Issiq sterilizatsiya Quruq issiq sterilizatsiya Kimyoviy sterilizatsiya Havolalar
18javob
Antiseptika (grek. so'z bo'lib anti- qarshi, septika- yallig’'lanish) jaroxatga yoki to'qimaga tushgan mikroblarga qarshi kurash va aseptika (tozalik) - jaroxatga infektsiya tushishini oldini olish. Rejali ravishda qilinadigan aseptika va antiseptika zamonaviy xirurgiyaning muhim tamoyillaridan sanaladi. Aseptika antiseptika bilan birgalikda steril sharoitlar yaratishni ta'minlaydigan tadbirlarga asosan xirurglar faoliyatiga imkoniyatlar ochadi. Mikroblarni rivojlanishi uchun, hayoti uchun qulay sharoit kerak, ya'ni: harorati, osmotik bosimi va ion bir hilligi ta'minlanishi kerak. Klinik amaliyotda antiseptik vositalarni ishlatilganda mikroorganizimlarda moddalar almashinuvi va strukturasi buziladi. Shu tariqa antiseptik vositalar o'zining bakteriosatik ta'sirini bildiradi. Agar antiseptik moddalar mikrob plazmasiga kirsa tarkibidagi oqsil moddasini ivishiga olib keladi, o'z yo'lida mikrob xujayrasini o'limiga sabab bo’ladi va bunda antiseptik moddalar o'zining bakteriolitik ta'sirini bildiradi.
Antiseptik omil turlari mikroorganizmga ta'siriga qarab bo'linadi:
- Mexanik
- Fizikaviy
- Kimyoviy
- Biologik
19javob
Aseptika deb jarohatga infeksiya tushmasligi uchun ko'riladigan chora- tadbirlar sistemasiga aytiladi. Aseptika deganda jarrohlik uchun ishlatiladigan asbob-anjomlarda, turli xil matolarda infektsiyalarni batamom yo'q qilishi yoki sterilizatsiya qilish tushuniladi.
Jaroxatga mikroorganizmlar tushish yo'llari quydagicha bolishi mumkin:
-havo - tomchi yo'li orqali (havodagi changlardan, mayda so'lak tomchilardan)
-anjomlardan (jarroxlik instrumentlaridan, bog'lov materiallaridan va steril bo'lmagan qo'llardan)
-kontakt yo'li orqali
-implantatsion yo'l orqali (jarroxlik iplaridan, har xil protezlardan endogen yo'l orqali (organizmning o'z infektsiyasi)
Bu yo'llar bilan jaroxatga turli xil infektsiyalar tushishi mumkun. Agar operatsiya paytida va undan keyin aseptikaga rioya qilinsa jaroxatga infektsiya tushishini oldi olinadi. Bu o'z navbatida jaroxatda yiringli- yallig’lanish jarayonini oldini olgan bo'ladi.
Havo infektsiyasi - jaroxatga operatsiya xonasi havosidan mikroorganizmlar tushib, zararlanishidir. Uning oldini olishga quydagi puxta uylangan tadbirlar sistemasidan iborat operatsion blok rejimiga qattiq rioya qilish yo’li bilan muvofiq bo’ladi. Xirurgiya bulimlarida va operatsiya bloklarida havo infektsiyasini kamaytirish ularning tuzilishi hamda jixozlanishiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |