Tayanch iboralar: Oktavian Avgust, prinsipiat, Rimda fuqarolar urushi, Antoniy, Lepid, Aksiy burni yonidagi jang, Avgust-muqaddas kishi, proterianlar. Antoniy va Kleopatraga qarshi olib borilgan urush Misrni istilo qilish bilan tugagandan keyin (er.avv. 30-y) Oktavian butun Rim mulklarining yagona hokimi bo’lib qolgan. Er.avv. 29-yili u Rimga qaytib kelib g’oyat dabdabali zafar bayrami o’tkazgan. Bayram tantanasi tamom bo’lgandan keyinoq xudo Yanus ibodatxonasi yopilgan. Bu ibodatxonaning yopilishi butun Rimliklar davlati tuprog’ida osoyishtalik o’rnatilganligining nishonasi bo’lgan.
Oktavian o’zining triumvir lavozimini tantanali suratda bo’ynidan soqit qilib senat va komisiyalardan umrbod imperator unvonini olgan. Lekin Oktavian bu bilan davlat hukmdori sifatida o’zining mavqyeini ham yetarli darajada mustahkam deb bilmagan. U senzor sifatida senatda tozalash o’tkazib bundan Mark Antoniyning do’stlarini va boshqa o’ziga dushman kishilarni chiqarib yuborgan. Oktavian legionlarining ko’p qismini bo’shatib yuborgan, ularning fuqarolar urushi vaqtida triumvirlarning dushmanlaridan musodara qilingan yerlardan bo’lib bergan. U Rim davlatining oliy hokimi sifatida o’z mavqyeini qonunlashtirishga bir yildan ko’proq tayyorgarlik ko’rgan. Er.avv. 28-yil oxirida Oktavian o’zining qattiq betob bo’lganligini ma’lum qilgan, «sog’ayib ketgach» esa yanvar idalarida (er.avv. 27-y 13-yanvar) senatning puxta tayyorgarlik ko’rgan kengashini chaqirgan. Unda Oktavian o’zining mamlakatni qanday idora qilayotganligi to’g’risida hisobot bergan, fuqarolar urushining butunlay tugaganligi va butun Rim tuprog’ida osoyishtalik o’rnatilganligi to’g’risida axborot bergan, so’ngra esa sog’ligi yomonlashganligi tufayli senatdan o’z zimmasidagi vazifalardan bo’shatishlarini iltimos qilgan. Ammo senat Oktavianga hokimiyatdan ketmaslik buyurilsin deb qaror chiqargan. Oktavian senatning prinsepsi, yagona prokonsul, legionlarning qo’mondoni deb e’lon qilingan. Unga avvallar xudoga qilingan murojaatlarda tilga olingan Avgust laqabi berilgan.
Senat Oktaviandan Rim legionlari joylashgan eng boy va harbiy siyosiy jihatdan muhim viloyatlarni-Galliya, Illiriya, Makedoniya va Suriyani boshqarishni davom ettirishni talab qilgan. Misr Rim tomonidan istilo qilingandan keyin u Oktavian mulki deb e’lon qilingan.
Bu viloyatlarning hammasini avgust tayinlab qo’ygan noiblar-imperator legatlari idora qilganlar. Ba’zi kichikroq viloyatlarni imperator rpokuratorlari boshqarishgan. Legatlar ham prokuratorlar ham tamomila imperatorga bo’ysunganlar va Avgustning farmoni bilan chaqirib olinishlari mumkin bo’lgan. Imperator tomonidan tayinlanadigan Misr prefekti ham tamomila unga qaram bo’lgan. Avgust yagona prokonsul sifatida legionlarga qo’mondonlik qilish va viloyatlardagi noiblarning ishiga rahbarlik qilish bilan birga qo’shinni to’lg’azish uchun askar to’plash, imperiyadan tashqaridagi xalqlar va davlatlar bilan muzokara olib borish, urush e’lon qilish va sulh tuzish huquqini ham olgan.
Harbiy chiqimlarni ta’min etish, xususan jangchilarga oylik to’lash va mukofatlar berish uchun Avgust imperiya g’aznasi-fisk tuzish huquqini olgan, g’azna oltin va kumush pullar zarb qilgan, shaharning eski g’aznasi-erariy esa faqat mayda mis chaqalarnigina zarb qilishga haqli bo’lgan.
Shunday qilib Avgust harbiy va fuqoro hokimiyatining eng muhim funksiyararini o’z qo’liga olgan. Proskripsiyalar vahtida talab olgan urush o’ljalraidan to’plagan va o’z boshqarib turgan vilyatlardan keladigan daromadlardan hosil qilingan benihoya katta boyliklarga ega bo’lgan Avgust Rim davlatini to’la hokimiyatli hokmi ham bo’lgan, bu davlatning ichki ijtimoiy hatining vatashqi siyosatini u belgilab bergan.
Ammo Avgust Sezarning qismatini hotirada yahshi saqlagan va tutingan otasidan farq qilib, davlatdaga o’z mafqyeyini har qanday yo’llar bilan pardalashga uringan, U hyech qanday hususiyati bilan zadogon Rimliklardan tofovit qilmaslikga harakat qilgan u ko’chaga va jamoat yig’ilishlariga uyda to’qilgan xonaki gazmoldan tikilgan kiyim kiyib chiqqan va qyech qanday daraja belgilari taqmagan, kamda- kam nutq so’zlagan, bu ishni u o’zining eng yaqin do’stlariga topshirishni afzal ko’rgan.
Avgust obro’sining dastagi prinseps qo’lidagi g’oyat katta moddiy resurslar, birinchi navbatda fuqoro urushlaridan keyin o’zi tashkil etgan juda katta armiya ustidan benazorat hokimligi bo’lgan.Avgust avval o’zining ixtiyorida bo’lgan 75 legiondan er avv 30 yilga kelib faqat 28 tasini qoldirgan. Yaxshi uyushtirilgan, texnika jihatidan o’z zamonasining harbiy san’at talablariga to’la muvofiq qkrolantirilagn legionlar grux-grux qilib harbiy va iqtisodiy jihatdan eng muhim viloyatlarga joylashtirilgan. Har bir ligionda 10 tadan piyoda kogorta (birinchi kogorta 1000 kishidan- qolganlari esa 500 kishidan iborat bo’lgan), texnika kogortasi, har brida 300 ta al- suvoridan iborat otliq toryad va ittifoqchilar kogortasi deb atalgan yordamchi ortyadlar, shungdek jangchilari viloyatlarning oholisi orasidan olinadigan allar bo’lgan .Shunday qilib Avgust va uning vorislari idora qilagn davrda Rim legionidagi umumiy jangchilar soni 10000 kishiga etgan.
Legionlarning nomerlari av nomlari bo’lgan, masalan 3-Avgust nomidagi legion, 4- Makedoniskiy, 6-Temir legion, 15-Yashinday tez legion va hokoza.Legionlarning qo’mondanlari -legatlar va katta komandirlar-harbiy tribunlarni imperator tayinlagan. Legionlarning hizmat muddati 20 yil bo’lgan. Jangchilar hizmat dovomida yillik maosh olganlar, bo’shagandan keyin ularga maxsus tortiq (donativa) va chek yer bo’lib berilgan. Harbiy hizmatdan bo’shagan katta yoshdagi jangchilar veteran degan nom olggan. Veteran- jangchilar Rim imperiyasini turli qismlarida o’zlarining alohida mavzeylarini tashkil qilgan. Ular Rim hukumronligining tayanchi bo’lganlar. Mahalliy magisratlar ko’pincha ana shunday veteranlardan saylangan.
Avgust Italiyada o’z hukumronligini saqlash va shaxsiy muhofaza uchun 9 ta kogorta tashkil etgan, pretoriylardan tuzilgan bu kogortolarning har birida 10000 tadan (300 ta otliq va 700 ta piyoda) jangchi bo’lgan. Bu kogortalardan 3 tasi Rimning o’zida, boshqalari shimoliy Italiya shaharlariga joylashtirilgan.Pritoriy jangchilarining maoshlari legionlarnikiga nisbatan 3 barovar ortiq bo’lgan. Pretoriylar 16 yil hizmat qilgan. Pretoriylar kogortasiga faqat Italiyada tug’ulib o’sgan kishilargina olingan. Aslida imperator gvardiyasini tashkil etgan o’sha pretoriylar korpusiga 2 ta prefekt-peritoriy boshchilik qilgan, keyinchalik ular imperatorlarning eng yaqin ishonchli kishilariga aylangan.
Dengiz yo’llarida karoqchilik paydo bo’lishi mumkin bo’lganligidan bu yo’llarni qo’riqlash uchun o’rta dengizda harbiy kemalarning 2 ta doimiy eskadrasi tuzilgan. Eskadralardan biri Rimga yaqin joylashgan Ansiy portiga, ikkinchisi Adriatik dengizidagi Ravennaga joylashtirilgan. Bundan tashqari Galliya qirg’oqlarini muxofaza qilib turgan flotiliya bilan birga Evksin Portida ham yana bir flotiliya bo’lgan. Avgust davrida Rim imperiyasidagi qurolli kuchlarning umumiy soni 300 ming kishiga yetgan. Avgust tashkil qilgan doimiy Rim armiyasi qariyb to’rt yuz yilgacha mavjud bo’lgan. Bu tarixda eng birinchi muntazam armiya bo’lib, Rim imperiyasining hokimlari ichki va tashqi siyosatlarida ana shu armiyaga tayanib ish ko’rganlar.
Avgustning ichki siyosati yaqqol ko’rinib turgan sinfiy xarakterda bo’lgan. Er.avv. 36-yildayoq Sekst Pompeyning orol davlatini tor-mor keltirgandan keyin Avgust Sisiliyada qo’lga tushgan qochoq qullarni jazolash uchun xo’jayinlariga qaytarishni buyurgan. Keyinchalik u senatdan qulni sotib olgandan keyin 20 yil o’tmay turib ozod etishni man qiluvchi qaror chiqargan. Qul egasi qulni ozod qilgandan keyin uning narxining 5% miqdorida soliq to’lash lozim bo’lgan.
Er.avv. 10-yilda Avgust taklifiga muvofiq senat go’yo esdan chiqib ketgan qadimgi qonunni tiklash bahonasi bilan shunday qaror chiqarganki, bu qarorga ko’ra qul o’z xo’jayinini o’ldirgan taqdirda, voqyea sodir bo’lgan paytda uyda bo’lgan barcha qullar va ozod qilingan sobiq qullarning ham hammasi qatl qilinishi lozim bo’lgan.
Avgust g’ayri qonuniy qul qilingan erkin kishilarni ozod qilish bahonasi bilan qishloqlardagi qullar qamaladigan tyurmalar (ergastullar) ni qat’iy tekshirtirgan. Ammo u qullar bilan xo’jayinlar o’rtasida bo’ladigan muomalalarga hyech qachon aralashmagan, xo’jayinlar qullariga nisbatan nima qilsa qilavergan, buni xo’jayinlarning o’zlariga qo’yib berilgan.
Fuqaro urushlari tamom bo’lgandan keyin Avgust Rim senati aristokratlarining imtiyozli holatini turli yo’llar bilan ta’kidlab turgan. Undan oldin senat a’zolarining soni o’sib 600 kishiga yetgan bo’lsa, Avgust uni hiyla qisqartirgan, senat toifasidagi shaxslar uchun bir million sestersiy miqdorida mulk senzi belgilagan. Qadimgi patrisiylar xanodonlariga har jihatdan homiylik qilgan, ularga turli imtiyozlar bergan va hatto moddiy yordam ham ko’rsatgan.
Avgust suvorilar toifasini o’z hokimiyatining tayanchi qilishga intilgan. U suvoriylar uchun 400 ming sestersiy miqdorida mulkiy senz belgilagan har yili suvoriylarning ko’rigi o’tkazilgan. Avgustning qarindoshlari bir necha marta suvoriylarga boshliq qilib tayinlangan. Avgust ko’pgina harbiy komandirlik va viloyat prokuratorligiga suvoriylardan tanlab qo’ygan. Viloyatlarda soliq to’plash ishi avvalgidek suvoriylar qo’lida bo’lgan. Suvoriylar qatori sekin-asta harbiy veteranlar bilan to’lib boravergan, natijada ular Rim imperiyasining harbiylar tabaqasiga aylanib ketgan.
Avgust tekin g’alla tarqatish, pulli sovg’alar berish, sirklarga qayta-qayta gladiatorlarning ommaviy o’yinlarini (Hatto bir marta esa Rimga yaqin ko’llardan birida dengiz urushi mashqi-naumaxiya ) o’tkazish orqali Rim plebsining ko’nglini ovlash bilan birga, Rim fuqarolarining eng kambag’al tabaqasining kayfiyatini diqqat bilan kuzatib borgan. U Rimda osoyishtalik va tartibni saqlash uchun uchta soqchilar kogortasini tuzgan, yong’in o’chirish ishlarini ham ana shu kogortalar olib borgan. Bundan tashqari alohida tungi soqchilar ham bo’lgan.
Komisiyalarda shahar magistratlarini saylash vaqtida majlisga nomzodlarni Avgustning o’zi tavsiya qilgan. Bir kuni Avgust yo’qligida Egnatiy Ruf degan odam navbatdagi saylovlarda o’z nomzodini ko’rsatgani uchun qamalib, tyurmada o’lib ketgan. Ba’zi Rim tarixchilari, Avgust viloyatlarda tug’ilgan kishilarga Rim fuqaroligi huquqlarini berishda qizg’anchlik qilgan, desalarda, yozuvchilardan ma’lumki, viloyatlardagi ko’pgina zadogonlarga, ayniqsa ellinlashgan aristokrat quldorlarning nomayondalariga bunday huquqlar berilgan. Avgust Kirenaikada Rimdan ko’chib kelganlarning suiiste’mollariga qarshi kurashda mahalliy zadogonlarga hatto yordam ko’rsatgan.
Avgust italiy shaharlarining aholisiga ayniqsa ko’p homiylik qilgan. Alp tog’larigacha butun Apennin yarim oroli Italiya deb atala boshlagan. Italiy shaharlaridagi aholining hukmron tabaqalariga Rim fuqarolik huquqlari berilgan, italiy zodagonlarining ba’zi namoyondalari suvorilar toifasiga va hatto senat toifasiga ham kiritilganlar. Italiy savdogarlari Rim imperiyasining hamma viloyatlarida va imperiya tashqarisida ham savdo-sotiq qilganlar.
Rimda va davlatning boshqa qismlarida ham Avgust davrida katta qurilish ishlari olib borilgan. Rimda 82 ta ibodatxona tiklangan va yangitdan qurilgan, forum yonida maxsus arxitektura kompleksi-Avgust forumi, Avgustning jiyani Marsell nomiga qo’yilgan muhtasham teatr binosi, hamma xudolarga atab ibodatxona-Panteon, g’oyat go’zal «jahon qurbongohi» va boshqalar qurilgan. Rivoyatlarga Romul Rimga asos solgan Palatin tepaligida Avgust hashamatli bir uy qurdirgan, u shaharning siyosiy va madaniy hayot markaziga aylangan. Keyinchalik imperatorlardan ko’plari o’z qasrlarini o’sha tepalikda bino qildirganlar. Shunday qilib Rimda «Palatin» so’zi «imperator qasri» so’zining sinonimi bo’lib qolgan. Avgustning tashqi siyosati ham ichki siyosat ham Rim qudorlarining va sharqiy viloyatlardagi Ellinlashtirilgan aritokratlarning hukmron tabaqalarning mafaatlarini izchillik bilan himoya qilishga qaratigan edi. Bu siyosat Rimga tobe hududni kengaytirish va ko’pdan-ko’p harbiy asirlar qo’lga tushurish yo’li bilan qullar sonini to’ldirib turish maqsadini ko’zda tutgan. Nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish ko’rish Avgust olib borgan tashqi siyosatning harakterli hislati bo’lgan.
Avgust er avv 30 yillardayoq Illeriya bilan Pannoniya bosqinchilik urushlarini boshlagan. Rimliklar Illiriylar va pannon qabalarining tarqoq bo’lsada qaxramonona qarshiliklarini yengib Adriatik dengizing shimoliy sharqiy qirg’oqlaridan qadamma-qadam siljib borganlar. Mark Antoniga qarshi olib borilgan urush bu siljishni to’xtatib qo’ygan, ammo urush tugashi bilan Rimliklar avvalgi yurishlarini yana davom ettirganlar.Ular tog’larni oshib o’tib, Dunay buyiga chiqqanlar. Bu yerda ular mez qabilalarini o’zlariga bo’ysindirganlar. Er avv 12 yilga kelib Rimliklar Dunay daryosining boshlanishidan to Qora dengizga quyiladigan etagigacha butun vodiyda hukmron bo’lib qolganlar.
Er. avv. 26 yilda Rimliklarning katta armiyasi Pireneya yarim orolining shimoliy g’arbiy qismida ibir qabalalari-kantabr va asturlar yashaydigan hududga bostirib kirgan. Avgustning o’zi boshchilik qilgan Rim armiyasi Pireneya tog’larida yashavchi aholini juda qattiq qarshiligini bostirib, er avv 25 yil oxiriga kelib malaaktni zabt qilgan. Minglarcha kantabr va asturlar qullikga tushib, Rimliklar qurgan konlarda metall qazib chiqara boshlaganlar.
Ammo bir necha yil o’tgach erksevar qabilalar qo’zg’olon ko’targanlar. Rimliklar bu safar ularga ham dengizdan, ham quriqlikdan hujum qilganlar. Kantab va asturlar oxirigacha o’zlarini himoya qilganlar. Er.avv 19 yili Vipsaniy Agrippa qo’zg’olonni tugatgan. Ayni paytda Rimliklar Galliyaning fuqorolar urushi davrida Sezarni o’limidan keyin Rim hukmronligidan qutilib olgan janubiy-g’arbiy qismini yana bo’ysindirganlar. Shundan bir necha yil keyin Rim qo’shinlari Alpning tog’lik viloyatlarini ham ishg’ol qilganlar va aholisini qul qilib sotib yuborganlar.
Er avv 16 yilda german g’abilalarining drujinalari Reyn daryosining chap qirg’ogiga chiqib olib Rim lashkarboshisi Loliyni mag’lubiyatga uchratishgan. Rimliklar buni qasdini olish maqsadida german qabilalari band qilib o’tirgan hududning ichkarisiga bir necha marta bosqinchilik yurishlari uyushtirganlar. Rim lashkar boshilaridan Domisiy Agenobarb va Avgustning o’gay o’g’li Druz Rimliklar Alba (oq) deb atagan katta daryo bo’yigacha borib, bu yerda yashoydigan german qabilalarini o’zlariga bo’ysindirganlar. Ammo Rimliklar bu rayonlarda butunlay mustahkam o’rnashib qola olmaganlar.
Sharqiy chegarada-Armoniston bilan Parfiyada Jiddiy qiyinchiliklar yuz bergan, Armanlar Rimliklar taynlagan podshoni haydab yuborishgan, Parfiyada o’zoro nizolar boshlangan. Er avv 4 yili Yaxudiyada Rimliklar tamonidan zo’rlab tayinlangan hokimlar vaRimga qaramlikga qarshi katta qo’zg’olon ko’tarilgan. Suriyani noibi Kvintiliy Var bu qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirgan. Ammo siyosiy qiyinchiliklar murakkablashib boravergan.
Dunaydan shimolda german yo’lboshilaridan biri Marobod rahbarligida german qabilalarining katta birlashmasi vujudga kelgan. Qabilalarning bu ittifoqidan hafsiragan Rimliklar ularga qarshi hujumga tayorgarlik ko’r boshlaganlar. Er avv 6 yilda Avgustning o’gay o’g’li Tiberiy Marobodga qarshi urush qilish uchun pannon va illiriy qabilalari orasidan jangchilar to’play boshlaganlar. Bu butun Illiriya va Pannoniyaga yoyilgan g’oyat katta qo’zg’olon chiqishga sabab bo’lgan. Qo’zg’olonchilar Rimliklarning ba’zi otryadlarini tor-mor qilganlar. Rimda ularning Italiyaga bostirib kirishidan havotirda bo’lishgan. Rimliklar qo’zg’olon ko’tarilgan rayonga 15 legion yuborgan bo’lsalarda, pannon va illiriylar 3 yil davomida (er 9 yiligacha) muvaffaqiyatli ravishda qarshilik ko’rsatib turganlar. Rimliklar yo’lboshchilardan birini xiyonatga unatib, shu bilan harakatga rahna solganlar hamda mudhish shavqatsizlik va qkttiq jabr -zulm ishlatib qo’zg’olonni bostirganlar.
Er 9 yili Rimda illiriy-pannon qo’zg’olonini bostirish munosabati bilan tantana o’tkazilayotganida shaharga mudhish xabar etib kelgan, Germaniyada Rim armiyasining zaiflashib qolganligidan foydalanib germanlar qo’zg’olon ko’tarishgan. Rim taroftori deb hisoblangan german oqsoqoli Armaniy Rim noibi Kvintiliy Varni aldab, 3 legiondan iborat armiyasi bilan birga botqoqlikdan iborat Tevtoburg O’rmoniga olib kirgan va ularni qisimlarga bo’lib yuborib, qirib tashlagan.
Varning o’ldirganligi va legionlarning halokati to’g’risidagi xabar Rimliklarni sarosimaga solib qo’ygan.Ular germanlarning Galliyaga bostirib kirishi va qullarning qo’zg’olon ko’tarishdan vahimaga tushganlar. Ammo german drujinalari bosqinchilikni haydab yuborib, o’z joylariga qaytib ketishgan. Galliyaning sarosimasi bosilgan. Qullar itoatda qoldirilgan. Lekin ilgari ham Avgustning hukumronligadan og’irsinib va senat respublikasini tiklashni hayol qilib yurgan Rim zadogonlarining naroziligi yana kuchaygan.
Rim imperiyasi germanlar zarbasidan sekin asta o’ziga kelsada keng ko’lamda bosqinchilik siyosati yurgizish to’g’risida endi so’z bo’lishi ham mumkin emasti.
Avgust umrining so’nggi yillari notinch bo’lgan. U ketma-ket harbiy va siyosiy muvaffaqiyatsizliklarga duch kelgan. Shaxsan o’z oilasida ham chinakam fojia hukum surgan. Sevimli o’gay o’g’li Druz o’lgan, keyinchalik keksa prinseps o’ziga voris qilmoqchi bo’lgan 2 ta nevarasi ham vafot etgan. 44 yil davom etgan hukumronlikning oxiri ana shunday bo’lgan. Er 14 yilida keksa prinseps Rimga yaqin kichgina Nole shahrida vafot etgan.
Ahvol shu qadar havfli bo’lganki, Avgustning beva xotini Liviya Druzilla erini o’limini voris bo’lib qolgan o’gay o’g’li Tiberiy Italiyaning shimolidan qaytib kelgunicha atrafdagilardan bir qancha vaqt bekitishga majbur bo’lgan.