Qadimgi Nasaf shahridan besh-o'n chaqirim shimolroq tomondagi Qo'ng'irtov



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/160
Sana01.02.2022
Hajmi0,86 Mb.
#421855
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160
Bog'liq
2 5384179158408500150

LiveBooks.uz kitoblar dunyosi
14


Saylanma. Abdulla Oripov 
O’rmonlar bag‘rida sayr etgan sayyoh,
Changalzor qo‘ynida sargardon ovchi,
Mo‘jaz boshpanani ko‘rdingmi nogoh,
Uni qoldirmishdir qay bir yo‘lovchi.
Qoldirmish u senga qaro kun uchun,
Bir chimdim tuz bilan bir juft chaqmoq tosh.
O’ylab ko‘rganmisan, bu himmat nechun,
O’ylab ko‘rganmisan, kimdir u g‘amdosh?
Ha, inson umrining kechmishi ajab,
Goh to‘ng‘ar, goho u yashnar qulf urib...
O, balki qaysi bir fidoyi sabab,
Yuribsan sen hayot nash’asin surib.
Ayt, axir o‘zing ham to borsan sobit,
Kimsaga nasiba uzatganmisan?
Ko‘changdan lapanglab o‘tganda tobut,
Sen uni to‘rt qadam kuzatganmisan?
Chorasiz bir inson uchragan damda,
Unsiz so‘rog‘iga qildingmi javob?
Ayt-chi, bilarmisan, yorug‘ olamda
Bularning barchasi atalgay savob.
Yo‘q, yo‘q, o‘zga erur bid’at va karam,
Himmatu saxovat tiriklarga xos.
Bobolar beta’ma qurgan dunyo ham
Asli savob uchun qolgan bir meros.
Kimdir tuzar uni, kimdir buzadi,
Kimdir borini ham qiladi barbod.
Kimdir ta’ma bilan dunyo kezadi,
Kimdir o‘ksuk dilni etadi obod.
Savob deb ingraydi dunyomiz behol,
Zordir u najotbaxsh hislar sehriga.
Janglarda toliqqan majruh zot misol,
Suyanib yashar u inson mehriga.
To hayot ekanmiz savobga zormiz,
Yilt etgan shu’ladan dillar fayziyob.
Goh g‘amgin, goh esa umidga yormiz,
Yo‘qolmasa deymiz dunyodan savob.
Axir uning bilan gullagay ochun,
Axir uning bilan umrlar shoyon.
Faqat savob borki, jahon bus-butun,
Faqat savob borki, azizdir Inson! 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish