Qadimgi nemis poeziyasi. Nemis bolalar adabiyoti
Qadimgi nemis poeziyasi haqida qadimgi Rim yozuvchilari va keyingi davr yozma yodgorliklari yordamida mushohada qilish mumkin. Rim tarixchisi Tatsita tomonidan qadimgi olmonlarning jangovor va g`arbiy yurishlari haqida esga olinadi. Bunga qadimgi olmon yodgorliklarining epik she`riyati, 800 yilga qadar yozilgan "Xildebran haqida qo`shiq" asari misol bo`la oladi. "Qo`shiq"da (V-VI asrlarda) "xalqlarning buyuk ko`chishi" haqidagi voqealar tasvirlangan.
"Nibelunglar haqida qo`shiq" asari adabiy jihatdan XVIII asr boshlarida qayta ishlangan, va albatta ritsarlar, saroy hayoti tavsilotlari, ritsarlik sha`niga muhabbat bilan xizmat qilish va unga sodiqlik motivlari yotadi. Lekin shu qolip orasidan feodallikkacha bo`lgan davr olmon hayoti chizgilari bo`rtib chiqqan hikoyalar asosida yosh, navqiron Zigfridning ajdarni engishi, Nebilunglar xazinasini topishi, buyuk Ditrix Bernskiy va uning drujinasi haqidagi afsonalar ham o`rin topgan. Agar folklor kattalar adabiyoti uchun birinchi navbatda mavzu, syujet, janrlar manbai deb qaralsa, bolalar adabiyotida uning o`rni bu bilan tugamaydi. Folklor asosida bolalar adabiyotining, bola dunyoqarashining paydo bo`lishi hamda shakllanishida "uy" og`zaki ko`rinishi paydo bo`lgan. Taxmin qilish mumkinki, agar uyda, og`zaki tarzda yaxshilik va yomonlik haqida, yovuz va oq-qo`ngil ruhlar haqida, o`rta asrlar qahramonlari, yalmog`iz va ajdarlar haqidagi yozma yodgorliklar avval og`zaki aytilib, og`izdan–og`izga ko`chmaganda edi, balki bizgacha bu xalq durdonalari yetib kelmagan bo`larmidi?
Vilyam va Yakobson Grimmlar "Bolalar va oilaviy ertaklar" to`plamining so`zboshisida, bu dono an`anani baholay turib: "Bolalar ertaklari, bolalarga samimiy, yumshoq va toza qalblardagi nur bilan hayotga eng birinchi his–tuyg`ularni hamda fikrlarni uyg`otish maqsadida so`zlab beriladi. Lekin uning oddiy poeziyasi har bir kishini xursand qilishi hamda to`g`rilikka o`rgata olishi mumkin, yana bir afzalligi, u uy devorlari ichida qolib, bir umrga me`rosga aylanishi uchun ham bu ertaklarni oilaviy deb atadik", - degan edilar.
Olmoniyada Uyg`onish davri milliy madaniyatning shaxdam rivojlanishi bilan belgilanadi. Kitob chop etishning yutuqlari antik davr shoir va yozuvchilarining kitoblarini keng targ`ib qilishga imkon yaratib, jamiyatda umuminsonoiy g`oyalarni ilgari surdi. Nemis yozuvchilari, olimlari, rassomlari, haykaltaroshlari: Til'man Rimenshneyder yog`och haykaltaroshligi bobida o`zining o`lmas asarlari bilan, Gol'beyn kichkina tasviriy san`at asarlari bilan, Al'brext Dyurer - rassom, olim, gravyurachi, shoir - Evropa madaniyati Uyg`onish davrining yirik namoyondalaridan biri, tasviriy san`atning portret, peyzaj va natyurmort janrlarini rivojlantirish bilan birga Injilga hamda Sebastian Brantning "Axmoqlar kemasi" (1457- 1521)asari - satirik va didaktik "oyna" deb shon-shuhrat qozongan asariga illyustratsiyalari bilan Renessans madaniyati xazinasiga o`zlarining ulkan hissalarini qo`shdilar. Nemis adabiyoti rivojiga hissa qo`shgan buyuk shoir va yozuvchilar sifatida quyidagilarni sanab o`tish mumkin: Iogann Vol'fgang Gyote, Iogann Xristof Fridrix Shiller, Lyudvig Tik, Axim fon Arnima va Klemens Brentanolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |