Foyfalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy vi-loyat. Asosan hoz. Oʻzbekiston va Tojikistonning jan. viloyatlari hamda Af-gʻonistonning shim. qismini oʻz ichiga olgan. Shim. da Sugʻd, jan. da va jan.-sharqda Araxosiya, Gandxara, gʻarbda Ma-rgʻiyona b-n chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. Baqtriya mil. av. 6—4-a. larda Axomaniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra mil. av. 3-a. oʻrtasidan YunonBaqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; mil. av. 2-a. da toxarlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlagan.
Baqtriyada dastlabki arxeologik tadqiqotlar 19-a. ning 2-yarmidan boshlangan (N. A. Masv. I. V. Mushketov va b.). Shim. Baqtriya hududida 1926 — 28 y. larda Sharqmadaniyati muzeyi (hoz. Sharqxalqlari sanʼ-ati muzeyi) ekspsditsiyasi (rahbari B. P. Denike). 1936 — 38 y. larda Termiz arxeologiyakompleks ekspeditsiyasi (rahbari M. Ye. Massoy), 1953 — 54 y. larda Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi (rahbari M. M. Dyakonov), 1950 — 55 y. lari Oʻzbekiston arxeologiya ekspeditsiyasining Surxondaryo otryadi (rahbari L. I. Albaum) arxeologi k kazish ishlari olib borgan. 1960-y. dan (bir oz tanaffus b-n) Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi (rahbari G. A. Pugachenkova), 1972-y. dan Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-tining Baqtriya ekspeditsiyasi (raxbari V. M. Massoy) arxeologik tadqiqotlarni davom ettirdi. Jan. Baqtriya hududi (Shim. Afgʻoniston)da fransuz arxeologlari — R. Girshman (1936 – 41), D. Shlamberje (1945 – 64), P. Bernar (1964 — 78), shuningdek sobiq Ittifoq-Afgon ekspeditsiyasi (1970 — 78; I. T. Krutikova, V. I. Sarianidi, G. A. Pugachenkova, A. Asqarov, R. Sulaymonov, Sh. Pidayev, 3. Hakimov, V. N. Yagodin va b.) qazish ishlari olib borgan.
Avesto, Bihistun kitobalari, Nakdsh Rustamdagi kitobalar hamda qad. gʻind adabiy yodgorliklari — «Rigveda» va «Ramayana»da Baqtriya haqida maʼlumotlar mavjud. B. Oʻzbekistonda dehqonchilik madaniyati taraqqiy etgan va ilk davlat tuzu mi vujudga kslgan qad. markazlardan biri. Bu yerda mil. av. 2ming yillikniig 1-yarmidayoq oʻtroq dehqonchilik madaniyati mavjud boʻlganligi arxeologi k materiallar b-n isbotlangan. Sotshitepsshan chiqqan topilmalar Baqtriyaning ilk shahar tipidagi qad. qishloqlari tarixiy topografiyasi, meʼmoriy tarhi, madaniyati, aholisining etnik qiyofasi va tarkibini aniqlab berdi.