ARTERIAL BOSIMNI O’LCHASH TEXNIKASI (rasm.3).
Maqsad: yurak-qon tomir tizimining holatini baholash.
Zarur ashyolar:
Tonometr.
Fonndoskop.
Harorat varag’i.
Bajarish tartibi:
Bemorni o’tirg’izib, xotirjam holatda ekanligiga ishonch hosil qiling.
O’ng qo’lni kiyimdan ozod qilishni taklif qiling.
Bemorning qo’lini stol ustiga ko’targan holda, taxminan yurak darajasida joylashtiring.
Tanometr manjetasini tirsak bo’g’imidan 2-3 sm yuqorida, bunda tanometrning rezina manjetasi yelka arteriyasining markazida joylashishiga ishonch hosil qiling.
Manjetani asbob bilan ulaydigan rezina bemorning tashqi tomonida turganligiga ishonch hosil qiling.
Bemorning tirsak arteriyasidagi pul’sni paypaslang, bir vaqtning o’zida grusha yordamida manjetaga havo yuboring.
Tanometrning o’qiga e’tibor bering va pul’s zarbasi yo’qolguncha paypaslab turing, shundan so’ng havo bosimini yana 20 mm ga oshiring.
Fonendoskop membranasini bemor tirsak arteriyasi sohasida bosib turing va grushadagi vintni ohistalik bilan ochib havoni chiqara boshlang, bunda manjetadagi bosim bir sekundda 2 mm sim.ustunida pasayishi shart.
Arteriyani etshita turib, tonometr o’qi yoki raqamlarini kuzatib turing.
Birinchi tovush eshitilishida sistolik bosimni qayd eting.
Tovush yo’qolishida diastolik bosimni qayd eting.
Agar tonometrning o’qi ikkita belgi orasida bo’lsa bu holda yuqoridagi raqamni qayd eting.
Manjetadagi havoni bosim diastolik bosimdan 20 mm gacha pasayguncha havoni chiqaring.
5 daqiqadan so’ng qon bosimi o’lchashni takrorlang, bunda tanometr manjetasidagi havoning to’liq chiqqaniga, tanometr o’qi yoki raqami "0" ga tushganiga ishonch hosil qiling.
Ikki marta o’lchov o’tkazilgandan keyin eng kichik raqamlarni qayd eting (arterial bosimi 120G’80 mm.sim.ustunidan kam bo’lsa tekshiruv bir marta o’tkaziladi).
Tekshiruv natijasini bemorning tibbiy yoki ambulator daftariga raqam ko’rinishidagi yozuv bilan (arterial bosim 120g’80 mm sim.ust) va harorat varqg’ida esa grafik ustun ko’rinishida qayd qiling (bir katakchaning bo’linish qiymati 5 mm.sim.ust. teng).
Qon bosimini o’lchash natijalarini baholang.
72javob yotoq rejimidaki bemorlarning oqliklarini almashtirish 2 xil buladi.
73
74
75javob
Xuqnalar va ularni amalga oshirish texnikasi
Sog’lom odamning ichi muntazam ravishda kuniga bir marta, bir vaqtda kelishi lozim. Ayrim kasalliklarda bemorlarda ich kelmasligi kuzatiladi. Bunday xollarda ichni yumshatadigan parxez, surgidorilar, shuningdek xuqnalar tayinlanadi.
Xuqna deb, yo’g’on ichakning pastki bo’lagiga turli suyuqliklarni davolash va diagnostika maqsadida kiritishga aytiladi. Maqsadi va bajarilishi xususiyatlariga qarab, tozalovchi, sifonli, oziqli, dorili, tomchili vaboshqa xuqnalar farqlanadi.
Xuqna uchun Esmarx krujkasidan foydalaniladi. U sig’imi 1-2 l rezervuardan ( shisha, emal qoplangan idish, rezina) iborat. Krujka tubiga uzunligi 1,5 m va diametric 1sm yug’on devorli rezina naycha kiydirilgan suogichli teshik, naycha uchida esa suyuqlikning ichakka tushishini boshqarib turadigan krani buladi. Naychaning erkin uchida uzunligi 8-10 smli shisha, yoki plastmassadan yasalgan uchlik kiydiriladi. Uchlik but-butun, chetlarisilliq bulishi kerak. Ishlatilgandan so'ng uchlikni sovun bilan iliq suv ostida yaxshilab yuviladi va qaynatiladi. Uchliklarni zararsizlantiradigan eritmali bankada saqlanadi.
Tozalash xuqnasi- ichakni axlat va gazlardan tozalash uchun qo’llaniladi. Muolaja shifokor kursatmasi bo’yicha qilinadi.
Ko’rsatmalar:
1) ich kelmay qolishi;
2) operatsiyalarga, yo’g’on ichakni endoskopiya qilishga va rentgenologik tekshirishlarga tayyorlash;
3)zaharlanish va intoksikatsiyalar;
4) davo, oziqli va tomchili xuqna qilish oldidan.
Qarshi ko’rsatmalar:
1) to’g’ri ichak va yo’g’on ichakdagi yallig’lanishlar;
2) Qonabturadigan bavosil;
3) to’g’ri ichakning tushishi;
4) me’da va ichaklardan qon ketish.
Tozalash xuqnasi yumshoq ta’sir ko’rsatadi, bunda ichakning faqat pastki bo’limi boshlanadi. Kiritiladigan suyuqlik ichakka mexanik, termik va kimyoviy ta’sir ko’rsatadi, bu peristaltikani ancha kuchaytiradi, axlat massasi yumshab uning chiqrilishi osonlashdi. Xuqna bir necha daqiqadan so’ng ta’sir qilib, bemorning ortiqcha kuchanishiga xojat qolmaydi.
Tozalash xuqnasi qilish uchun Esmarx krujkasidan tashqari uni osib qo’yish uchun ilgich, suyuqlik xaroratini o’lchash uchun termometr, suyuklik (uy xaroratidagi suv,
Moychechak eritmasi va boshqalar ), klyonka, tog’ora, sudna bo’lishi zarur.
Bajarish texnikasi. Xuqnani vrach ko’rsatmasi bo’yicha yoki tajribali kichik xamshira bajaradi. Bemorni krovatning chetiga. O’ng oyog’i bukilgan va qorniga tortilgan xolatda, chap yonboshiga yotqiziladi. Xarakat qilish mumkin bo’lmasa uni chalqancha yotqiziladi. Dumbalarni ostiga sudna qo’yiladi va klyonka yoziladi, uning bo’sh turgan uchi tog’oraga tushiriladi. Tog’ora bemorga suvni tutib turolmagan taqdirda kerak bo’ladi. Esmarx krujkasida uy haroratidagi 1,5l suv qo’yiladi, krujka yuqoriga ko’tariladi va ozroq miqdordagi suvni, suv bilan esa undagi havoni chiqarish uchun uchlikni pastga tushiriladi. Rezina naychadagi jumrak bekitiladi. Uchlikni siniq emasligi tekshiriladi, rezina qo’lqoplar kiyilgach, ungayaxshilab vazelin surtiladi va chap qo’l bilan dumbalarini kerib, orqa chiqaruv teshigiga sekin-asta 8-10sm kiritiladi, so’ngra aylanma yengil harakatlar bilan tashqi sfinkter qarshiligi yengib, bir muncha orqaga buriladi. Gemoraidaltugunlartugunlarbulganda, uchlikniulargatekkizmayorasidanutkaziladi. Agar tusiq uchrasa, ya’ni naycha ichak devoriga yoki qattiq axlatga taqalib qolsa, uni 1-2 sm ga chiqarish va jumrakni ochish kerak. Esmarx krujkasini 1metr balandlikgacha ko’tariladi va suv bosim ostida yo’g’on ichakka tushadi. Uchlik axlat massasi bilan tiqilib qolsa uni chiqarilib tozalanadi va yana kiritiladi. To’g’ri ichak axlat massasi bilan tula bo’lsa, uni suv oqimi bilan yuvishga urinib ko’riladi. Meteorizmda ichaklarga suyuqlikning butun xajmini kiritib, ichakka havo tushmasligi uchun krujka tubida ozroq suv qoldirilib, s
uyuqlik tushishini tartibga soladigan jumrak berkitiladi. Va asta-sekin aylanma xarakatlar bilan uchlik chiqariladi. Bemor suvni 10 daqiqa mobaynida tutib turgani ma’qul. Buning uchun u chalqancha yotish va chuqur nafas olishi kerak.
Muolaja tugagach, krujkani yuvib, quriguncha artiladi va ustiga doka yoki sochiq yopib qo’yiladi. Qo’lqoplarni yechib, qo’llar yuviladi. Suvdan xuqna qilish hamma vaqt ham ichak bushalishiga olib kelavermaydi. Uning ta’sirini kuchaytirish uchun suvga yarim choy qoshiq maydalangan bolalar sovunidan, 1-2 osh qoshiq osh tuzi, 1 stakan moychechak damlamasi va shu kabilar qo’shiladi. Xuqna ta’sir qilmasa, bir necha soat o’tkazib, uni takrorlash mumkin. Tozalash xuqnasini qilganda birdan ko’p suyuklik kiritilmaslik kerak.
Sifonli xuqna. Odatdagi tozalash xuknasi ta’sir qilmaganda sifonli xuqna qilinadi. Kursatmalar:
1)ichakning tutilib qolishi;
2)turli zaxarlanishlar;
3)davolash maqsadida gazlarni haydash va yo’g’on ichakning pastki qismini yuvish.
Ichakning tez bo’shalishi uchun sifon usuli (ichakni ko’p marta yuvish) eng yaxshi usul hisoblanadi, bunda tutash idishlardan foydalaniladi. Bunday idishning biri- ichak, ikkinchisi- to’g’ri ichakka kiritilgan rezina naychaning tashqi uchidagi voronkadir.
Dorili xuknalar.
Dori moddalarni og’iz orqali kiritishga monelik bo’lgan hollarda ularni to’g’ri ichak orqali kiritish mumkin, bunda ular suriladi va jigarga bormasdan tezda qonga o’tadi. Dori xuqnalari maxalliy va umumiy ta’sir qiladigan bo’ladi.
Birinchisi- yo’g’on ichakda yallig’lanish jarayonini kamaytirish maqsadida, ikkinchisi – organizmga ba’zan uzoq vaqtgacha dori yoki oziq moddalarini kiritish uchun qo’llaniladi va tomchili xuqnalar deb yuritiladi.
Tomchili xuqna. Ko’p miqdorda yo’qotilgan qon yoki suyuqlikning o’rniga uni to’ldirish uchun uzoq vaqt ta’sir qiladigan dorili xuqnalar qilinadi. Bunda ko’p miqdorda 5% li glyukoza eritmasini natriy xlor bilan yuboriladi.
Oziqli xuqnalar. Oziqli moddalarni og’iz orqali kiritib bo’lmagan xollarda ularni to’g’ri ichak orqali yuborish mumkin, bu sun’iy ovatlantirish turlaridan biri hisoblanadi. Oziqli xuqnalarni qo’llashb juda chegaralangan, chunki xuqna yordamida suyuqlik tushadigan yo’g’on ichak pastki bo’limida faqat suv, natriy xlorning izotonik eritmasi, glyukoza eritmasi, go’sht bulyoni, qaymoq, qisman oqsillar va aminokislotalar so’riladi. Oziqli xuqnaning xajmi 1 stakandan oshmasligi kerak. Odatda oziqli xuqna tozalash xuqnasidan 1 soat keyin va ichak batamom bo’shalgach qilinadi. Suyuqlik xarorati 38-40° C bo’lishi kerak.
Moyli xuqnalar. Qattiq qabziyatlarda qo’llaniladi. Bitta xuqna uchun 37-38° C haroratgacha ilitilgan 50-100 ml kungaboqar, zaytun yoki vazelin moyidan foydalaniladi.
3
Savil
Do'stlaringiz bilan baham: |