Qadimgi dunyo tarixi



Download 32,88 Mb.
bet15/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

QADIMGIO’RTAOSIYO


(XorazmvaBaqtriya)
Tayanch iboralar: Tabiiy sharoiti. Aholisi. Elam. O’rta Osiyoda eng qadimgi qabilalar. O’rta Osiyo va Midiyada eng qadimgi davlatchilikning tashkil topishi. O’rta Osiyo ahamoniylar davrida. Qadimgi Baqtriya va Xorazmda tashkil topgan dastlabki davlatlar. O’rta Osiyo xalqlari madaniyati. O’rta Osiyo viloyatlari Ahamoniylar imperiyasi tarkibida.

Xorazm – Amudaryo (Oks) vohasida joylashgan davlat. Birinchi bor Doro I ning Bexustun yozuvlarida va Avestoda tilga olingan. Makrotoponim etimologiyasi uchun ikkita variant: «Oziqlantiruvchi zamin» va «Quyi zamin» kabilar tavsiya etilgan. M.N.Bogolyubovning ma’lumotlariga ko’ra, Xorazm so’zi «Chorva uchun mustahkam mamlakat», «Yaxshi devorlari bor mamlakat» ma’nolarini anglatgan.


Fanda zoroastrizm dinidagi birinchi mamlakat – Aryanam Vaydja lokalizasiyalashuvi to’g’risidagi masala ko’rib o’tilmoqda. Ayrimlar uni Xorazm bilan Avesto qahramoni Aryanam Vaydjada harakatlar olib boradi. Bunda – xishnaga ko’ra, Zima kohinlar olovini Xorazmda yoqqan.
Xorazm davlatining tarkib topa borishi er. avv. VII va VI asrlar chegarasida ro’y beradi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ko’tarilishni sak-xorazmliklarning qo’shni davlatlarning dehqonchilik madaniyati bilan tanishuvida va ushbu madaniyatning o’z vatanlarida ma’lum bir ijobiy tomonlaridan foydalanishga intilishida ko’ramiz.



Eramizdan avvalgi VI va V asrlarda Xorazmda arxaik madaniyat mavjud edi. Ushbu madaniyat birinchi yirik kanallarning qurilishi (10-15 km uzunlikda), xom g’ishtning ishlatilishi va charxda sopol idishlarning tayyorlanishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun Xorazmga hunarmandlarning va hatto dehqonlarning ko’chib kela boshlashi ham e’tibordan xoli emas. Ularning tajribalarini yerlik aholi tezda o’zlashtiradi, Xorazm yerlarida intensiv sug’orma dehqonchilik vujudga keladi. Dehqonchilik va an’anaviy chorvachilik Qadimgi Xorazm sivilizasiyasining xarakterini keyinchalik belgilab berdi.
Voha hududida arxaik davrga xos 400 ga yaqin poseleniyalar topilib, bundan faqatgina Ko’zaliqir madaniyatini mustahkamlangan shahar xarobalari debe’tirof etishimiz mumkin. U er. avv. VI asr va er. avv. V asrning 1-yarmiga taalluqli madaniyat hisoblanadi. Uning birlamchi mudofaa devorlari eronliklar bosqini davrida yonib ketgan bo’lishi mumkin. Lekin Ahamoniylar davrida ham shahar va saroy hayoti davom etgan. Shu sababli Ko’zaliqirni Gekatey Miletskiy e’tirof etib o’tgan «Xorasmiya shahar xarobalari» deb ham aytishimiz mumkin.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, arxaik madaniyat sohiblarining bironta ham qabrlari topilmagan. Bundan kelib chiqadiki, er. avv. VI asrda xorazmliklar yerga ko’mish odatlaridan voz kechgan hamda zoroastrizm qonunlariga bo’ysungan, degan fikrlar mavjud.
O’rta Osiyoning boshqa davlatlari qatorida Xorazm ham Kir II tomonidan zabt etilgan. Ktesiyning ma’lumotiga ko’ra, jon taslim qilayotgan Kir baqtriyaliklar; xorazmliklar va parfiyaliklarning sohibi qilib, o’zining kichik o’g’li – Tanoksiarkni tayinlaydi. Bexustun yozuvida Xorazm 23 mamlakatlardan biri deb e’tirof etilgan. Er. avv. 519 yilda Xorazm eronliklarning sak-tigraxaudlarga qarshi yurishlarida tayanch baza sifatida ham xizmat qilgan deyish mumkin. Doro I ning Xorazm to’g’risidagi eslatmalarini ham ta’kidlash joiz. Oltita yozuvning birida Suza saroyining qurilishi va bu qurilishga Xorazmdan feruza toshlarining keltirilishi to’g’risida ma’lumot bor. Qadimda feruzaning ko’plab qayta ishlab chiqarilgan hududi Xorazm vohasidan Sultonuizdog’ tog’larida va unga chegaradosh Qizilqum sahrosining hududlaridan topilgan. Oxirgi marta xorazmliklar Artakserks II maqbarasining forsiy yozuvlarida eslatib o’tiladi. Uning davrida xorazmliklar emas, balki Eron shohi ittifoqchilari timsolida ko’rinadi.
Er. avv. IV va III asrlarda Xorazm eronliklarning muttasil soliqlaridan xolos bo’lib, o’zining iqtisodiy va madaniy ko’tarilish davrini boshdan kechiradi. Er. avv. IV asrning 1-yarmida Xorazmda tub joy hamda assimilyasiyalashuv komponentlaridan iborat bo’lgan o’ziga xos, yorqin madaniyat tarkib topadi. Sug’orish sistemasi tubdan qayta quriladi. Magistral kanallarning uzunligi ikki-uch marta ortadi va 300 km ga yetadi. Shaharlar, qal’alar va poseleniyalarning qurilishi intensiv ravishda boradi. Sug’oriladigan joylarning barchasidan arxeologlar o’sha davrga mansub qurilish qoldiqlarini topadilar. Sopol idishlar yaxshi sifati bilan ajralib turib, u ko’pincha raspisana edi. Barelyef kompozisiyalari bilan bezatilgan yirik sopol flyagalarda mifologik syujetlar aks etib, ular nodir topilmalar qatoriga kiradi.



Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko’ra, er. avv. I ming yillikning 1-choragida O’rta Osiyo hududida ilk sinfiy jamiyatlarning vujudga kelishini kuzatamiz. Bu yerda biz davlatchilikning ilk elementlarini, rayon va viloyatlarning siyosiy birlashuvlarini ko’rib o’tamiz.
Yunon manbalariga binoan, O’rta Osiyoda qabilalarning konfederasiyasiga asoslangan ilk davlatlar mavjud edi. Bunday davlatlar «Katta Xorazm» va «Qadimgi Baqtriya podsholigi» bo’lib, ular harbiy demokratiya tamoyillari asosida tashkil topgan edi. Afsuski, ular to’g’risida to’liqsiz va qisqacha ma’lumotlar saqlangan.
O’rta Osiyo hududida Ahamoniylar davrigacha vujudga kelgan davlatlardan biri Qadimgi Baqtriya podsholigi edi. Bu haqidagi birinchi ma’lumotlar yunon avtori Ktesiyda uchraydi. Boshqa yunon avtori Diodor hikoyalarga tayanib, Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga bo’lgan yurishlari to’g’risida ma’lumot beradi. Ma’lumotga ko’ra, baqtriyaliklarning harbiy jihatlarini bilgan Nin katta qo’shib to’plab Baqtriyaga yurish qiladi. Baqtriya poytaxti – Baqtra (hozirgi Balx) mustahkam mudofaa inshootlari bilan o’ralgan edi. Baqtriya hukmdori – Oksiart esa 400 minglik qo’shin to’playdi. Ushbu jangda ossuriyaliklar yengila boshlaydi, lekin yordamga kelgan malika Semiramida yetib keladi; uzoq davom etgan qamaldan so’ng, poytaxt Baqtra egallanadi. Bir necha vaqtlardan keyin Midiya va Ossuriya o’rtasida ixtiloflar kelib chiqadi, shu munosabat bilan Ktesiy yana Baqtriyani eslab o’tadi. Uning fikricha, endi Baqtriya Ossuriya tomonida jang qiladi.
Ktesiy Baqtriyani uchinchi bor Kir II ning Sharqqa qilgan yurishida yodga oladi. Uning yozishicha, Kir birinchi vaqtlarda Baqtriyani o’ziga bo’ysundira olmaydi. Midiya podshosi Astiag Kirni tan olgach, baqtriyaliklar qarshiliksiz Eron shohiga itoat qilishadi.
Ktesiy ma’lumotlari, O’rta Osiyo va Eron xalqlari tarixini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. U yerda er. avv. V asrning oxiri – VI asrning boshlaridagi xalqlar tarixi to’g’risida ishonarli ma’lumotlar bor.
Baqtriya haqidagi ayrim ma’lumotlarni Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot qoldirgan. Kirning Midiya podshosi Krez ustidan qilgan g’alabasi to’g’risida eslab, Gerodot: «Endi Kirning yo’lida Bobil, Baqtriya xalqi zamini. Saklar va misrliklar bor», deb yozadi.
Oxirgi yillarda Qadimgi Baqtriya hududida olib borilgan arxeologik qazishma ishlar yunon avtorlarining Qadimgi Baqtriya podsholigi to’g’risidagi ma’lumotlarini tasdiqlaydi. Bunga misollar qilib, Janubiy Baqtriyadagi Oltin-1 va Oltin-10 yodgorliklari, Qadimgi Baqtriya shahar xarobalari; Shimoliy Baqtriyada esa Kuchuktepa, Qiziltepa, Talashkantepa, Bandixon-2 yodgorliklarini e’tirof etishimiz mumkin. Ularning har biri o’sha yerlik hokimlarning qarorgohi bo’lgan. «Qadimgi Baqtriya podsholigi» ushbu barcha rayon va oblastlarni birlashtirgan konfederasiya edi.
Shunday qilib, ahamoniylarning O’rta Osiyoni zabt etgunga qadar bo’lgan davrda (er. avv. VI-IV asrlar) O’rta Osiyoda harbiy demokratiya tamoillariga asoslangan ikki davlat mavjud bo’lgan. Bu to’g’rida Avesto va qadimgi yunon mualliflari ma’lumot beradi. «Katta Xorazm» va «Qadimgi Baqtriya podsholigi» shular jumlasidandir. Ularning hududiy chegaralanishi, davlatning ichki tartibi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalari to’g’risida, ularning mavjud bo’lgan davri to’g’risida ozmi-ko’pmi to’lasincha tasavvurga ega bo’lish uchun yana ilmiy izlanishlar olib borish zarur.
Eramizdan avvalgi VI asrda O’rta Osiyo ikki daryo oralig’idagi o’troqlashgan dehqonchilik viloyatlarining ancha qismi Ahamoniylar tomonidan bosib olingan edi. To’maris boshchiligidagi ko’chmanchi massaget qabilalari eronliklarga qattiq qarshilik ko’rsatadi, natijada Kir II o’ldiriladi. Biroq imperiya uning o’g’li Kambis davrida o’z qudratini saqlab qoladi. Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga ko’plab xalqlar va qabilalar kirib, ular o’zining rivojlanish darajasiga ko’ra, xo’jaligi, turmush tarzi, tili, madaniyatiga ko’ra turli etaplarda turgan.
Eramizdan avvalgi 522-521 yillarda Ahamoniylarning imperiyasida sodir bo’lgan voqyealar sababli, Eron urug’ zodagonlari podsho atrofida jipslashib, podsho hokimiyatini mustahkamlashga intiladi. Shunday qilib, Ahamoniylar davlatiga rahna solayotgan xavf, Doro I ga (er. avv. 522-486 yy.) urug’ aristokratiyasi huquqlarini ancha cheklashga va o’zining hokimiyatini mustahkamlashga yordam berdi.
Podshoning cheklanmagan hokimiyati nafaqat zodagonlarga, balki erkin jamoachilarga, shuningdek, bosib olingan viloyatlarning zodagonlariga tayanar edi.
Doro I ulkan imperiyasi alohida viloyatlarga – satrapliklarga bo’linib, ularning soni 20 ga yetadi. Har bir satraplik har yili ma’lum bir soliq (o’lpon) to’lashi lozim edi. Satrapliklar solig’ining kattaligi kumush talantlarda (og’irlik o’lchovi qariyb 34 kg) belgilangan.
Soliq yig’imlarini tartibga solish maqsadida Doro I yagona tanga-pul tizimini joriy etdi, uning asosini og’irligi 8,4 g bo’lgan oltin darik tashkil etib, uni 20 ta kumush tanga-siklga almashish mumkin edi (sikl 5,6 g tashkil etgan). Tilla tangani faqat podshoning o’zi zarb etgan, kumush tangalarni alohida viloyatlar hokimlari ham zarb etish huquqiga ega bo’lgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Doro I yozuvlarida O’rta Osiyo qariyb barcha viloyatlari: Baqtriya (Marg’iyona bilan birgalikda), Sug’d, Parfiya, Xorazm tilga olingan. Ahamoniylar imperiyasidan tashqarida, faqatgina hozirgi Farg’ona va Toshkent vohasi qolgan.
Ahamoniylar tarixining keyingi davri ichki kelishmovchiliklar, to’xtovsiz saroy to’ntarishlari, yunonlar bilan bo’lgan urushdagi mag’lubiyatlar bilan xarakterlanadi. Natijada Iskandar Zulqarnayn yurishlari davriga kelib, qator viloyatlar Ahamoniylarning markaziy hokimiyatidan chiqib ketadi. Ushbu viloyatlar ichida Xorazm hamda saklar bor edi. Baqtriyaning bu vaqtdagi satrapi Bess baqtriyaliklardan tashqari so’g’dlar ustidan ham hukmronlik qilib, o’zining hokimiyatini Parfiyaga ham o’tkazmoqchi bo’ladi.
Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan O’rta Osiyo xalqlari, shuningdek, Osiyoning boshqa viloyatlari, Afrika va Yevropa aholisi o’z yelkalarida Eron shohlarining butun og’irligini ko’tarishga majbur edilar. «Dunyoviy imperiya»ning boshqa xalqlari singari baqtriyaliklar, so’g’dlar, parfiyaliklar, xorazmliklar va saklar Eron shohiga ulkan o’lpon to’lashar edi. Eronliklar ushbu soliqlardan ozod edilar; Eron aholisi boshqa viloyatlardan olinadigan soliqlar evaziga yashar edi. Forslarning o’zlari davlat va harbiy apparatning asosini tashkil etib, uning zamirida Ahamoniylar armiyasining o’n minglik «o’lmas» gvardiyasi tashkil etilgan.
Pul yig’imlari bilan bir qatorda natural yig’imlar mavjud edi; ayrim satrapliklarda u soliqning asosini tashkil qilgan.
Gerodotning ma’lumotiga ko’ra, ahamoniylar davrida O’rta Osiyoda yana bir qo’shimcha soliq turi bo’lib, sun’iy ko’l (suv ombori) suvlaridan foydalanganlik uchun odatdagi soliqdan tashqari katta miqdorda soliq olingan.
Hurlik va ozodlikni sevuvchi O’rta Osiyo xalqlari uchun Eron shohlarining mustabid tuzumiga qarshi kurashgan. Shular jumlasiga Marg’iyonadagi Frada qo’zg’oloni misol bo’la oladi. Biroq eronliklar O’rta Osiyoda o’z hokimiyatini mustahkamlash uchun ijtimoiy tayanch topa bildilar. Birinchi ahamoniy shohlar tub yer aristokratiyasi bilan ittifoq tuzadilar.
Ijtimoiy differensiasiya jarayoni avj olmagan ko’chmanchi qabilalarda Kir muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, rivojlangan o’troq dehqonchilik viloyatlarida ahamoniylar o’z o’rinlarini mustahkamlab oladi.
Iskandar Zulqarnayn yurishlari davridan xabar beruvchi manbalarda So’g’d va Baqtriyadagi fors gornizonlari haqida biror-bir ma’lumot berilmaganligi ko’zga tashlanarli hol. Va aksincha, barcha manbalarda faqatgina yerlik aristokratiya vakillari Baqtriya satrapi Bessga bo’ysunishi haqida ta’kidlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, O’rta Osiyodagi Ahamoniylar hokimiyati eronliklar adminstrasiyasi va harbiy gornizonlar evaziga emas, balki viloyatlar hokimlarining «shohlar shohiga» vijdonan xizmat qilishiga tayanardi. Bu ahvol Ahamoniy shohlaridan qo’rquv uchun emas, balki zodagonlarga aynan shu sharoit qo’l kelgan edi.
Yaqin Sharqning ilg’or davlatlari (Bobil, Lidiya va b.) bilan aloqalarning kuchayishi, savdoning rivojlanishi, mehnatkash xalq ommasidan yangidan-yangi soliq undirish shakllarini kirgizish kabi harakatlar aristokratiyaning yuqori qatlamlarining kuchayishiga olib keldi. Biroq shu bilan birga tub yerlik zodagonlar o’z yerlaridan undirilayotgan soliqning ko’pchilik qismini Markaziy Ahamoniy hokimiyatiga topshirish kerak edi; harbiy yurishlardan tushgan daromad undan ham kam edi. Bu ahvolga O’rta Osiyo aristokratiyasi ko’nikadi, lekin o’z vatandoshlari ustidan to’lasincha hokimiyatni egallash uchun kurash viloyatlarda turli davrlarda turlicha kechgan.
Eramizdan avvalgi IV asrda Ahamoniylar davlati zaiflashgan bir vaqtda. Xorazm kabi chekka viloyatda bu kurash Eron hukmronligi nazorati ostidan chiqishga va mustaqil Xorazm davlatini barpo etishga olib keldi. Baqtriyada esa bu holat taxt tepasiga o’z hokimini qo’yib, nafaqat satrapiyaga, balki butun imperiyaga hukmronlik qilishda ko’rinadi.
Ahamoniylarning oxirgi shohi Doro III o’limidan so’ng va imperiyaning katta qismi Iskandar Zulqarnayn qo’liga o’tgandan so’ng ham Baqtriya zodagonlari o’zining satrapi Bessni qo’llab-quvvatlaydi, «Osiyo podshosi» bo’lishiga ko’maklashadi. Diodor Sisiliyskiyning so’zlariga qaraganda, «Baqtriya xalqi» Bessni podsho deb e’lon qiladi.
Baqtriya o’ta qudratli satrapiya bo’lib, Ahamoniylar imperiyasida boshqaruvchilik holatiga da’vogarlik qilishi mumkin edi, Baqtriya jamiyatining yuqori qatlami Ahamoniylar adminstrasiyasida muhim amallarni egallagan edi. Boshqa bir tomondan esa, Baqtriya zodagonlari bilan bo’lgan ittifoq Ahamoniylar sharqdagi ahvolini mustahkamlardi, g’arbda esa faol harakatlar qilishga yo’l ochib berar edi.
Baqtriya satrapiyasining qudrati O’rta Osiyo viloyatlarining iqtisodiy o’sishiga tayanar edi. Viloyatlarning barchasi u yoki bu holatlarda Baqtriya bilan bog’liq bo’lib, ayrim vaqtlarda yagona siyosiy-adminstrativ birlikni tashkil etgan. Bu iqtisodiy o’sish, O’rta Osiyoda o’sha davr uchun xos quldorchilik munosabatlarining rivojlanishi bilan bog’liq edi.



Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish