Qadimgi dunyo tarixi


-мавзу QADIMGI ERON Reja: Ahamoniylar sulolasining xokimiyat tepasiga kelishi



Download 32,88 Mb.
bet16/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

5-мавзу
QADIMGI ERON
Reja:

  1. Ahamoniylar sulolasining xokimiyat tepasiga kelishi.

  2. Doro I isloxatlari

  3. Qadimgi Eron madaniyati.



Tayanch iboralar: Ahamoniylar davri. Kayhisrav. Parsua davlati. Kir II. Kabmiz. Bordiya. Doro I. Gorda. Kurtaj. Satraplik. Agrar munosabatlar. Soliq tizimi. Madaniyat. Tabiiy sharoiti. Aholisi. Gerodot. Yozma manbalar. Bexustun yozuvi. Avesto.

Eron baland yassitog’lik mamlakati bo’lib, uni deyarli hamma tomondan tog’ tizmalari urab turadi. Janubda va janubiy-g’arbda platosini janubiy Eron tog’ yoyi o’rab olgan. Shimoli-g’arbda Zagra tog’lari Eronni Mesopatamiyadan ajratib turadi. Sharqda Boraguy tog’lari va Sulaymon tog’lari Eron yassitog’ligini hind havzasining g’arbiy qismidan ajratib turadi. O’rta Osiyodan Kopet-Dog’ va Xindikush tog’lari ajratadi. Umuman olganda Eron tog’lari bilan uralganligi uchun tashqi, qushni xalqlar bilan o’zilib qolgan va qa’lada yashagandek yashagan.
Eron iqlimi bilan ham o’ziga xos xususiy kasb etadi. Quruq kam yomg’ir bo’ladigan o’lkadir.. Qishi sovuq yog’inlar ko’p bo’ladi. Eron teritoriyasida daryolar juda oz va kam suvli. Kema qatnoviga noqulay va va dengizgacha daryolar qo’yilmaydi.

Mesopatamiya bilan Eron yassitog’ligi o’rtasida joylashgan tog’lik oblastlarda eramizdan oldingi ikkinchi ming yillikdayoq kassit qabilasi yashagan. Yunon avtorlari bergan ma’lumotlarga ko’ra, ularni kissay, kasniy deb ataganlar. Ularning bu qabilaviy nomi Kaspiy dengizi nomidlan saqlanib qolgan. Shuningdek Karun va Karxa daryolari havzasidagi Shumerdon Sharq tomondagi tog’li o’lkada Elomiy qabilalari yashar edilar. Shimolroqdagi tog’lik hududlarda lulubey qabilalari yashagan. G’arbiy eronda katta qabila itifoqi tuzgan midiyaliklar va forslar to’g’risida birinchi marta eramizdan avval IX asrda Osuriya yozuvlarida gapiriladi. Kassit, lulubey , elomliklar old Osiyoning azalgi aholisiga kirgan.
Eron teritoriyasida yozma manbalar juda kam topilganligi sabali bu mamlakatlarning qadimgi zamondagi tarixi ham yetarli darajada o’rganilmagan. Ahamoniylar sulolasidan eramizdan avval 558-330 yillar chiqqan dastlabki Eron shohlarining hukmronlik qilgan davriga oid topilgan kam sonli Eron mix(xat) simon yozuvlari orasida Kerman shohning sharqidagi Bexustun qoyasiga o’yib yozilgan katta xat juda ahamiyatga ega. Bu yozuvda Eron podshosi Daro-I Ko’shbiz o’lgandan keyin ko’tarilgan qo’zg’olonni qanday qilib bostirganini, isyonchilarni qanday qilib tor-mor etganini, saklarga qo’shin tortib, Eron davlatining butunligini qanday qilib tiklaganini Mufassaya tasvirlaydi. Suvayish papali rayonida saqlangan va Misr tiliga tarjima qilingan qadimgi Eronning mixxati ham shu shohga mansubdir. Bu yozuvda Nil bilan Qizil dengizni birlashtiruvchi kanal qazilganligi, undan keyin «kemalar shu kanal orqali Misrdan» Eronga qarab yura boshlaganligi ggapiriladi. Su zadash saroy qo’rilishiga doir yozuvda DaroI ning binokorlik faoliyati to’g’risida xabar beriladi. Qadimgi Elam shahrining xarobalaridan topilgan bu yozuvda saroy binokorligi va uning qurilishi to’g’risida himmatli ma’lumotlar bor. Daro I ning yozuvlarida, qisman Bexustun va Naqhi Rustam yozuvida Eron shohini tarkibida oblast va mamlakatlarning ro’yxati saqlanib qolingan.Kserksning yaqinginada topilgan yozuvi qadimgi eronliklarning dinini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Bu yozuvda qadimgi qabila xudolari- doyvlar man qilinib, davlat tomonidan tanilgan oliy xudo Axuramazdaga sig’inish rasm qilingani aytilgan.

Bobil va Misr yozuvlari qadimgi Eron yozuvlarining kamchiligini bir qadar to’ldiradi. Masalan, Kayxisrav (Nir)ning monifesti va Nobonidning Bobil xronikasi Bobilning Kayxisrav qo’shinlari tomonidan bosib olinishini batafsil tasvirlaydi va Eron davlatiga asos solgan bu kishining tashqi va ichki siyosati to’g’risida bir qancha ma’lumotlar beradi. Yani Bobilning Ahamoniylar zamoniga oid juda ko’p hujjatlari Mesopatamiyaning shu davrdagi xo’jalik va ijtimoiy tuzumini ochiq-oydin qilib tasvirlab beradi. Eronliklarning Misrni istilo qilgan va Eron shohlarining Misrda hukmronlik qilgan zamondagi Misr yozuvlari ham katta ahamiyatga ega. Masalan, Soysdagi ma’buda Naytning bosh ruhoniysi nohin Ujagorresentning yozuvi ham Misrning oliy kohini bilan Eron podshosi o’rtasidagi munosabatni aniqlashga imkon beradi. Misr ning Eronliklar tomonidan istilo qilingan davrdagi xo’jalik hayotini xaraterlovchi demotik yozuvlar ham xuddi shu davrga oiddir.
Taxminan VIII-VI asrlarda Kaspiy dengizidan janubda va janubiy g’arbda mstaqil Midiya davlati vujudga kelgan Midiya territoriyasiga Zagr daryosining tog’lik o’lkalari va o’lkalarning sharq tomonidagi unumdor tekisliklar kirgan. Eramizdagi oldingi IX asrdagi ossur yozuvlarida madoy qabilalari tilga olinadi; osuriylar madeylarga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Ossuriya posholari sharqdagi bu uzoq mamlakatlarga qo’shin tortib borib, u yerdan juda ko’p asirlar va o’ljalar olib qaytganlar. Eramizdan avval 835 yilda Salomanasar III madoyilar (midiyaliklar) mamlakatiga bostirib borib, Ossuriyaning Arbeli degan shahrining sharq tomonida, ancha uzoqda joylashgan Midiya o’lkasiga kirib boradi. Tiglatpalasar III Zagrning tog’lik o’lkalariga va madoylar mamlakatiga qo’shin tortib borib, bu yerlardan juda katta (miqdorda asirlar olib qaytgan) o’lja; otlar, xachirlar, tuyalar, qo’ylar va ko’p miqdorda asirlar olib qaytganlar va bu asirlarni qullarga aylantirgan. 673 yilda asarxedan “sho’rxok cho’l” ga yaqin joydagi Patush Arri mamlakatiga “uzoq midiyaliklar mamlakatiga” qo’shin tortib borib, u yerdan “Shidir parpa (forscha Shitra farpa) va Erondagi qudratli shaharlarning hokimlarini asir qilib minadigan otlarini , chorva mollari, qo’y-echkilari va tuyalari bilan birga” haydab olib ketgan.
Manbalardagi ma’lumotlar juda oz bo’lganligi uchun Midiya davlatining tashkil topish jarayonini to’liq ta’riflab bo’lmaydi. Bu to’g’risida ba’zi bir ma’lumotlar Gerodot asrlarida saqlanib qolgan. Gerodat, Midiya podsholigining tashkil topishidagi uzoq davom etgan jarobini midiyaliklar orasida “taqvador sudya” Deyono tomonidan hokimiyatini bosib olish haqidagi yarim tarixiy anekdot tarzida ifodalab, shu Deyona “midiyaliklarni bir shahar tuzishga majbur qiladi” va “midiya xalqini bir xalq qilib birlashtiradi” deb xabar beradi. Ossur yozuvlari bu hikoyaning ba’zi bir tafsilotlari to’g’ri ekanligini tasdiqlaydi. Ossur yozuvlarida aytilishicha, mannoylar mamlakatida qala boshlig’i “Dayaukku degan odam sargon bilan jang qilganu, lekin mag’lubiyatga uchragan. Gerodotning xabar berishicha, Deyono Midiya qabilalarini bir davlat qilib birlashtirgan, Ekbatano degan katta shahar qurdirgan, Ekbatana-Hagmatino (maj. o’rni) o’rni shaklida Eron yozuvlarida uchrab turadi, bu shahar hozirgi Hamodan shahri o’rnida bo’lgan bo’lsa kerak. Yunon tarixchisi Polibiy (eramizdan avval II asr) Midiyaning qadimgi poytaxtini aniqroq qilib tasvirlangan asarni saqlagan bo’lib, uning tasvirini boshqa manbalar ham tasdiqlaydi. Bu davrda Midiya qabilalar ittifoqidan iborat bo’lib, bunda harbiy qabila demokratiyasiga xos burungi rasm-odatlar hukm surgan bo’lsa kerak. Gerodot Midiyaning ikkinchi podshohi Fraort haqida ham to’xtalib o’tadi. Keyinchalik Midiya Kiaksar zamonida kuchli davlatga aylanadi. Uning o’g’li Astig uzoq podsholik qilgandan keyin (eramizdan avval taxminan 580-550 yillar) Eron davlatiga asos solgan Kayxisrav bilan kurashda yengiladi. Eramizdan avval VI asr o’rtalarida ancha ketma-ket Eron podsholigi tashkil topgan. Tarixiy tradisiya va antik avtorlar bu davlatga Kayxisrav II asos solganini KayxisravII, Ashshurbanipnalga zamodosh bo’lgan Kayxisrav, vorislaridan biri ekanini tasdiqlaydi.
Kayxisrav Midiyani istilo qilgandan keyin ham keng miqyosdagi istilochilik siyosatini avj oldirib, bu bilan Ossuriya (Mustabid) podsholari ishini davom qildiradi. Kayxisrav qisqa vaqt ichida Armaniston, Keppodaniya, Midiya (eramizdan avval 547-548 yillar) va nihoyat Bobilni (eramizdan avval 538 yil) istilo qiladi.
Kayxisrav o’tmishidan so’ng taxtga uning o’g’li Kambiz o’tiradi. Kambiz qo’zg’olon ko’targan xalqlarni bostiradi.
Kambiz Pemuziya yonidagi jangdan so’ng Misrliklarni batamom yengan. Liviyaliklar
Eronliklarga jangiz taslimbo’lganlar

Eramizdan avvalgi 9-7 asrlardayok Ossuriya yozuvlarida Parsua davlati tilga olinadi; bu oldingi Elam xududidagi Parsa yoki Parsua – Fors oblasti bulib, fors qabilalari tomonidan tashkil etilgan asosiy davlat edi. Parsuadan tashkari er. avv. 7 asrda Elamdan sharqda bir qancha kichik davlatchalar bo’lib, ular forslarning qabilaviy ittifokiga kirgan va ularni ahamoniylar sulolasidan bo’lgan yo’lboshchilar boshqargan. Er. avv. 7 asrning 40-30-yillarida Ossuriya podshosi Ashshurbanipal tomonidan Elamning tor-mor etilishi bilan forslar Elam despotiyasidan qutuladilar, lekin Midiya qaramligiga tushadi. 558-yilda Eron shohi Kir II maydonga keladi. U fors qabilalarini birlashtirib, Pasargada shahrini barpo etib, Eron davlatining poytaxtiga aylantiradi. 553-yilda Kir Midiya podshosi Astiagga qarshi isyon ko’taradi. Uch yil davom etgan urush forslar g’alabasi bilan yakunlanadi. Midiya poytaxti Ekbatana olinib, Astiag asir etiladi. Kir Eron va Midiya podshosi bo’ladi. 550-yilda Midiyani zabt etgan Kir, keyingi 2 yil ichida Parfiya va Girkaniyani egallaydi. 546-yilda forslar Egey dengiziga chiqadilar. 545-539 yillar oralig’ida Kir hozirgi Eron, Afg’oniston territoriyalarini, Drangiana va Baqtriyani, O’rta Osiyoni egallaydi.


Shunday qilib, Eron podsholigi hukmronligi Hindistonning shimoliy–g’arbiy chegarasigacha, Hindiqushning janubigacha va Sirdaryo basseynigacha yetadi. 539-yilning avgust-sentyabr oylarida forslar Bobilni zabt etdi. Bobil manbalariga qaraganda, Kir Bobilga kelishi bilan u yerlik aholini Nabonid zulmidan ozod etadi. Kir Mesopotamiyani bosib olgach, Bobil podsholigini formal saqlab qoladi, mamlakat ijtimoiy tizimini o’zgartirmaydi.
Qadimgi muqaddas urf–odatlarni bajargan Kir «Bobil podshosi» unvonini oladi.
Aslida Bobil mustaqil podsholikdan Ahamoniylar satrapiyasiga aylanadi. Mamlakat ichkarisidagi oliy harbiy va adminstrativ hokimiyat eronliklar qo’lida edi. Bobil egallangach, barcha g’arbiy davlatlar Eron zulmi ostiga o’tadi. Butun Yakin Sharqni zabt etgan Kir massagetlarga qarshi urushda yengiladi va halok bo’ladi. 530 yil avgustida Ahamoniylar imperiyasining shoxi Kambiz maydonga keladi va Misrga yurish boshlaydi. Misr armiyasi mag’lub bo’ladi. 525-yilning may oyida Misr Eron satrapiyasiga aylanadi. Keyinchalik Kambiz Efiopiyaga yurish uyushtiradi, lekin bu yurish unga muvaffaqiyat olib kelmaydi. 522-yilning martida u o’z ukasi Bardiya Eron taxtini egallaganini eshitib, maxfiy ravishda uni o’limga mahkum etadi. Biroq Bardiya 522 yilning sentyabrigacha mamlakatni idora etadi. Shundan so’ng isyonchilar tomonidan o’ldiriladi. Isyonchilardan biri 28 yoshli Doro bo’lib, u Ahamoniylar sulolasidan edi. Doro I tomonidan taxt egallangach, unga qarshi Bobil bosh ko’taradi. 522 yilning dekabrida forslar Bobilni zabt etadi. Doro I ning o’zi bu yurishga bosh-qosh bo’lgan bir paytda unga qarshi Eron, Midiya, Elam, Marg’iyona, Parfiya, Sattagidiya, O’rta Osiyodagi sak qabilalari va Misr qo’zg’alon ko’taradi. Ahamoniylar imperiyasini qayta tiklash uchun qonli urush boshlaydi. Bir yarim yildan ko’proq vaqt ichida Doro jangu jadal evaziga Kir va Kambiz imperiyasigi o’zining oldingi chegaralarigacha qayta tikladi.



Ahamoniylar imperiyasiga Kichik Osiyo viloyatlari, Elam, Bobil, Suriya, Finikiya va Misr kirgan edi. Bundan tashqari forslar urug’chilik tuzumi yemirilishida turgan ko’chmanchi arab va skif qabilalarini ham zabt etdi. Sharqiy viloyatdagi eronliklar patriarxal natural xo’jalik yuritsalar, g’arbiy viloyatdagilar esa ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni saqlab qolganlar. Bu yerda tovar-pul munosabatlari yuqori rivojlangan edi.
Eronning o’zida Garda (fors) va Kurtaj (elam) deb nomlangan ishchilarni ekspluatasiya qilish xarakterli edi. Ular ko’p sonli harbiy asirlardan, jamoachilardan, yollanma ishchilardan tarkib topgan otryadlar edi. Gardalar ko’p sonli saroylar qurilishida ishlar, podsho chorvasini boqar, qishloq xo’jaligida mehnat qilgan. Bundan tashqari obrok qullarni, arendatorlarni ekspluatasiya qilish saqlanib qolgan edi. Shuningdek, harbiy kolonistlarni ko’chirish siyosati olib borgan.
Kir va Kambiz avvalgi ichki boshqaruvni saqlab qolib, zabt etilgan aholini ma’lum darajada o’z-o’zini boshqarish erkinligini qo’yib qo’ygan edi. Biroq 522-521 yillardagi qo’zg’olonlar Ahamoniylar imperiyasining zafligini ko’rsatdi. Shuning uchun Doro islohotlari mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga, zabt etilgan mamlakatlar ustidan qat’iy nazorat o’rnatishga, soliqlar yig’imini tartibga solishga va armiya qo’shin kontingentini ko’paytirishga qaratilgan edi. Ushbu islohotlarni amalga oshirishda qator yillar kerak bo’ldi. Islohotlar natijasida Bobil, Misr va boshqa mamlakatlarda yangi adminstrativ tizim barpo bo’ldi va u Ahamoniylar hukmronligining oxirigacha deyarli o’zgarmay qoladi. Doro I mamlakatni satrapiyalarga bo’ladi. Satrapiyalar o’z razmerlari jihatidan oldingi mamlakatlarning davlat va etnografik chegaralariga mos kelardi (masalan: Misr, Midiya, Elam va boshqalar). Satrapiyalar ichida avtonom, o’z-o’zini boshqaradigan qabilalar va shaharlar bo’lib (Finikiya, yunon), eronliklar ularning ichki ishlariga aralashmas edi. Satrapliklar ro’yxati Bexistun yozuvida va boshqa qadimgi fors yozma manbalarida o’z aksini topgan. Ularda 23 mamlakat qayd etilgan. 20 satrapliklar ichida 70 ga yaqin xalqlarni Gerodot ham o’z kitobida eslab o’tadi.
Yangi adminsrativ okruglarning boshida satraplar turgan. Kir va Kambiz davrida hamda Doro I ning birinchi idora qilgan yillarida tub yerlik chinovniklar satrap etib tayinlanar edi. Doro I ning islohotlarida boshqaruv tizimiga eronliklarni tayinlashga qaratilgan edi. Islohotga ko’ra satrapliklarda fuqarolik va harbiy boshqaruv funksiyalari alohida alohida edi.
Satraplar va harbiy qo’mondonlar bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’lib markaziy boshqaruvga bo’ysinar edi. Podshoning hamda maxfiy polisiyaning doimiy nazoratida turar edi.
Ahamoniylarning yozuvlari uch tilda akkad, elam, kadimgi fors tilida hamda uch xil mixxat uslubida toshga o’yib yozilgan.
Ahamoniylar boshqaruv sistemasida boshqa xalqlarning davlat boshqaruvida qatnashishi keng qo’llanilgan. Bobil, Misr, Kichik Osiyo va boshqa viloyatlarda bobilliklar, misriliklar, yaxudiylar, aramiylar, elamiylar, yunonlar va boshqalardan o’zlarining ko’p asrlik texnik va adminstrativ tajribasiga ega bo’lganliklari uchun shahar boshliqlari davlat arsenallari boshqaruvchilari podsho qurilish ishlaridagi boshqaruvchilarni ishlatishar edi.
Doro islohotlari agrar munosabatlar tizimida ham o’zgarishlarga olib keldi. Zabt etilgan aholidan yerning bir qismi tortib olindi. Bu yerlarni ahamoniylar yirik yer uchastkalari qilib podsho oilasi vakillariga chinovniklarga va shunga o’xshash oliy mansab shaxslarga merosiy mulk sifatida bo’lib berishgan. Ular davlat soliqlaridan ozod etilgan.
Eron shohlariga O’rta Osiyodagi irrigasiya tizimi, Suriyadagi o’rmonlar, Misrdagi Fayum vohasidan ovlangan baliqdan olingan daromadlar, konlar, davlatning turli burchagidan bog’lar, saroylar ham tegishli bo’lgan.
Soliq tizimida ham bir muncha o’zgarishlar ro’y beradi. 518-yilga kelib, Doro I yangi umumdavlat solig’ini joriy etadi. Barcha satrapiyalar har bir viloyatga taalluqli va belgilab berilgan pul solig’ini to’lashi kerak edi. Ko’pgina davlatlar bir yil ichida 7740 bobil kumush talanti (232200 kg) to’lash kerak edi. Ushbu miqdorning katta qismi Kichik Osiyo, Bobil, Suriya, Finikiya va Misrga to’g’ri kelar edi. Midiyani egallagan eronliklar tilla tangalar bilan tanishadi. 517 yildan keyin Doro I Ahamoniylar imperiyasida tanga pul birligini joriy etib, u 8,4 gramm tilla tangani tashkil etgan.
Ahamoniylar imperiyasida quyidagi tanga tiplari zarb etilgan: 1) podsho, 2) satraplik, 3) podsho tasviri tushirilgan provinsial, 4) eronliklarga tobe bo’lgan avtonom shaharlar va mamlakatlar tangalari.
Odatiy almashuv vositasi sifatida podsho kumush sikli xizmat qilgan. U 5,6 g og’irlikda bo’lib, asosan Kichik Osiyo satrapiyaliklarida zarb etilgan.
Davlat soliqlari sifatida to’plangan pullar, bir necha o’n yilliklar mobaynida podsho xazinasida yig’ilgan, faqatgina uning bir qismi saroy va adminstrasiyani ta’minlash uchun ishlatilgan. Shuning uchun savdoda tanga va qimmatbaho metallarning quymalari yetishmagan. Bu esa tovar-pul munosabatlariga putur yetkzgan, shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri tovar ayirboshlashga majbur etgan.
Ahomiylar zamoniga oid qadimgi Eron tilidagi mixsimon ozgina yozuvlar Eron hududan tanilgan badiiy rasmlar va diniy e’tiqod buyumlari, shuningdek antik avtorlar qoldirgan ba’zi bir ma’lumotlar Eron xalqlarining eng qadimgi dinini umumiy tarzdagina tasavvur qilishga imkon beradi, xolos.
Eron xalqlarining eng qadimgi diniy qarashlari juda ibtidoiy bo’lib, u qadimiy urug’chilik tuzumiga, ko’proq o’troq chorvachilik va dehqonchilik xo’jaligiga asoslangan va lekin hali ko’chmanchilik hayotining ba’zi bir xususiyatlarini saqlab qolgan urug’chilik tuzumiga juda mos kelgan.
Masalan, «Avesto»da muqaddas tog’lari sanab ko’rsatilgan yer madhiyasi saqlanib qolgan. Gerodat esa eronliklar «eng baland tog’larda» qurbonlik qilar edilar deb ko’rsatadi. Qadimgi sharqdagi boshqa xalqlar singari, eron qabilalari ham muqaddas suv stixiyasiga topinganlar, suv stixiyasi to’ng’ich suv yoki muqaddas Vorunshi ko’ni tarzida tasavvur qilingan. «Suvda yashovchi» Apam-Napat suv ruhiga topishishning qadigi qoldiqlari «Avesto»da saqlangan, oliy xudoning o’g’li hisoblangan muqaddas olovni ayniqsa izzat hurmat qilganlar. Muqaddas olovga topinish keyinchalik alohida ahamiyatga ega bo’lib, eron xalqlarining markaziy e’tiqodi sifatida keng yoyilgan. Qadimgi eronliklar qadimgi sharq xalqlarining madaniy yutuqlaridan keng foydalanganlar. Gerodot ham; Eronliklar chet el xalqlarining urf-odatlarini boshqa xalqlardan ko’ra tezroq qabul qilib olganlar. Ular hatto midiyaliklarni kuylaklarini kiyganlar va kuylaklarni o’zlarinikidan ko’ra chiroyliroq deb bilganlar, urushda esa misrliklarning sovutlarini kiyganlar, deb aytib o’tgan
Saroylarning pog’anador va zinapoyali qilib qurilishi podsho saroyiga afsanoviy hayvonlar (misdu-lamassu) shaklidagi asrovchi shuakillar haykalining qo’yilishi Eron arxitekturas ining qadimgi Mesopotomiya xalqlari me’morchiligiga o’shashligini ko’rsatadi.


Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish