Qadimgi Misr Old Osiyo O’rta asrlar shaharsozligi Uyg’onish davri mukammal shaharlar g’oyalari



Download 15,14 Mb.
bet2/5
Sana05.07.2022
Hajmi15,14 Mb.
#739815
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-мavzu Баркарор

Old osiyo. Hudud nomi - ≪Old Osiyo≫ hozirgi Iroqqa to’g’ri keladigan joylarga nisbatan ishlatiladi. ≪Ikki daryo oralig‘i≫, ≪Mesopotamiya≫ (yunoncha) iboralari ham qo’llaniladi. Iqlimi va tabiati bir xil emas. Frot, Dajlaning o ‘rta oqimi keskin kontinental iqlimga ega. Daryolarning boshi tog’larda, sovuq, quyi oqimi — subtropik iqlimga ega. Frot daryo — tinch, Dajla esa — jo'shqin oqadi. Old Osiyoda birin- ketin turli davlatlar paydo bo’ldi. Bular: Shumer, Akkad, Ko‘hna Bobil podsholigi (mil. av. XIX—XVI asr.), Yangi Bobil podsholigi (miloddan awalgi VII—VI asrlar), Ossuriya (rivoji-mil. av. XVIII asr boshi, mil. av. XII — IX asr.). Old Osiyoda miloddan avvalgi IV mingyillikdan shumerlar o‘rnashadi. Ular Ur, Lagash, Uruk shaharlarini barpo etadilar.

Old osiyo. Hudud nomi - ≪Old Osiyo≫ hozirgi Iroqqa to’g’ri keladigan joylarga nisbatan ishlatiladi. ≪Ikki daryo oralig‘i≫, ≪Mesopotamiya≫ (yunoncha) iboralari ham qo’llaniladi. Iqlimi va tabiati bir xil emas. Frot, Dajlaning o ‘rta oqimi keskin kontinental iqlimga ega. Daryolarning boshi tog’larda, sovuq, quyi oqimi — subtropik iqlimga ega. Frot daryo — tinch, Dajla esa — jo'shqin oqadi. Old Osiyoda birin- ketin turli davlatlar paydo bo’ldi. Bular: Shumer, Akkad, Ko‘hna Bobil podsholigi (mil. av. XIX—XVI asr.), Yangi Bobil podsholigi (miloddan awalgi VII—VI asrlar), Ossuriya (rivoji-mil. av. XVIII asr boshi, mil. av. XII — IX asr.). Old Osiyoda miloddan avvalgi IV mingyillikdan shumerlar o‘rnashadi. Ular Ur, Lagash, Uruk shaharlarini barpo etadilar.


Bu shaharlarning xususiyati quyidagicha: shakli asari oval boʼlgan, koʼchalar odatda shimoli-gʼarbdan, janubi-sharqqa yoʼnalgan boʼladi. Ibodatxona markazda yoki shimoli-gʼarbda, sunʼiy yoki tabiiy tepalikda qurilgan; ibodatxona maydoni toʼgʼriburchak boʼlib, unda asosiy bino zikkurat edi. Shahar maydonining yo’qligi, hovlilar atrofida turar-joylar, saroy va ibodatxonalar shaharda katta ahamiyatga ega boʼlishi Old Osiyoga xos boʼlgan jihatlarini tashkil etadi.
Shumer poytaxti Ur edi. Ur Аkkad shahari boʼlib. Old Osiyoda eng qadimgilardan biridir. Urda 5250 ta hovli, 40—50 ming aholi boʼlgan. Shahar 1000x700 m oʼlchamli qoʼrgʼon devorning balandligi 25—32 m boʼlgan. Аsosiy ibodatxona oy maʼbudiga bag’ishlangan edi.
Nippur — shumerlarning muqqaddas shahari hisoblangan. Frot qirgʼogʼida boʼlgan. Maqqadasgoh yarim shaharni egallagan boʼlib, unda ibodatxonalar va zikkurat boʼlgan. Bu joyda kohinlarning uylari hamda kutubxona bor edi. Undan sopol taxtada shaharning tarxi topilgan. Bu dastlabki, tarxi toʼrtburchakka yaqin shaharlardan biri boʼlgan. Reja bilan bir vaqtda qurilgan. Ikkidaryo yaqin shaharlaridan biri Borsippadir. Uning toʼlonlari 1406x1760 m boʼlgan. Yetti darvozasi mavjud edi. Ular maʼbudlar_.nomi bilan atalgan. Аsosiy koʼchalar shulardan olgan. Shahar oʼrtasida muqqadasgoh kvadrat geometrik modul asosida tashkil etilgan edi. Shahar geografik tomondan yoʼnaltirilishi anʼanaviydir. Baʼzi taxminlarga koʼra. shamollardan saqlanish uchun shunday ishlangan.
Yetti darvozasi boʼlgan, tarxi deyarli kvadratni (1800x1650 m) tashkil etgan. Modul — 61 m ga teng edi. Darvozalar oʼrni ham modul bilan belgilangan. Shahar arki 14 m balandlikda boʼlgan. Zikkurati 7 boʼg’imdan iborat edi. Darvoza oldida shoh hamda qahramonlar Gilgamesh va Enkidu tasvirlari boʼlgan. Saroy ichida alebastrdan Sargon II qilgan yurishlari tasvirlangan. Ossuriya poytaxti Nineviya boʼlib, u hozir yoʼq boʼlib ketgan. Biroq qoldiqlari bor. Bobil Frot daryosi boʼyida mil. av. III mingyillikdayoq bunyod etilgan. Qurilishi Koʼlma Sargon nomi bilan bogʼliq (mil. av. 24 as.). Shahar Xammurappi (mil. av. XVIII a.) davrida rivoj topdi. Koʼp marotaba buzilib tiklangan.
Ichki shahar maydoni 410 ga joyni egallagan edi. Ichki devor uzunligi 8360 m. Devor pishiq g’ishtdan qilinib qalinligi 3 m gacha yetgan. 8 darvozasi boʼlgan. Аsosiy darvoza maʼbuda Ishtar darvozasi edi. Yana, bosh Bobil maʼbudi — Mardukdan eʼtiborli darvozalar ham boʼlgan. oʼrtada maqqadasgoh — Esogil joylashgan edi. Unda Marduk ibodatxonasi va Etemanakka zikkurati (≪Er va osmon yaratilish uyi≫) boʼlgan. Bobilliklarning eʼtiqodi boʼyicha, Bobil jahonning markazi edi va bu shahar uning aksi boʼlib, zikkurat markaz nuqtasi edi. Etemenakka 90 m balandlikka ega boʼlgan. U bir necha pogʼona — yarusdan iborat edi. Pastki yarus oq, ikkinchisi qora 18 m, undan yuqorisi qizil, koʼk, kumushrang va moviy ranglarda boʼlgan.
Marosim Ishtar darvozasidan boshlangan. Ishtar Venera sayyorasi bilan qiyos etilgan. Bobilning eski va yangi qismlari ajralib turgan. Frot daryosi ustidagi koʼprik 123 m uzunlikda edi. Shaharda 3 saroy boʼlgan. Birinchisi yozgi boʼlib, tashqi devor oldida, Bobil tepaligida qurilgan edi. Ikkinchi saroy janubda edi. Marosimlar koʼpincha tepalik joyda oʼtkazilgan. Uchinchi, shimoliy saroy ham shu joyda boʼlgan, lekin u devorning tashqarisida edi. Janubiy saroy yaxshi oʼrganilgan. 5 hovlidan iborat edi.

Download 15,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish