Qadimgi Baqtriya podsholigi. Qadimgi Baqtriya dehqonchilik rayonlarining tuzilishi



Download 111 Kb.
bet4/6
Sana08.08.2021
Hajmi111 Kb.
#141789
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Baqtriya

3. Qadimgi Baqtriya madaniyati

Tallashqon yodgorligi to‘liq tadqiq qilingan. Bu yodgorlik doira shaklida bo‘lib, diametri 135 metr, 5 metrli devor bilan o‘ralgan, tashqi tomondan 15 ta burj bilan mustahkamlangan. Qal’a devori hamda burjlarda shaxmat kataklari tarzida qurilgan, ikki qator shinaklar joylashgan. Qal’a darvozasi uzun yo ‘lak shaklda bo‘lib, harbiy jihatdan juda mustahkam. Tallashqon qal’asining ichki qismidagi uylar qal’a devoriga taqab qurilgan, o‘rtasi hovli sifatida ochiq qoldirilgan. Bu erdan ko‘plab o‘q-yoy, temir bo‘laklari, sopol buyumlar va boshqa turdagi hunarmandchilik ashyolari topilgan.

SHo‘rchi tumanida joylashgan Qizilcha, Muzrabotdagi Kuchuktepa, Pishaktepa yodgorliklari ham to‘liq o‘rganilgan. Bu obidalardan ham qadimgi Baqtriya madaniyatiga oid muhim ma’lumotlar olingan. Qadimgi Baqtriya madaniyatining

Turon xalqlari tarixida tutgan o‘rni beqiyosdir, baqtriyaliklar nafaqat o‘zlari rivojlangan san’at, hunarmandchilik va shahar madaniyati sohibi bo‘lganlar, balki bu madaniyatni qo‘shni hududlarga ham tarqatgan. Qarshi vohasidagi Erqo‘rg‘on, Samarqanddagi Afrosiyob va boshqa shaharlar Baqtriya madaniyatining bevosita ta’siri ostida shakllangan. Bu yodgorliklardan Qadimgi Baqtriya madaniyatiga oid hunarmandchilik ashyolari topilgan, hatto shahar qurilish uslublari ham aynan Baqtriya me ’morchiligiga monand.



Baqtriya madaniyati miloddan avvalgi IV asrning 30-yillarida boshlangan Aleksandr Makedonskiy istibdodi oqibatida inqirozga yuz tutadi. Makedoniyalik Aleksandr va uning lashkarboshilari voha aholisini birma-bir qilichdan o‘tkazgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Viloyatdagi qadimgi Baqtriya madaniyatiga oid 36 yodgorliqdan 33 tasi bosqinchilar hujumi tufayli yondirilgan va vayronaga aylantirilgan. Kushonlar davri O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston xalqlari tarixidagina emas, balki butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. Bu davrda etnik madaniyati, tili va dinlari har xil bo‘lgan xalqlarningsiyosiyjihatdan birlashishi ayniqsa, muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Turli xalqlar madaniyatining chatishishi natijasida bu erda o‘ziga xos yangi madaniyat shakllandi va rivojlandi. Baktriyada hind madaniyatining, ayniqsa budda dini bilan bog‘liq bo‘lgan san’atning ta’siri orta bordi. Buning asosiy sababi taxminan to‘rt asr davomida Baqtriya va Hindistonningyagona saltanatKushonlar podsholigi tarkibiga kirganligi va Kanishka tomonidan budda dinining kushonlar saltanatining davlat dini deb e’lon qilinishidir.

O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan baqtriyaliklar orasida din erkinligi mavjud edi. SHuning uchun aholi har hil dinlarga topingan. Baqtriyaaholisi orasida ayniqsa, budda va zardushtiylar diniga e’tiqod qiluvchilar ko‘p bo‘lgan. Bu erda ko‘mish marosimi ham turlicha bo‘lgan.

CHunki har bir din o‘ziga xos ko‘mish qoidalarini ishlab chiqqan. Dalvarzintepa yaqinidan tadqiqotchilar sag‘ana qoldig‘ini o‘rganishlari natijasida, uning eng pastki qatlamida odamlar yotgan holda xumga ko‘milganliklari aniqlangan. O‘rta qatlamda avval daxmada tozalangan odam suyaklari qayd qilingan va o‘rta qatlamda ko‘milgan odamlar zardushtiy diniga mansub kishilar ekanliklari ma’lum bo‘lgan. SHuning uchun ularni zardushtiylarning odatiga binoan ko‘mganlar.

YUqori qatlamda odamlar bir-birlari ustiga ko‘milganlar. Mazkur sag‘ana miloddan oldingi II-I asrlarda qurilgan bo‘lib, undan kushonlar davrida ham foydalanganlar Kushon davlatida turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlarning birlashtirilishi natijasida Kushon shohlari diniy bag‘rikenglikka katta e’tibor beradilar, bu holat Kanishka va Xuvishka tangalarida Avestodagi xudolar, Baqtriya va hind aholisining e’tiqod qiluvchi boshqa xudolarining aks ettirilishida ko‘zga tashlanadi.

Ular Otash, Oxsho, Mihra, Moh, Nana, Ardoxsho va boshqalardir. Vima Kadfiz va Vasudeva I tangalarida xindlar xudosi SHiva tasvirlangan. Kushonlar davrida budda dini bilan birga O‘rta Osiyoga hinduizmnig elementlari xam kirib keldiki bular san’atda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Hinduizm Hindistonda I ming yillik o‘rtalarida vujudga kelgan bo‘lib, o‘zida muqaddas hayvonlarga, tabiat hodisalariga, ajdodlar ruhiga sig‘inish kabi ko‘plab ibtidoiy tasavvurlarni mujassamlashtirgan. Hinduizmning uch asosiy xudosi bo‘lib, ulardan eng oliy xudo SHiva, Brahma va Vishna bo‘lgan. Ularning o‘z vazifalari bo‘lib, SHiva urush xudosi sifatida tasvirlangan.

Vaqtlar o‘tishi bilan Brahmaga sig‘inish deyarli yo‘qolib borib Braxma va SHivaning funksiyalari qo‘shilib ketadi. SHivaga sig‘inuvchilar uni barcha mavjudotlarning yaratuvchisi va vayron etuvchi, abadiy hayot va harakat manbai deb hisoblaydilar. Ko‘plab tadqiqotchilar SHivani chorvalar homiysi va qo‘riqlovchisi deb talqin etadilar. 1

SHivaga atab Hindistonda ibodatxonalar qurilgan, uning tasviri tushirilgan buyumlar ishlangan. Kushonlar davrida Baqtriya tasviriy san’atiga xam SHiva obrazi kirib keldi. Buni Dilberjindagi xona devorlarining biridagi rasmlardan ko‘rish mumkin. Unda hindlar xudosi SHiva va uning rafiqasi Parvatining ho‘kiz Nandi ustida o‘tirgani tasvirlangan. Ho‘kiz SHivaning hayotbaxsh kuchini ifodalovchi hayvon bo‘lib, u oyoqlariniyig‘ib yotgan tarzda chizilgan va tanasi oq bo‘yoq bilan bo‘yalgan.

SHiva va Parvati yarim yalang‘och holda tasvirlanganlar.

Ularning ikki tomonida ikki odamning rasmi bo‘lgan. Odamlardan birining rasmi deyarli saqlanmagan, ikkinchi odamning tasviri juda yaxshi saqlanib qolgan. Uning egnida uzun oq kiyim. Ko‘ylakning old qismi yo‘l-yo‘l chiziqli bo‘lgan. Uning o‘ng qo‘li yuqoriga ko‘tarilgan.

Ho‘kizning oyoqlari tagida yana bir necha odamlarning rasmi bor. I.T. Kruglikovaning taxminicha, bu rasmlar Kushon shohi Vima Kadfiz zamonida chizilgan.2 Ma’lumki, Kushon shohlaridan birinchi bo‘lib, Vima Kadfiz o‘z nomidan zarb qilingan tangalarning orqa tomoniga SHiva va Nandining rasmini joylashtirgan.

Kopincha SHiva xudosi ho‘kiz tasviri bilan birga ishlangan. Bunday tasvirlar O‘rta Osiyoning kushonlar davri yodgorliklaridan ko‘plab topilgan. SHiva kultining qadimiy CHoch hududida vujudga kelishi ham o‘z navbatida O‘rta Osiyoning kushonlar davlati tarkibiga kirishi bilan bog‘liq. Ma’lumki kushonlar davrida Hindistondan buddizmning kirib kelishi bilan birga SHiva e ’tiqodi xam kirib keladi. CHoch hududlarida yashagan chorvador qabilalar orasida SHivaning ho‘kiz bilan birga ishlangan tasviri chorvalar homiysi va qo‘riqlovchisi sifatida qabul qilingan.1

Qadimdan CHochda ho‘kiz muqaddas hayvonlar sirasiga kirgan. Toshkent vohasidan topilgan ko‘plab yodgorliklardan ho‘kizning shohli boshi tasvirlangan o‘choq tagliklari, dastasiga ho‘kizning boshi tasviri tushirilgan sopol idishlar ko‘plab topilgan. 2 CHochda SHiva e’tiqodining chorvador aholi orasida mavjud bo‘lganligini bu hududdan topilgan SHiva xudosi tasviri tushirilgan metall buyumdan xam yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Qadimiy Baqtriya va CHoch shaharlari antik davrlarda nafaqat ma’muriy va mafkuraviy markazlar bo‘lgan, balki savdo va hunarmandchilik markazlari hamdir.

Mil.avv. II asrdayoq CHjan-Szyan Dax aholisi (Baqtriya) juda mohir savdogar bo‘lganliklarini, poytaxtda esa turli mamlakatlardan keltirilgan mollar sotiladigan bozor bo‘lganini ta’kidlaydi. Bu erda xalqaro savdoni rivojlanishining asosiy sababi, bu hududdan O‘rta Er dengizi mamlakatlarini Uzoq SHarq bilan bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lining o‘tganidir. Bu yo‘lning bir tarmog‘i Polien tomonidan tasvirlanishicha, Baqtriyadan shimolga Amudaryo orqali Tarmitaga o‘tilgan, so‘ng shimoliy-sharq tomonga burilib Surxondaryo voxasi bo‘ylab Qoratog‘ va Qorategin orqali komedlaryurtiga o‘tilgan Yo‘lning boshqa tarmog‘i Tarmitadan so‘ng SHeroboddaryo tomoniga o‘tgan va Temir Darvozadan chiqib So‘g‘dga o‘tgan. Buyo‘llar O‘rta Osiyoni markaziy va shimoliy hududlari bilan va SHimoliy Baqtriyani Hindiston bilan bog‘lagan. 4



Bundan tashqari SHimoliy Baqtriyani Parfiya va Xorazm bilanbog‘lovchi Amudaryodan o‘tuvchi suvyo‘li ham bo‘lgan. CHjanSzyan ma’lumotiga ko‘ra, Guy-shuy (Amudaryo) daryosi orqali savdogarlar o‘z mollarini, boshqa hududlarga olib o‘tganlar. SHu bilan birga Baqtriyani o‘zini ichki tumanlari bilan bog‘lab turuvchi va ichki savdoda muhim o‘rin tutuvchi yo‘llar ham mavjud bo‘lgan. Amudaryo bo‘ylab joylashgan qishloqlar (Kampirtepa, Xotinrabod, Ayvadj) o‘z navbatida savdo manzilgohlari yoki bojxona vazifasini ham o‘tagan bo‘lishlari mumkin.

Bu hududlarning xalqaro savdo aloqalarining rivoji haqida ko‘plab arxeologik topilmalar guvohlik beradi. Bular Hindistondan keltirilgan buyumlar-taroq, shaxmat donalari, folbinllik buyumlari, oltin buyumlar, fil suyagidan ishlangan buyumlar (Dalvarzintepa), Rimdanshisha (Xolchayon), marmardan tayyorlangan bosh tasviri (Ilontepa), maskaron (SHaxri Gul-gul), Neron sestersiyi (Xayrobodtepa); Misrdan- havorang misr pastasidan ishlangan taqinchoqlar va tumorlar (Boysun, Bandixon, Kampirtepa, To‘pxona), papirus (Kampirtepa), Xitoydan-ipak mato parchalari (Kampirtepa, Xolchayon) ko‘zgu (Ayrtom, Barattepa)dir. 1

CHoch shaharlaridan biri bo‘lgan Banokat shahri esa YU.F.Buryakovma’lumotiga ko‘ra milodiy II-III asrlarda So‘g‘ddan CHochga, undanXindiston va Xitoyga boradigan janubiy karvon yo‘lida joylashgan. Bundan ko‘rinadiki CHoch shaharlari kushonlar davrida SHimoliy Baqtriyakabi Hindiston bilan madaniy aloqalar olib borganliklari shubhasiz.



Bu aloqalar CHochning qadimiy shaharlaridan bo‘lgan Ming- O‘rikdantopilgan buddaviylik san’atiga mansub bo‘lgan terrakota topilmasidanma’lum. Ming - O‘rikdan topilgan terrakotada buddaning dxayanamudra holatida o‘tirgani

tasvirlangan.





Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish