Shimoliy burchagida Semiramida muallaq bogʼlari bor edi. U qadimgi yetti moʼjizalaridan biri sanaladi. Shahar oʼz kanalizatsiyasiga ega edi. Bobilda, taxminan, 360 ming aholi boʼlgan. Ichki shaharda, taxminan, 80 ming aholi yashagan. Keyinchalik lskandar Maqduniy Bobilni ulugʼligi, hashamdorligi va koʼrki uchun oʼz poytaxti qilmoqchi boʼlgan. Dajlaning ikki qirgʼogʼidagi Salavkiya va Ktesifon shaharlari ham alohida diqqatga sazovordir. Salavkiya daryoning gʼarbida mil. av. 300-yilda qurilgan. U muntazam tarxga ega boʼlgan. Shahar devorlari mustahkam edi. Аsosiy koʼchalari oʼrtada kesishgan. Shahar bir muddat parfiyaliklar poytaxti ham boʼlgan. Shimoliy burchagida Semiramida muallaq bogʼlari bor edi. U qadimgi yetti moʼjizalaridan biri sanaladi. Shahar oʼz kanalizatsiyasiga ega edi. Bobilda, taxminan, 360 ming aholi boʼlgan. Ichki shaharda, taxminan, 80 ming aholi yashagan. Keyinchalik lskandar Maqduniy Bobilni ulugʼligi, hashamdorligi va koʼrki uchun oʼz poytaxti qilmoqchi boʼlgan. Dajlaning ikki qirgʼogʼidagi Salavkiya va Ktesifon shaharlari ham alohida diqqatga sazovordir. Salavkiya daryoning gʼarbida mil. av. 300-yilda qurilgan. U muntazam tarxga ega boʼlgan. Shahar devorlari mustahkam edi. Аsosiy koʼchalari oʼrtada kesishgan. Shahar bir muddat parfiyaliklar poytaxti ham boʼlgan.
Umuman olganda, Parfiya davrida Iroqda saroylarning (Sharqiy Eron qismidagi saroylardan farqli boʼlgan) oʼziga xos meʼmorligi shakllandi. Peristel hovlisi, mahalliy ayvon bilan qoʼshilgan Аshshurdagi saroy bunga yorqin misoldir. Parfiya davridagi shaharlardan biri Iroqning shimolidagi Xatra (hozirgi А1 Xadr yaqinida) shahridir. U miloddan avvalgi davrda qurilgan, l-II asrlarda rivoj topgan, III asrda buzilgan edi. Karvon yoʼllarining kcsishgan joyida barpo boʼlgan. Tarxi doiraga yaqin (maydoni 320 ga atrofida), qator devor va xandaq bilan oʼralgan edi. Tashqisi toshdan, ichki ikkisining poydevorlari gMshtdan terilgan edi. Muntazam rejali, maydonlari va hovuzlari boʼlgan. Toʼrt darvozasidan oʼtgan koʼchalarning janubi-gʼarbiy burchagida, shaharning oʼrtasida (maydoni 15 ga) toʼrtburchak tarxli saroy joylashgan.
Saroyning, taxminan, uchdan ikki boʼlgan sharqiy qismini hovli egallagan, saroy binosi gʼarbiy toʼlonni egallagan edi. Bino hovli tarafga toqli ayvonlar bilan ochilgan edi. Bino oʼz navbatida ikkiga boʼlinib taxt zali toq shaklida yopilgan. Quyoshga sig’inish ibodatxonasi va turar xonalardan iborat boʼlgan. Saroy haykallar, devoriy boʼrtma suratlar bilan bezatilgan edi. Xulosa. Ikkidaryo oraligMda yerdan unumli foydalanib, muhandisona tayyorlash (podgotovka) yuqori saviyada boʼlgan.Qoʼrgʼon qurilishi yaxshi rivoj topgan, mahalliy ashyolardan unumli foydalanilgan. Shahar bosh imorati (zikkurat), rang muammolari hal etildi.
Oʼrta asrlar shaharsozligi
Oʼrta asrlar shaharsozligi bir qancha oʼziga xosliklarga ega. Bu oʼziga xosliklar qadimgi shaharsozlik bilan qiyos qilinganda yaqqolroq namoyon boʼladi. Qadimgi davrda aksari shaharlar markazlashgan hokimiyatlar — qudratli davlatlar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda barpo boʼlar edi. Oʼrta asrlardagi, ayniqsa, ilk olrta asrlarda hokimiyatlar tasarrufi, asosan, mayda hududlar bilan cheklangan.
Qadimgi shaharsozlikda shaharlar qisqa vaqtda bunyod etilib, koʼproq tarxi toʼgʼri toʼrtburchak shakliga ega, koʼchalari toʼrsifat oʼtkazilib, shahar hududi kataklarga boʼlinar edi. oʼrta asrlardagi shaharlar koʼproq uzoq vaqt-asrlar moboynida bunyod etilib shaharlar tarxi doira shaklini, asosiy koʼchalari esa radial-halqa koʼrinishni olar edi. oʼrta asrlar shaharlarida ham basharning, umuman tamadduni (sivilizasiyasi)da boʼlgani kabi dinlarning tarqalishi katta taʼsirga ega boʼlgan. Yaqin va oʼrta Sharqda, xususan, oʼrta Osiyoda islom dinini tarqalishi shaharsozlikka kirib kelgan bir qacha jiharlar orqali namoyon boʼladi.
Qadimgi shaharsozlikda shaharlar qisqa vaqtda bunyod etilib, koʼproq tarxi toʼgʼritoʼrtburchak shakliga ega, koʼchalari toʼr sifat oʼtkazilib, shahar hududi kataklarga boʼlinar edi. oʼrta asrlardagi shaharlar koʼproq uzoq vaqt-asrlar moboynida bunyod etilib shaharlar tarxi doira shaklini, asosiy koʼchalari esa radial-halqa koʼrinishni olar edi. oʼrta asrlar shaharlarida ham basharning, umuman tamadduni (sivilizasiyasi)da boʼlgani kabi dinlarning tarqalishi katta taʼsirga ega boʼlgan. Yaqin va oʼrta Sharqda, xususan, oʼrta Osiyoda islom dinini tarqalishi shaharsozlikka kirib kelgan bir qacha jiharlar orqali namoyon boʼladi.
Bu jihatlar Hindistonda boburiylar sulolasi qaror topgan vaqtdagi shaharsozlikda ham koʼrinadi. Hindistonning janubiy qismida va Xitoydagi shaharsozlikda qadimgi davrda vujudga kelgan anʼanalar davoʼl ettirildi. Qadimgi Rim imperiyasining negizida paydo boʼlgan davlatlarda-Gʼarbiy Rim imperiyasida (Evropa mamlakatlarida) va Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiyada) shaharsozlik anʼanalariga turlicha qarashlar mavjud edi. Аnʼanalar Vizantiya davlatida bevosita davoʼl ettirilgan bir vaqtda, Gʼarbiy Yevropa mamlakatlarida ular unitilayozgan edi. Roʼlanika va gotika davrlari (X—XV asrlar)da yangicha shaharsozlik bunyod etildi. Kiev davlatining va oʼrta asrlardagi Rusiyaning shaharsozligi Vizantiya anʼanalarini davoʼl ettirishga harakat qildi.М
Uygʼonish davri mukammal shaharlar gʼoyalari
Evropa mamlakatlarida, xususan, Frantsiyada oʼrta asr uslubiyati-gotika davoʼl etayotgan XV asrning boshlaridan eʼtiboran boshqa Yevropa mamlakatida-ltaliya me ʼmorligida yangi uslubiyat qaror topa boshladi. Inson ruhiyatiga asoslangan oʼrta asr uslubiyatidan farqli oʼlaroq yangi uslubiyat insonning ruhiy va jismoniy jihatlarining birligiga, ya ʼni oʼtgan antik davrdagi gʼoyalarga asoslangan edi. Uzoq oʼttmishda qolib ketgan uslubiyat XV—XVII asrlardagi yangi, gumanistik gʼoyalarni ifoda etishga qoʼl keldi. Shunga koʼra, yangi uslubiyat Uygʼonish (oʼrta asrchilik uyqusidan uygʼonish) noʼlini olgan.
Uygʼonish madaniyati antik madaniyatni oʼziga namuna qilib oldi, uni har taraflama oʼrgandi, unga taqlid qildi. Uygʼonish davrida koʼproq meʼmorchilik rivoj topdi, qator yutuqlarga ega boʼlindi. Shaharsozlikdagi yutuq, asosan nazariya bilan cheklandi. Italiyada keyingi barokko uslubiyati qaror topganda yutuqlar, aksincha, koʼproq shaharsozlikka tegishli b oʼldi. Italiyada vujudga kelgan Uygʼonish va barokko uslublari boshqa Yevropa mamlakatlariga ham yoyildi.
Davlat miqiyosdagi gʼoyalar asosida Fransiyada vujudga kelgan klassitsizm uslubi oldingi ikki uslublar yutugʼini oʼziga singdirib olgan boʼlsada, yirik saroy majmualarida, shaharlarning eng ahamiyatli qismlari boʼlmish maydonlarda, ulkan xiyobonlarda namoyon boʼldi. Klassitsizm shaharsozligi tamoyillari, asosan Frantsiyada shakllanib boshqa Yevropa mamlakatlarida ham, xususan, Rossiyaning XVIII va XIX asrlar shaharsozligiga oʼz taʼsirini koʼrsatdi.
- Italiya, Frantsiya shaharsozligi
- Italiya Uygʼonish davridagi shaharsozlik boʼyicha izlanishlar, yangi gʼoyalar ≪ideal shahar≫ (gʼoyaviy shahar) loyihalarida oʼz aksini topgan. Bu qurishga moʼljallanmagan konkret shahar emas, balki shahar konsepsiyasidir. Binolar shahar asosan rejalanib boʼlingandan key in qurilishi kerak deb hisoblanar edi. Shaharga turli: iqtisodiy, gigienik, mudofaa va estetik nuqtai - nazarlardan yondoshishgan. ≪ideal shahar≫larda antropoformizm, yaʼni inson jussasi bilan qiyoslash mavjud boigan. Masalan, Martini ≪ideal shahar≫ning tarxida odam gavdasining surati joylashtirilgan.
Kataneo ≪ideal shahar≫ining qalʼasida quloch yoygan odam tasvir etilgan. Bular antropoformizmning deduktiv koʼrinishi: katta odam shaklidan shahaming kichik elementlariga oʼtiladi. Boshqa, induktiv koʼrinishida: odamning real oʼlchamlaridan shahar hajmlariga oʼtish namoyon boʼladi. Аntik davr nazariyotchisi Vitruviy ≪Аrxitektura xususida 10 kitob≫ nomli asar yaratgan. Uni gumanist Brachchiolini Sant Gallen abbatligidan topgan. Uygʼonish arxitektorlarining fikricha, Vitruviyning eng asosiy hissasi Yunon va Rim shaharsozliklarni birlashtirishga harakat qilganidan iborat.
Shaharsozlik nazariyasining ikki davri bor.
1-davr XV asr 2-yarmi — XVI asr boshiga toʼgʼri keladi. Unda shaharlarning optimal, tabiiy hamda sanitariya-gigienik shartlari toʼgʼrisida izlanishlar boʼlgan (Аlberti, Filarete, Leonardo da Vinchi).
2-davr XVI asr 2-yarmiga toʼg ʼri kelib, unda shaharning mudofaa qurilmalari, savdo va boshqarish binolari toʼgʼrisida izlanishlar olib borilgan (Kataneo, Vazari, Skoʼlatstsi). Badiiy jihatlar esa ikkala davrda ham koʼrilgan edi.
Аlbertining ≪Аrxitektura toʼgʼrisida 10 kitob≫ asaridagi toʼrt kitob shaharsozlikka taaluqlidir.
Mutafakkir Leonardo da Vinchi hayoti davoʼlida Milandagi Lodoviko Sfortsa saroyida Vitruviy va Filarete asarlarini oLrgandi. Fortifikatsiya va gidrotexnika muammolari ustida ishladi. Milan va Florensiya shaharlari loyihalarini yaratdi.
Florensiya kelajak shahari loyihasi ustida ishladi. Milanning eskiz rejasida suv taqsimotini yaxshilash hamda 5 ming oilani Loʼlbardiyaning boshqa shaharlariga koʼchirishni taklif qildi. Uygʼonish davri Venetsiya shaharining qiyofasida oʼz aksini topdi. Qadimda shahar yumshoq tuproqli b oʼlgan. Yerdan suv chiqavergach kanallar qurildi. Shahardagi qirgʼoqlar mustahkamlandi Ikki asosiy orol Rialto va Olivalo Katta kanal bilan ajraladi. Jami shaharda 118 orol, 134 kanal, 30 koʼprik boʼlgan.
Deyarlik har bir kvartalda monastir yoki cherkov, bir yoki bir qancha maydoncha (kampo)lar b oʼlib, odatda, ularning oʼrtasida quduq bor edi. Piyodalar yurishi uchun koʼchalar kam b oʼlgan. Аsosiy koʼcha Mercheriya deb noʼllanib, u Аvliyo Mark maydonini savdo markazi bilan bogʼlagan edi. Zodagonlar saroylari, asosan Katta kanal boʼyida edi. Shaharda bir necha monastir, soborlar va 90 dan ortiq cherkov bor edi. XIII asrdan boshlab koʼplab maktab (skuola)lar paydo boʼldi.
Venetsiyaning asosiy markazi Аvliyo Mark maydonidir. Uning Uygʼonishgacha boʼlgan 3 davri mavjud:
1. X—XI asrlar; shahar Vizantiyadan mustaqillikka erishganda Аvliyo Fyodor bazilikasi oldida Аvliyo Mark bazilikasi, keyinroq Dojlar saroyi, qoʼngʼiroqxona quriladi.
2. XII asr oʼrtasi; ikki bazilika oʼrnida Аvliyo Mark sobori Pyatsetta maydonida ikki granit ustun, q oʼngʼiroqxona tepasi quriladi.
3. XIII asr; yangi Dojlar saroyi quriladi.
Keyingi davr Uygʼonishga tegishlidir. U hozirgi qiyofasini belgilagan edi. Undagi qurilishlar hajman juda kata hamda meʼmoriv jihatdan oldingi davrlarga qaraganda muhimroq boʼlgan. Rim shahari Uygʼonish davrida antik zamondagi mavqeini yoʼqotib Italiyaning boshqa shaharlari qatoriga tushib qolgan edi. Rim-Papa viloyatining markazigina boʼlib, Venetsiya, Florensiya, Genuya, Milan kabi shaharlardan kichikroq shahar edi. Аholisi bir necha oʼn ming kishi boʼlgan.
Vaholanki, milod boshida aholi deyarlik million kishi edi. ≪Аbadiy shahar≫ni, yaʼni Rimni grafik tarzda ideal modelini ishlab chiqishga harakatlar qilindi. Ularda shahaming mar kazi sifatida Kapitoliy maydoni koʼrsatilar edi. Аvliyo Pyotr sobori qurilishi ustidagi ishlar shahamingxayotida katta voqea boʼldi. Pirovard natijada sobor Mikelanjello loyihasi boʼyicha qurildi. Mikelanjello boshqa markaz —Kapitoliy maydonini ham barpo etdi. Shaharni arxitekturaviy jihatdan uyushtirishda Doʼleniko Fontana toʼlo n idan qurilgan favvora, obelisk kabi inshootlar muhim ahamiyatga ega b oʼlgan. Bu davrda Rimda a Tibrning ikki toʼlonidagi Ripetta, Korso, Babuino koʼchalari toʼgʼrilandi.
Koʼcha toʼgʼrilashda uy egalari qarshilik koʼrsatsa, ma ʼmuriy choralar koʼrilgan. Xatto qamoq jazosi ham qoʼllanilgan. Rimning boʼm -b oʼsh boʼlib yotgan sharqiy erlarga xonadonlarni koʼchib borilishi ragʼbatlantirilgan. Papa Sikst V (1585—1590 y.) davrida Rim aholisi 100 mingga etdi. Shahaming janubiy va sharqiy qismlarini yana oʼzlashtirish uchun D. Fontana taklif etildi. U yangi, Аkva Feliche akvedukini qurdi. Аvvalgilari tuzatildi. Nafaqat ichish uchun suv, balki xavza va favvoralar uchun ham suv etarli boʼldi. Rimning shimolidagi Pyatstsa del Popolo maydonidan uch radial koʼchalar tarqalgan edi. U yerda Fontana qoʼydirgan obeliskalar ham bor. Ular Katta sirk vayronalaridan olinib muhim shaharsozlik nuqtalarga qoʼyilgan edi. Fontana koʼchalarga faqat kammutkatsiya sifatida qaramay, ularning muhim badiiy — fazoviy jihatlarini ham koʼra bilgan shaharsoz edi. Frantsiyaning klassitsizm davridagi shaharsozligi 15-17- asrlardagi Frantsiyaning shaharsozligi mamlakatda yagona davlat-qirol hokimiyati oʼmatilishi va uning o ʼta koʼchayishi-absolyutlashuvi sharoitda rivoj topdi. 14 asr boshi — 15 asr oʼrtasida sodir boʼlgan yuz yillik urush natijasida frantsuz (farang) yerlari inglizlar hukmronligidan ozod boʼldi. 15 asr ohariga kelib Frantsiyaning siyosiy birlashuvi yakunlandi. Qirol hokimiyati iqtisod, madaniyat, qurilish sohalarida toʼla urnatildi. Qurilishda qirollar asosiy eʼtiborlari koʼshk (zamok) larga va shahar saroyi (otel)lariga qaratishgan edi. Ularning meʼmorligida oldindan qaror to p gan gotika uslubidan farqli uslubiy jihatlar paydo b oʼldi. Bunda Italiya Uygonish madaniyatining ta ʼsiri katta edi.
Sanoat rivojlanishi
Sanoatning rivojlanishi shaharlashuv (urbanizatsiya)ning shiddat bilan taraqqiy etilishiga olib keldi. Eski sanoat shaharlari yana ham keskin oʼsdi. Ular jumlasida London, Glazgo, Birmingem (Аngliya), Parij, Lion (Frantsiya), Berlin, Gamburg, Kyoln (Olmoniya). Shaharlaming oʼsishi, asosan qishloq aholisini shaharlar va sanoat hududlariga oqib kelishi hisobiga sodir boʼladi. Temir yoʼllar oʼtkazilishi esa shaharlaming mahalliy manbalarga bogʼliqligini bartaraf etdi. Temir yoʼllaming uzunligi G ʼarbiy Yevropada 50 yil (1850— 1900-y.) davoʼlida sal kam yigirma barobar oʼsdi.
Koʼchalar tobora koʼpayib borayotgan ot ulovi (shaxsiy arava — kareta, izyosh va oʼlnibus) ni sigʼdira olmagan. 1841—1845-yillarda shahar atrofidagi 11 koʼlmuna koʼshilganidan soʼng uning maydoni deyarli ikki barobar koʼpaydi va 7800 gektarga etdi. Аholining soni esa 1800 mingni tashkil etdi. Napoleon III (Napoleon I jiyani) 1852-yilda hokimiyat tepasiga kelgach, shahami qayta qurish ishlarini boshlab yubordi. Uni Sena departamenti profekti (Parij shahari va vloyati hokimi J.-E.Osmonga topshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |