Qadimgi dunyoning eng muhim va sirli inshootlari
Baland ko‘priklar va osmono‘par binolar — zamonaviy muhandislik sohasining mo‘'jizalaridir, biroq insonni hayratga soluvchi dunyodagi ba'zi inshootlar ming yillar avval barpo etilgan. Mazkur ro‘yxatda miloddan avvalgi yillarda paydo bo‘lgan maftunkor va hayratlanarli arxitektura yodgorliklarining ayrimlarini ko‘rish mumkin.
Buyuk Xitoy devori
Xitoy imperatori Tsin Shi Xuan ulkan bino qurilishini boshlashga buyruq beradi va inshoot natijada Buyuk Xitoy devoriga aylanadi. Mazkur obida strukturasining uzunligi 10 000dan ortiq kilometrni tashkil etadi.
Nyugreynj (Irlandiya)
Qish faslidaagi quyosh tikka turish holatidan boshlab har yili to‘rt kun davomida oftob nurlari mazkur yodgorlikning eng yuqori qismidan kirib, qadimiy ma'bud haykalini nur bilan yoritib, ziyo sochadi. Stounxejdan ancha avval qurilgan (miloddan avvalgi 3200 yilda) Nyugreynj ko‘proq diniy marosimlar o‘tkaziladigan makon sifatida e'tirof etilgan. Atrofdagi sopol devor qoldiqlari bu yerda qishloq aholisi bosqinchilardan himoyalanganini ko‘rsatadi.
Akropol (Gretsiya)
Afinada Akropol shaklida qurilgan birinchi bino eramizdan avvalgi 480-yillarda forslar tomonidan buzib tashlangan. Buyuk imoratni qayta qurish ishlariga yunonlar qariyb ellik yil sarflashdi. Qilingan mehnat esa bunga arziydi. Akropolning eng ajralib turuvchi nuqtasi Parfenon bo‘lib, unda qachonlardir oltin va fil suyagidan yasalgan go‘zal Afina haykali qad rostlagan edi.
Gyobekli-Tepe yoki Qorindor cho‘qqi (Turkiya)
Bu eramizdan avvalgi 9000 yillarda barpo etilgan dunyodagi birinchi ibodatxona bo‘lgan. U yerda qad rostlagan haykallar esa undanda ming yil avval o‘rnatilgan. Eng qizig‘i shundaki, qurilishning ayrim jihatlari arxeologlarni hanuz o‘ylantirib qo‘yadi: ibtidoiy jamiyatda yashovchi insonlar 60 tonnadan og‘ir T shaklidagi ustunlarni qanday ko‘tara olishgan ekan.
Stounxej (Angliya)
Dunyodagi eng mashhur arxeologik yodgorlik hisoblanmish Stounxej miloddan avvalgi 3000 yilda bunyod etilgan. Yodgorlik turli toshlardan yaratilgan bo‘lib, ularni 300 kilometrli masofadan bu yergacha qanday qilib olib kelingani noma'lumligicha qolmoqda. Bundan tashqari, olimlar Stounxejning aslida nima maqsad uchun qurilgani yuzasidan bahs olib borishda davom etishmoqda. Munozaralar natijasida eng g‘aroyib nazariyalar kelib chiqqan: qadimiy sinoatga boy sig‘inish manbai yoxud ilg‘or astronomik asbob va h.k.
Karnak toshlari (Fransiya)
Bu qadimiy yodgorlik insonlar quyosh va yulduzlar harakatini kuzatishi uchun xizmat qilgan. Miloddan avvalgi 4500 yilda ajdodlar o‘zlari uchun qiziqarli va original mashinalarni ixtiro qilib, murakkab matematik hisoblashlarni amalga oshirishga qodir bo‘lganliklariga ishonish qiyin. Maydonga qat'iy tartibda og‘irligi bir necha tonnadan oshuvchi 3000dan ortiq toshlar o‘rnatilgan.
Megalitik ibodatxonalari (Malta)
Turli uslubdagi oltita ibodatxona to‘plami - Maltadagi eng sevimli sayyohlik maskanlaridan biri sanaladi. Megalitik inshootlar nafaqat o‘zining yoshi bilan (ular miloddan avvalgi 3500 yilda qurilgan), balki zamonaviy texnik yechimlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi uchun ham e'tiborga sazovordir.
Nep-of-Xauar (Buyuk Britaniya)
O ddiy toshlardan yasalgan uy? Aslo unday emas. Qarshingizda Shimoliy Yevropadagi eng qadimiy uylardan biri turibdi. Nep-of-Xauarning ikki binosi ayyorona o‘tish yo‘lagi bilan o‘zaro bog‘langan, eshikdan esa dengizning go‘zal tarovati ko‘rinib turadi. Tomdagi teshik uyda yong‘in sodir bo‘lgani va jihozlar toshdan yasalgani uchun saqlanib qolganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |