Qadimgi dunyo tarixi


Afina quldorlik demokroatiyasining ravnaq topishi



Download 32,88 Mb.
bet39/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

Afina quldorlik demokroatiyasining ravnaq topishi.
Yunon-fors urushi natijasida 1-Afina dengiz ittifoqining tuzilishi Afina quldorlik demokratiyasining ravnaqiga olib keldi. Solon reformasiga ko’ra Afinaning barcha grajdanlari o’z mulkiy darajasiga qarab ma’lum harbiy majburiyatlarni bajarganlar va tegishli siyosiy xuquqga ega bo’lganlar. Fetlar 1-Afina dengiz ittifoqidan so’ng asosiy tayanch bo’lib qoldi. Demos endi xo’jalikning barcha sohasida yetakchilik qila boshladi. Afina aristokratiyasi o’z mavqyeini yo’qota boshladi. Aristokratlarga Kimon boshchilik qilgan. Aristokratlar boy grajdanlar guruhi –areopagga tayanib vaqtincha hokimiyatni egallashganlar. Lekin demos-demokratlarning mavqyei kuchaygandan-kuchayib unga Efialt boshchilik qilgan. Mill.avv.462 yili Efialt reforma o’tkazib,bundan maqsad areopaglarning siyosiy mavqyeini pasaytirish bo’lgan.O’larni tamagirlikda ayblab, siyosiy xuquqdan mahrum etgan. Lekin o’zi ham fitna qurboni bo’ldi. Biroq aristokratlar bilan demos o’rtasidagi kurash to’xtamadi. Demos yo’lboshchisi Efialtning izdoshi Perikl bo’ldi. U aristokratlar avlodidan , lekin demoslarni yoqlaydi. O’z atrofiga bilimdon siyosatchilar, ilm ahlini to’pladi. Ilm axli faylsuf Anaksagor, xaykaltarosh Fidiy, tarixchi Gerodotlar, tarixchi Fukidid uning zamondoshi bo’lganlar. U demosning o’rta tabaqasiga tayangan bo’lib 15 yil to’xtovsiz hokimiyatda bo’lgan. Bu davrda Afina davlat hokimiyati asosiy organi xalq yig’ini – ekklesiya bo’lgan. Bu yig’inga 20 yoshga to’lgan barcha Afinalik grajdapnlar qatnashganlar. Xalq yig’inidan tashqari –500 lar kengashi – bule tashkiloti bo’lib bu Klisfen davrida joriy etilgan. U xalq yig’iniga kun tartibini tayyorlagan. Yana Gelieya- hakamlar sudi-yirik demokratik muassasa bo’lgan. Qur’a yo’li bilan 6000 sudya saylangan. Afina sudi 10 palataga bo’lingan va ular dikasteriyalar deb atalgan. Afinada strateglar ya’ni askarboshilar kollegiyasi ham muhim rol o’ynagan. Perikl-1strateg (m.a.444-429). Ular diplomatik munosabatlar bilan ham shug’ullanishganlar. U 1-marta davlat lavozimlariga maosh to’lashni joriy etgan. Sud majlisiga borganligi, teatrga tushganligi, uchun grajdanga pul to’langan. Xullas, Afinada demokratik tamoyillar ravnaq topgan. Bu xuquqlardan faqat Afina grajdanlari foydalanishganlar.
Klassik davr madaniyati. Arxaik davrda, klassik zamondayoq tabiat va kishilarning faoliyati ustidan olib borilgan kuzatishlarning natijalarini umumlashtirishga intilishning oqibatida falsafiy-estetik fikr ravnaq topdi. Fan sifatida yunon falsafasi paydo bo’lishi jarayonidayoq materializm bilan idealizm o’rtasida boshlangan kurash bu tez va parloq taraqqiyotga ko’maklashdi.
Abderalik Demokritning (eramizdan avvalgi 460-370-yy), butun koinot, shu jumladan bizning yerimiz ham, barcha buyumlar ham, odamlar ham, hayvonlar ham modda jihatidan bir xil, lekin forma va hajmi jihatidan turli xil bo’lgan eng mayda zarralar-atomlardan iboratdir, degan ta’limoti qadimgi yunon materialistik falsafasining cho’qqisi edi.

Er.avv.V asrda Yunonistondagi, ayniqsa Afina va boshqa demokratik polislardagi shart-sharoit suxandonlikni-tinglovchilarni va suhbatdoshlarni ishontirish san’atini egallash ehtiyojini tug’dirdi. Kezib yuruvchi donishmandlik muallimlari-sofistlar tegishli haq badaliga istagan kishilarga suxandonlik san’atini va bilimlarini o’rgatar edilar. Ularning ta’limoti subyektivistik va anarxistik ta’limot edi. Sofistlar o’z faoliyati jarayonida o’z bilimlarining puhtaligi masalasini, ularni tekshirish mumkinmi-yo’qmi, ular chinmi yoki chin emasmi degan masalani o’rtaga qo’yishlari lozim edi. Bunday masalaning qo’yilishi filosof-sofistlarning xizmatidir. Lekin ular haqiqat mezoni to’g’risidagi savolga ijobiy javob beraolmagan edilar.
Keksa sofistlarning ko’zga ko’rinarli vakillaridan biri Protagor edi. U «inson hamma narsalarning mezonidir», ya’ni narsalar o’z-o’zligicha hyech qanday xususiyaga ega emasdir, balki bu xususiyatlar ularning insonga bo’lgan munosabatlariga qarab ega bo’ladi, deb ta’lim beradi.
Atoqli faylasuf Sokrat yoki Suqrot (er.avv. 471-399yy.) sofistlar orasidan chiqib, ulardan ajralib ketgan edi.
Щaqiqaktni bo’lish mumkin emas, deb o’ylovchi sofistlardan farqli o’laroq, Sokrat haqiqat baxs-munozarada bilinadi, deb hisoblardi.
Idealistik falsafa er avv 4 asrni birinchi yarmida yashagan atoqli faylasuf Platon yoki Aflotun (er avv 427-347 yy) asalarida yanada rivojlantirildi.
Platon zodagon va boy oiladan chiqqan bo’lib, yaxshi tarbiya va ma’lumot olgan edi. U Sokratning shogirdi edi va o’z ustozining suhbatlarini yozib olgan edi.
Mashhur Aristotel yoki Arastu (er avv 384-322 yy) qadimgi Yunonistonning ulug’ filosofi va olimi edi.


Platon singari, Aristotel ham davlat to’g’risida o’z ta’limotini yaratdi. Lekin u bu muammoga butunlay boshqacha qaradi. Aristotel, idial davlat haqida so’zlashdan oldin real, mavjud davlatlarni o’rganmoq kerak, deb hisoblardi. Shu sababli u o’z shogirdlari bilan birgalikda Yunonistondagi va undan tashqaridagi 158 davlatning qonunlarini o’rganish va yozib chiqish yuzasidan g’oyat katta ish qildi. Uning o’zi «Afina politiyasi» ni -Afina davlat tuzumi haqidagi asarini yozdi. Shundan keyin u to’plangan va sistemalashtirilgan materialni umumlashtirishga kirishdi. Davlat tuzimi va ijtimoiy munosabatlar to’g’risidagi o’y-fikrlarining natijasi o’laroq Aristotelning «Politika» nomli katta tarixiy-sosiologik asari maydonga keldi.
+adimgi yunon madaniyatining eng ajoyib hodisalaridan biri teatrdir. Teatr qishloq xo’jaligi va dehqonlarning homiysi bo’lmish xudo Dionis bayrami vaqtida ijro etiladigan xalq qo’shiqlari va o’yinlari asosida paydo bo’lgan.
Dionis sharafiga aytiladigan marosim qo’shiqlarining-difiramblardan yunon tragediyasi paydo bo’lgan.
Dionis sharafiga aytiladigan bir qancha qo’shiqlar sho’x kulgili bo’lgan. Ana shulardan komediya kelib chiqqan.
Dastavval teatr yog’ochdan bo’lgan. Artistlar o’ynaydigan joy sahna deb atalgan . Bu so’z «skena» so’zidan olingan bo’lib, ma’nosi chodir demoqdir. Dastlabki vaqtlarda bu haqiqatan chodir bo’lib, unda artistlar kiyinishgan. Sahnada xudo Dionis sarafiga qurbonlik ehromi turgan. Pastda sahna oldida xor joylashgan.Bu joy Orxestra deb nom olgan. So’ngra tamoshabinlar o’tiradigan o’rinlar-teatr joylashgan. Yunon teatri hamisha ochiq havoda o’ynalgan.
Er avv 6-5 asrlarda Afinada eng atoqli yunon shoirlari yashab, ijod etganlar. Ular faqat yunon klassiklari emas. Balki jahon adabiyotining ham klassiklaridirlar. Esxil tragediyalari o’z obro’larining ulug’vor kuch va ozodlik g’oyalari jihatidan ajoyib asarlardir. Esxilning eng mashhur tragediyasi «Zanjirband Prometey» dir.
Esxil mifalogiya mavzularida yozilgan tragediyalaridan tashqari, «Forslar» degan ajoyib vatan parvarlik tragediyasini yozdi. Bu tragediya Yunon-Eron urushlarida yunonlarning g’alabasi va Eroning mag’lubiyati tasvirlanadi. Bu tragediyada Esxil o’zi ham ishtirok etgan Salamin jangi tasvirlangan.
Afinani ravnaq topishi davridagi ikkinchi ajoyib tragik shoir Sofokl edi (er avv 496-406 yy). Esxil singari, Sofokl ham ko’p tragediyalar yozgan bo’lib, ulardan faqat yettitasi bizga etib kelgan.
Sofoklning eng zo’r tragediyasi «Shoh Edip» dir. Bu tragediya insoning taqdir oldidagi ojizligi g’oyasi ayniqsa yaqqol ko’rsatilgan va ayni vaqtda Edipning oliyjanob obrazida taqdirga qarshi narozilik gavdalantirilgan.
Bu tragediyadan tashqari, Sofokl yana bir qancha ajoyib tragediyalar yozgan ular orasida «Elektra» tragediyasi alohida ajralib turadi.
Yunonistonni uchunchi ulug’ tragedik shoiri Yevripiddir «er avv 480-406 yy). U yozgan tragediyalar his tuyg’ularni analiz qilishga bag’ishlangan bo’lib, bu his tuyg’ular insonning baxtsizligiga va holakatiga sabab bo’ladi.
Klassik davrda Yunonistonda ibodatxonalar, teatrlar, majlis binolari-bulevteriyalar yetakchi arxitiktura inshootlari edi. Er avv 5 asrda shaharlarni planlashtirish paydo bo’ladi. Lekin ibodatxona hamon asosiy arxitektura inshooti bo’lib qolaveradi.
Eng erta paydo bo’lgan order yoki uslub doriy uslubi edi. Doriychi uslubda qurilgan binolar juda oddiy bo’lgan. Doriycha ustunlar toshdan yasalgan maxsus tagkursi ustiga emas, balki to’g’ridan-to’g’ri polda o’rnatilgan. Ustunlarning tepa qismi, ya’ni Kapiteli juda sodda bo’lib, chetdan qaraganda trapesiya shaklida ko’ringan. Doriycha tosh ustunlarning o’zi yo’g’on va baquvvat bo’lgan.
Er avv 5 asrda boshqa bir uslub-ioniycha uslub rasm bo’ladi. Bu usluda qurilgan binolar Doriycha uslubidagiga nisbatan ixchamroq, ustunlari ingichkaroq va kelishganroq bo’lgan. Ustunlar endi pol ustiga qo’yilmasdan, balki tosh tagkursi-baza ustiga qo’yilgan, ustunlarni qoshi-kapiteli endi ikki gajakli naqshlar-volyutlar bilan bezatilgan. Ioniycha uslubda qurilgan binolar doriycha uslubiga qaraganda murakkabroq naqshlar bilan bezatilgan. Er.avv.4 asrda korinfcha uslub rasm bo’la boshlagan. Uning ionicha uslubdan farqi shuki, uning ustunlari uzunroq (orderga mutonosib ravishda ), tagkursisi va qoshi ancha murakkab bo’lib, akanf o’simligi yoproqlari bilan bezatilgan.
Er avv 6 asrda Yunonistonda odamning figurasini va yuzini haykal shaklida tasvirlash takommilashdi-yu, lekin figuralar harakatsiz bo’ladi. Faqat er avv 5 asrdan e’tiboran yunon haykal- taroshlarining ravnaqi boshlanadi. Щaykaltaroshlik endi odamning figurasi va yuzini to’g’ri tasvirlabgina qolmasdan, harakatni ham aks ettiradigan bo’ladi. Er avv 5 asrda Miron, Poliklet va Fidiy ayniqsa mashhur haykaltaroshlar edilar.

Miron diskobolni haykaltaroshlik san’ati bilan tasvirlash muallifidir. Mironing «Afina bilan Marsiy» degan haykallar gruppasida ham har ikkala figura huddi harakat qilayotgandek his etiladi. Marsiy ikkinchi darajali o’rmon ma’budi bo’lib, u ma’buda Afinaning jahlini chiqargan. Щaykallar guppasi ana shu manzarani tasvirlab ko’rsatadi.
Argos haykaltoroshi Poliklet asosan go’zal yosh o’smirlarni-ideal fuqorolarni tasvirlagan. Uning «Nayzabardor» va «Diodumen» (yosh o’smir boshiga boylangan bintni to’g’rilab turgan bo’ladi) haykallari ayniqsa mashhurdir.
Periklning do’stlaridan biri eng yirik yunon haykaltaroshi Fidiy edi. Uning asarlari go’zal va ulug’vordir. Uning Parfenonda turgan, oltin, yog’och va fil suyagidan yasalgan. Ma’buda Afina haykali eng mashhurdir. Bu haykalning balandligi 12,5 metr. Olimpiyada Fidiy Zevs Olimpiyning taxtga o’tirgan vaziyatdagi haykalini yasagan. Bu haykal ham g’oyat ulkan bo’lib, o’sha usulda yasalgan. Bundan tashqari, Fidiy asarlari bilan Parfenon bezatilgan.



Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish