QADIMGI YUNONISTONNING KLASSIK DAVRI
(MIL.AVV.V-IV ASRLAR)
Tayanch iboralar: Afinada qulchilik, mil.avv.464-455 Misseniya qo’zg’oloni, Klerlar, Kimon, Efialt, Perikl, quldorlik demokratiyasi ravnaqi.
Tarixiy manbalarning ma’lumoticha mil.avv.5 asrda Qadimgi Yunoniston iqtisodiy jihatdan rivojlangan. Natijada qulchilik munosabatlari, yanada takomillashdi. Qullar soni o’sdi. Bunga yunon-fors urushi ham sabab bo’lgan,ko’plab harbiylar asr olinib, qul qilib sotilgan edi. Bundan tashqari Fransiya, Kichik Osiyodan xam qo’shni xududlarga xujumlar uyushtirilishi bilan qullar olib kelinib sotilardi. Xios orolidagi qul bozori eng katta bo’lgan Ular mehnati qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik va kon ishlarida keng qo’llanilgan. Ayniqsa konlarda qullar mehnati juda og’ir bo’lgan. Yuridik jihatdan qul xo’jayinning mulki hisoblangan.M:Afinada qulni o’ldirishni ta’qiqlovchi qonun bo’lgan, biroq bunga rioya qilinmagan.Qulni chopmagan,osmagan, lekin kaltaklab yoki ochlikdan o’ldirishganlar. Qullar sudda guvohlikka o’taolmas edilar. Biroq, qiynoq asosida biron so’z aytsalar, haqiqiy hisoblangan. Qullar qonuniy nikohga kira olmaganlar. Faqat ular birga yashashliklari bilan belgilangan. Xo’jayin hohishi bilan bu holat buzilgan ham. Qullar ichidan pedagok, vrach, aktyor va raqqoslar ham bo’lishgan, faqat xo’jayin xoxishi bilan. Davlat idoralarida ishlovchi davlat qullari ham bo’lgan. Ularning ahvoli xususiy qullarnikidan yengilroq bo’lgan. Qullarga buyumdek muomila qilingan. Xullas, qullarni shafqatsiz ezish ularni noroziligini keltirib chiqargan.Ular mehnat qurollarini sindirganlar, buzgan, yomon ishlagan va hatto qochib ham ketganlar. M: Peloponnes urushi (431-404) vaqtida 20 000 Afinalik qul Spartaliklarga qarashli Dakaleya shahriga qochib ketgan. Natijada ustaxonalar ishsiz qolgan. Spartada ham qullar qo’zg’oloni bo’lib turgan.Mil.avv. 454-455 yillari 3-Messeniya urushi deb nom olgan yirik qo’zg’olon bo’lgan. Bu davrda Yunonistonda erkin jamoa a’zolari ham bo’lib, ular qishloq xo’jaligi hunarmandlari bo’lishganlar. Ho’narmandlarning kichik ustaxonalari ham bo’lgan. Kulollar,temirchilar,tosh yo’nuvchilar,me’morlar ham bo’lishgan. Ayniqsa qurol-yarog’ yasashda usto bo’lib,Korinf ustoxonalari dong taratgan .Lekin bu davrda qullar mehnatidan ko’p foydalanganligi uchun bular mehnati 2-darajali bo’lgan.
Qishloq xo’jaligi: Mil.avv.5-4 asrlarda asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari uzum, zaytun, meva, sabzavotlar bo’lib, g’alla faqat sersuv Lakoniya, Messeniya, Beotiya, Fessaliyada yetishtirilgan. Vinochilik, zaytun moyi olish keng taraqqiy etgan. 5 asrda qul mexnati erkin dexqon jamoasi bilan raqobat qila boshlagan. Mayda dexqonlar yerlari klerlar deb atalib , Pellopones urushi vaqtida honavayron bo’lgan. Bu davrda Yunonistonda hunarmandchilik rivojlangan. Ayniqsa Afina o’zining vaza, mato, po’lat va temir buyumlar yetishtirishi bilan dong taratgan. Xunarmandchilik ustaxonalari –ergastriyalar deb atalgan. Mil.avv.5-4 asrlarda 20-30 takishi ishlovchi ergastriyalar ko’p bo’lgan. M:5 asrda yashagan mashhur notiq Demosfen o’z otasining qurolsozlik ustaxonasini maqtagan.Unda 33 taga yaqin qul ishlagan. Savdo: Savdo-sotiq yaxshi rivojlangan. Pirey Attikaning asosiy porti hisoblangan.Afinaga qullar, g’alla, yaxshi navli vinolar keltirilgan. Qo’shni mamlakatlar Qora dengiz bo’yi bilan keng savdo olib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |