Qadimgi dunyodagi iqtisodiy talimotlar


Qadimgi Xitoy iqtisodiy g‘oyalari



Download 0,69 Mb.
bet3/5
Sana19.02.2022
Hajmi0,69 Mb.
#457115
1   2   3   4   5
Bog'liq
itt

Qadimgi Xitoy iqtisodiy g‘oyalari

  • Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.o. 551-479 y.) alohida o‘rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va muloxaza») to‘plamida aks ettirilgan. Uning fikricha mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko‘paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko‘proq qo‘llaydi. Bu yerda u xususiy mulkni xo‘jalik yuritishda ustun qo‘yadi. Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini qo‘rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan, «oddiy» kishilar shug‘ullanadi deb qayd qilib o‘tadi

Qadimgi Gretsiya: Ksenofont va Platon iqtisodiy qarashlari

  • Iqtisodiy fikrlar qadimgi Gretsiyada yana ham rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot ob’ektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.o. 430-355 y.) asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Uning ko‘p sonli asarlari ichida «Daromadlar to‘g‘risida» va «Ekonomikos» (xo‘jalik to‘g‘risida ta’lim) maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega. Ksenofont «Daromadlar to‘g‘risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo‘lini tavsiya etadi:
  • 1)Xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko‘paytirish, ularning Afinaga kelishini rag‘batlantirish;
  • 2)Kumush qazib olishni kengaytirish;
  • 3)Qullar savdosini tashkil etish.
  • «Ekonomikos» asarida, hamda Ksenofontning alohida mulohazalarida quldorlik xo‘jaligi iqtisodiyotiga tavsifnoma beriladi. Ksenofont qishloq xo‘jaligini xalq xo‘jaligining eng asosiy tarmog‘i deb hisoblagan. «Qishloq xo‘jaligi rivojlansa, - deb yozadi u, - boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va qurg‘oqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo‘ladi». Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixga birinchilardan bo‘lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o‘zining «Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o‘zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko‘pincha o‘sha odamning o‘zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan shug‘ullanuvchi odam, hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko‘pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli, har bir ustaga o‘zini boqish uchun bitta hunar etarli. Ko‘p joylarda o‘sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa - xotinlarning. Ba’zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi - charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to‘rtinchisi esa - ularning hammasini birlashtirib tikib xayot kechirish uchun xaq topadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug‘ullansa, o‘sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir».

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish