Saylanma. Abdulla
Oripov
Senga shunday yurak bermishdi Xalloq,
Boqding ajalning ham ko‘ziga munis.
Dunyoning tagiga o‘t ketsin, agar
Bag‘ridan yaxshini sitib chiqarsa.
Tole bo‘lolmagay qazoyi qadar,
Baxt asli tiriklik degan bir narsa.
O’lmas deb qo‘ymishlar ismingni, biroq
O’lim to‘lg‘izdi-ku umr jomingni.
Falakning bu ajib o‘yiniga boq:
O’lmas deb turibman endi nomingni!
Inson bolasiga sharafdir g‘oyat
Xalqi rozi bo‘lib, xotirga olsa.
Mening ushbu she’rim sen
uchun shoyad
Do‘stlaring nomidan yo‘qlov bo‘lolsa.
2000
AJRIM
Dunyoning yarmini sayr etdi o‘g‘lon,
Kelib otasidan so‘radi ajrim:
- Chin do‘st topolmadim nega, otajon?
Ota esa jim.
Yana dunyo kezdi charchamay o‘g‘lon,
Yana otasidan so‘radi ajrim:
- Vafo topolmadim nega, otajon?!
Ota hamon jim.
- Nega savolimga bermaysiz javob?!
O’g‘lon
turar edi nolakor, haqir.
Ota javob qildi uh tortib shu tob:
- Sen ham bor
narsani axtar-da axir
2000
Do'stlaringiz bilan baham: