “yangi drama” asoschisi, drama janri islohotchisi norvegiyalik Hyenrik Ibsen (1828-1906) pyesalarida (“Brand”, “Per Gyunt”, “Qo‘g‘irchoq uyi”) romantizm va realizm an'analari sintezini kuzatish mumkin. Muallif doimo ramzlarga murojaat qiladi. Har bir pyesa g‘oyalar haqidagi bahslardan tashkil topgan bo‘lib, intellektual dramaning klassik namunalari hisoblanadi. H.Ibsi ijodi XIX asr oxiri va XX asr G‘arb dramaturgiyasiga salmoqli ta'sir o‘tkazdi.
XX asr adabiyoti taraqqiyotiga ma'lum ma'noda ta'sir ko‘rsatgan yo‘nalishlar sarasiga dekadentlik adabiyoti ham kiradi. Dekadentlik XIX asrning 80-yillarida Fransiyada jamiyatdagi ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir sharoitda paydo bo‘ldi. Shaxsiyatparastlik, umidsizlik, sirli voqealar, oxiratga murojaat etish, bu adabiyotning asosiy belgilari sanaladi. Romantik shoir Teofil Gote dekadans(frans. decadence - tushkunlik) iborasini birinchi bo‘lib qo‘llagan. Keyinchalik dekadentlik atamasi san'at va adabiyotdagi barcha hasta hodisalarni ifodalovchi so‘z bo‘lib qoldi. Turli adabiy oqimlarga mansub bo‘lgan parnaschi, simvolist, XX asr boshlaridagi modernistlar, hatto naturalistlar ham dekadentlar deb atala boshlandi.
XIX asrning 50-yillarida Fransiyada maydonga kelgan “Parnas” (Qadimgi Yunonistonda muzalar, ya'ni san'at, adabiyot va fan ilohalari yashagan tog‘)guruhi (Lekont de Lil, Teodor de Banvil, Joze-Maria Eredia) “sof san'at” g‘oyasini targ‘ib qildilar. Ularning fikricha, san'at davlat homiyligidan ozod bo‘lishi lozim. San'at maqsadsiz bo‘lib, undan faqatgina real muhit tashvishlaridan uzoqlashtiruvchi ovunchoq sifatida foydalanish mumkin. Parnaschilar shaklga katta ahamiyat berdilar, shakl asar go‘zalligini yuzaga keltiradi. Teodor de Banvil qofiyaga she'rni bezaydigan “oltin mix” deb baho beradi. Uning fikricha, san'at go‘yoki bekorchilik mahsulidir. Narsa yoki buyum foydali bo‘lib qolganda o‘z go‘zalligini yo‘qotadi. Tasviriy san'at, haykaltaroshlik, musiqa hech narsaga xizmat qilmaydi, parnaschilarning asosiy estetik tamoyillari ana shundan iborat.
Nemis faylasuflari Artur Shopengauer va Fridrix Nitsshe g‘oyalari dekadentlik adabiyotining falsafiy negizini tashkil etadi.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish