16 mavzu. QADIMGI RIM.
Reja:
1. Qadimgi Rimning o’rganilish tarixi, manbalari
Tayanch iboralar: Nobillar, senator, Fastlar, pontifik, Katon, Sezar, Tasit, Arundel, Pektor, Siseron, Polibiy.
Rim tarixshunosligi eramizdan avvalgi 11 asrdan boshlangan, bu davrda Rim davlati o’rta dengiz mamlakatlari o’rtasida eng qudratli davlat bo’lib qolgan. Rimning Yunonistonni va ellinistik davlatlarni zabt qilishi Rimda yunonlar ta’sirining kuchayishiga sabab bo’lgan. Rim shaharlarida qul va asirlar ichidan chiqqan bilimli kishilar paydo bo’lgan. Rim nobillari (zadogon senatorlar) yunon tilini, yunon ilm-fani va san’atini bilishga majbur bo’lgan. Biroq Rim jamiyati ellinistik dunyo madaniyatini o’ziga to’la o’zlashtirib, singdirib olgan emas. U bu madaniyatdan Rim davlati hayotiga, uning an’analari va ahloq-odob normalariga yaqin bo’lgan tomonlarinigina qabul qilgan.
Rim davlatining yuzaki qudratini mafkuraviy jihatdan mustahkamlash ehtiyoji yilnomachilarning dastlabki tarixiy-adabiy asarlarini yaratishlariga sabab bo’lgan. Rimning ilk tarixchilari Rimning haqiqiy tarixini bunyod qilish to’g’risida bosh qotirib ko’rmaganlar. Ular faqat amaliy maqsadni o’tmishdan zamondoshlarga o’rnak bo’ladigan eng yaxshi namunalarini topish, zadogon tabaqalarning qahromonligini maqtab, shu bilan respublikani mustahkamlashga yordam berish maqsadini ko’zlaganlar. Rim yilnomachilarining tarixning faqat yuzaki tomonlari bilangina qiziqish sababi ham shundadir.
Yilnomachilar yaratgan asarlarni biz xiyla yekyingi davrlvrdagi mualliflarning asarlarida keltirilgan parchalardagina bilamiz. Ularning an’analari va xususiyatlarini tushunish uchun ularning mabalari bo’lmish fastlar va yilnomalarni tavsiflash zarur.
Fastlar-bosh koxinlar tuzgan kalendar yozmalaridir. Ular jamolarning diniy hayoti bilan bog’liq bo’lib, zamondoshlari uchun amaliy ahamiyat kasb etgan. Unda xususiy va davlat ishlarini yurgizishga yo’l qo’yilagnt kunlar,diniy bayramlar o’tkazilgan kunlar qayd qilingan. Fast ilk respublika boshlarida (er.av 6-4 asrlarda) poydo bo’lgan bo’lsa kerak. Gallar istilosi vaqtida (er av 390 y ) bu qadimgi yozmalar yo’q qilib yuborilgan.
Boshqa bir manba kohinlarning ob-hova to’g’risidagi yozmalaridir. Bosh kohin o’zi bino qilgan uyning devoriga har yili oq taxta osib qo’yar va ko’p chilik diqqatiga sazovar hodisalarni tabiiy ofatlar, quyosh, oy tutilishini, urush boshlagan va tugagan kun va hokazalar. Er av taxminan 130 yili bosh kohin-bosh pontifik Publiy Musiy Ssevola qo’l ostidagi pontifik-kohinlarning barcha yozmalarini umumiy bitta yozmaga jamlab «Buyuk yilnomalar» nashr qilgan.
Qisqacha yilnomalarni halqning og’zaki ijodi to’ldirishi, kengroq ta’riflab berishi mumkin bo’lsa-da, og’zaki poeziya yodgroliklarning ko’pchiligi yo’qolib ketgan.
Rim tarixiga doir dastlabki manbalarning xususiyatlari er av 3-2 asrlardagi tarixchilarning asarlari harekteriga ham ta’sir qiladi bu tarixchilarni odatda katta yilnomachilar deb atash rasm bo’lgan. Siseroning aytishicha «ular qisqa qilib yozishni bayonotning birdan- bir fazilati deb bilib, faqat kunlar,kishilar,voqyeya va u yuz bergan joyni ko’rsatib yozganlar».
Katta yilnomachilardan eng mashhuri Kvint Fabiy Pektordir. U er av 3asr oxirlarida yashagan . Pektor o’z asari bo’lmish «Yilnomalar»ni yunon tilida yozgan. Bu asarda Rimning Italiyada Eney paydo bo’lishidan boshlab to ikkinchi Puni urushigacha bo’lgan tarixi bayon qilingan Piktor asarining manbalari undan oldingi yilnomalardagi ma’lumotlar, Fabiylar avlodining naqllari muallifning shaxsiy kuzatishlari, ko’rgan-bilgan kishilarni hikoyalari bo’lgan bo’lsa kerak.
Latin tilidagi birinchi tarixiy asalarni (er av 234-149 yy yashagan)Mark Porsiy Katon yozgan. Shu kishi lotin prozasiga asos solgan. U mashhur davlat arbobi (konsul, senzor) tarixchi va notiq bo’lgan.
Katonning «Boshlang’ichlar» nomi bilan yozgan yetti kitobdan iborat tarixiy asari bir muncha keyingi davrlardagi tarixchilarning asarlarida keltirgan parchalar va bayonlaridagina bizgacha yetib kelgan. Katon o’z asari har xil Italiy jamoalarining tarixini tasvirlangan.
Katon manbalarga jiddiy e’tibor bilan yondoshgan: u pontifiklarning yilnomalaridan, yilnomachilarning asarlaridan, o’zining shaxsiy kuzatishlaridan, ko’rgan-bilgan kishilarning hikoyalaridan va og’zaki naqllardan foydalangan. Katon Puni urushini bayon qilishdan avval urush harakatlari bo’lgan joylarni borib ko’rgan, Karfagenning davlat tuzumini o’rgangan. Tarixiy ma’lumotlar bilan geografik ma’lumotlar o’rtasidagi bog’lanishni ko’zdan kechirgan. Uning asarlarida ma’lum darajada ilmiy elementlar bor. Shunday bo’lsa ham Katonning asarlari adabiyot ta’siridan holi emas. Katonshunos Korneliy Nepotning aytishicha, u «Italiya va Ispaniyada ajoyib ko’ringan voqyealarni» yozgan, ya’ni ertaklardan va afsonaviy materiallardan foydalangan.
Katonning «Boshlang’ichlar»i yilnomachilarning odatdagi asarlaridan farq qiladi. Katon «har bir Italiya davlatining qayerdan kelib chiqqanligini» ta’riflab bergan, ya’ni Italiyadagi qabilalar va shaharlarning tarixini bayon qilib, Rim qudratida Italiyaning tutgan o’rnini ko’rsatgan. Uning asarlaridagi yana bir xususiyat shundan iboratki, unda lashkarboshilari va davlat arboblarining nomlari tilga olinmagan.
Er.avv. 11 asrning 2-yarmida Polibiy «Umumiy tarix»ni yozgan. Unda er.avv. 264-146-yillardagi voqyealar bayon qilingan. Ammo uning siyosiy qarashlari Rim jamiyatidagi konservativ tabaqalarning manfaatlarini ifoda qilgan.
Er.avv. 1 asr respublikaning qulash va imperiyaning barpo bo’lish davridir. Davlat formalarining almashishi keskin sinfiy kurash sharoitida yuz bergan. Bu davrning manbalari asosan o’sha davrda yashagan Mark Tulliy Siseron, Gay Yuliy Sezar, Gay Krisp Sallyustiylarning asarlaridir. Bu asarlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularni siyosiy hayot ichida qaynagan va ma’lum siyosiy qarashlarga ega bo’lgan davlat arboblari yozgan. Shuning uchun bu asarlar juda ham bir yoqlama asarlar bo’lib, bu biryoqlamalik er.avv. 1 asr siyosiy guruhlarining kurashini aks ettiradi.
Siyosiy arbob, ajoyib notiq, yurist, adib bo’lmish Mark Tulliy Siseronning asarlari er.avv. 1 asr tarixini o’rganishda muhimdir. Siseron meros qilib nutqlar, xatlar, falsafa va tarixdan traktatlar qoldirgan.
Er av 1 asrda yashagan yana bir tarixchi Gay Krisp Sollyustiy g’oyaviy jihatdan ham, uslubiy jihatdan ham tamomila boshqacha asarlar qoldirgan. U Sezer tarofdori bo’lib, uning konsulligida bir qancha muhim lavozimda bo’lgan. Sezerning o’limidan keyin Sallyustiy siyosiy faoliyatini tashlab, qolgan butun umrini tarixiy asarlarga yaratishga bag’ishlagan. U «Sezerga xatlar», «Katilina fitnasi», «Yug’urta urushi» va «Tarix» asarlarini yozgan. «Tarix» ning ayrim parchalarigina bizgacha etib kelgan. Sallyustiy bu asarlarda respublika tarofdorlarining, ya’ni nobillar bilan plebs o’rtasidagi mavqyeni egallagan o’rtacha badavlat doiralarning mafkurasi sifatida maydonga chiqqan.
Sezarning «Gall urushlari haqidagi yozmalar» nomli xotiralari uning eng muhim tarixiy asaridir. Bu asar er av 51 yilda nashr qilingan. Er av 52-51 yy voqyelarni «Yozmalar» ning 8 kitobida Sezerning do’sti Girsiy bayon qilgan. Ammo uning kitobi uslubi jihatdan Sezar kitoblaridan xiyla qolishadi, buni muallifning o’zi ham tan olgan.
«Aleksandriya urushi», «Afrika urushi», «Ispaniya urushi» asarlari Sezar asarlarining davomidir. Ammo bu asarlarning mualliflari noma’lum. Rim tarixi Italiyadagi Paduya shahrining ritori Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab o’zi yashagan davrgacha o’tgan butun tarixini yozishga harakat qilgan. Uning bu g’oyat puxta asari 142 ta kitobdan iborat bo’lgan, lekin undan atigi 38 tasi va boshqa ba’zi kitoblaridan parchalar saqlangan.
Dionisiy Galikarnasskiyning «Qadimgi Rim yodgorliklari»da ham etnografiyaga va Italiyaning eng qadimgi tarixiga oid muhim material bor.
Katon va Varronning asarlari respublika davridagi Italiya qishloq xo’jaligini o’rganish manbaidir.
Katon «Dexqonchilik to’g’risida» degan asar yozgan, bu asar to’la ravishda bizga yetib kelgan.
Prinsipat davrida o’z zamoni va Rim respublikasining so’nggi asr tarixini yozgan lotin va yunon adiblari yashagan.
O’zlari yashagan zamondagi siyosiy hayotni tasvirlab asar yozgan dastlabki lotin mualliflaridan biri Velley Paterkuldir (taxm. Er.avv. 20 va er. 30-yy). Harbiy xizmatchi hamda Avgustning o’gay o’g’li va vorisi bo’lmish Tiberiyning yaqin kishisi Velley Rimning o’tmish tarixiga qisqacha obzor berib, Avgust prinsipiati va u idora qilgan dastlabki yillarning harbiy va siyosiy tarixini xayrihohlik bilan mufassal bayon qilgandir. Iosif Flaviyning (taxm. 37-90-yy) adabiy faoliyati er. 1 asriga mansubdir. Ellinlashgan yahudiy zadogonlaridan chiqqan, Rimga qarshi qo’zg’olonda ishtirok qilgan Iosif Flaviy keyinchalik rimliklar tomoniga o’tib ketib imperator Vespasianning yaqin kishisi bo’lib qolgan. Iosif Flaviy yunon tilida «Yahudiylar urushi tarixi», «Tarjimai hol» va «Yahudiylar arxeologiyasi»ni yozgan. Iosif Flaviy o’z asarlarida o’z vatanining ellinistik va Rim davri tarixini mufassal tasvirlagan.
Korneliy Tasit (taxm 54-120-yy) bu davrning eng mashhur tarixchilaridandir. Tasit eramizning 68-yilidan to 96-yiligacha bo’lgan davrni ichiga olgan «Tarixlar»ni, Avgustning o’limidan (er. 14-y) Neronning halokatigacha (er. 68-y) bo’lgan davrning «Yilnomalar»ini, shuningdek «Germaniya» nomli kichikroq asar yozgan. Tasit bu so’nggi asarida german qabilalarining va Rim imperiyasining tuprog’idan tashqari yashagan boshqa Yevropa qabilalari va elatlarining etnografiyasini bayon qilgan.
Svetoniy Trankvilla (taxm. 70-160-yy) asarlari Tasit qissalariga muhim qo’shimchadir. Uning asarlaridan eng mashhuri (Yuliy Sezardan tortib Domisian Flaviygacha) «O’n ikki Sezarning hayot qissasi»dir.
11 asr bilan III asr o’rtalarida (150-taxm. 235-yy.) qadimgi zamonning mashhur tarixchisi Dion Kassiy yashagan. Qadimgi zamondan to er. 235-yiligacha bo’lgan davrni ichiga olgan «Rim tarixi»ni yozgan.
Suriya Antioxiyasidan chiqqan yunon Ammian Marsellin (taxm.330-400-yy) antik dunyoning mashhur tarixchisidir. Zadogon oiladan chiqqan Marsellin yigitlik yillarini harbiy xizmatda o’tkazgan. U Yulian Murtad armiyasining Eronga qarshi urishida va boshqa urush harakatlarida qatnashgan. Harbiylikdan bo’shagandan keyin Tasitning asarini davom ettirishga qaror qilib «Amallar» degan nom bilan asar yozgan.
Qadimgi Italiyaning respublika zamoniga mansub arxeologiya yodgorliklari juda ham xilma-xildir qadimgi shaharlar, manzillar, villalarning qoldiqlari, maqbaralar, ibodatxonalar, gidrotexnika inshoatlari, qadimgi dehqonchilik dalalari, dehqonlarning mehnat qurollari, istehkomlar (mudofa devorlari, tuproq tepalar, to’siqlar) ana shunday yodgorliklardir. Imperiya davrining Pompey vaTamgad shaharlari deyarli butinicha, Illiriya Apolloniysi, Kiprdagi Salamin, Akvink shaharlarining qoldiqlari bu kungacha saqlangan. Butun yoki qisman saqlangan Anfi teatrlar, ibodatxonalar, ko’priklar, osma quvurlar bor. Juda ko’p qadimgi tosh tobutlar, maqbara yodgorliklari,,, haykallar, qadimgi suratlar, qurol-yorog’lar va xo’jalik qurollari saqlangan.
Qadimgi yozuvlar asosan keyingi respublika va imperiya tarixini o’rganish uchun qimmatli manba bo’lib hizmat qiladi eng qadimgi yozuvlar er av 8-7 asrlardagi etrusklarga mansubdir.
Er av 7-6 asrlardagi etrusklarga aloqasi bo’lmagan yozuvlar Pisentdan topilmagan er av 6 asrga mansub ilk lotin qadimiy yozuvlari-odatda Prenestin tuqasi deb ataladigan oltin tuqadagi yozuv, Rim maydonidan, afsonaviy Romul qabri joylashgan yerdan topilgan «Qora tosh» dagi tosh lotin tilining kelib chiqishi masalasini o’rganish uchun muhimdir.
Er av 3-1 asr yozuvlai xar xildir. Bag’ishlangan yozuvlar, biron muqim voqyeaga yoki tarixiy saxsga baqishlab o’rgatilgan faxrli yozuvlar (masalan er av 260 y kosul Duiliyning rost ustundagi yozuvda Rim flotining Karfagen floti ustidan g’alaba qilganligi aytilgan), hujjatli yozuvlar (ko’pincha shahar maydonlariga o’rnatilgan faxriy lavhalarga yozilgan, konsullar va mansab egalarining dekretlari, qonunlari, farmoishlari), qabr toshlaridagi yozuvlar. Bu xil yodgorliklarning eng qadimgisi er.avv. 298-yili konsul L. Korneliy Ssipion Barbatning qabr toshiga bitilgan arxaik yozuvdir. Bu yozuv ilk Rim respublikasining siyosiy arboblarini, qadimgi Rim ideologiyasini tavsiflash uchun muhimdir.
Qadimgi pullardan iborat yodgorlik manbalar respublika tarixini o’rganish uchun muhim material beradi. Numizmatik topografiya, ya’ni topilgan tanga pullar va xazinalarning xaritasini tuzish Rim davlati yashagan ma’lum vaqtlarda u pullar qaysi joylarda tarqalganligini aniqlashga imkon tug’diradi.
Rim tarixi bilan qiziqish butun o’rta asr ichi Vizantiyada ham, g’arbiy Yevropa mamlakatlari va Rusda ham davom etgan edi.
XV11 asr oxirlarida ingliz lordi Arundel birinchi marta Italiya janubidagi qadimgi shaharlardan birining joyida qazuv o’tkazgan. Er. 1 asrida Vezuviy vulqoni otilib chiqqanida vayronaga aylangan qadimgi Rim shahri Pompeya o’rnida 1748-yildan qazuvlar boshlandi.
1739-1749-yy Sh. Rollenning «Rimning bino bo’lishidan tortib to Aksium yonidagi janggacha bo’lgan tarixi» bosildi. Ayni vaqtda Utrextda fransuz tadqiqotchisi Lui de Boforning «dastlabki besh asrdagi Rim tarixining asossizligi haqida mulohazalar» degan asari e’lon etildi.
Fransuz ma’rifatparvarlarining mashhur arbobi Sh. Monteskye «Rimliklar ulug’vorligi va tanazzulining sabablari to’g’risidagi mulohozalar» degan traktatida (1734-y) Rim qudratining vujudga kelishi uning zaiflanishi va tanazzuli sabablarini tekshirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |