Qabulxona bulimi Umumiy xirurgiya bulimi travmatalogiya bulimi operatsiya bloki



Download 10,14 Mb.
bet28/36
Sana22.01.2022
Hajmi10,14 Mb.
#398975
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
2 5355331117211717059

Yotoq yaralarni oldini olish. Gigiyenik vanna qabul qila olmaydigan, uzoq vaqt yotoq rejimda yotadigan bolalarni terisini parvalishlash alohida ahamiyatga ega. Teri dezinfeksiyalovchi eritmaga (yarim spirtli eritma, odekalon, oshxona uksusi, kamfora spirti va h.o.) namlangan sochiq yoki yumshoqmato (doka) bilagn artiladi. Sochiqni bir uchi namlanadi va quloq orqasi, bo’yin, yelka, ko’krak qafasi, dumba, qo’ltiq osti va chov burmalari, qo’l-oyoqlar artiladi. Keyin quruq tomoni bilan yana o’sha sohalar artib quritiladi.

Yotoq yara — yumshoq to’qimalar (teri va teri osti qavati)  nekrozidir. Ko’pincha yotoq yaralar nimjon bolalarda dumg’aza, kurak, son suyagi boshi, tirsak, tovon sohalarda, ya’ni yumshoq to’qima o’rin va suyak orasida bosilib eziladigan sohalarda uchraydi.

Yotoq yaralarni rivojlanishiga terini noto’g’ri parvalishlash, yomon va noto’g’ri yoyilgan choyshab sababchi bo’lib, ular teri va teri osti qavatida qon aylanishini buzadi. Oldin teri oqaradi, keyin qizaradi, shishadi va epidermis ko’chadi. Pufakchalar va teri nekrozi hosil bo’lishi mahalliy o’zgarishlarni kuchayganidan va yotoq yaralarni erta belgilarini tibbiyot xodimi to’liq baholamaganidan  dalolat beradi. Og’ir holatlarda nafaqat yumshoq to’qimalar, balki suyak usti pardasi, hattoki suyak ham zararlanadi.  Infeksiyani qo’shilishi sepsisni rivojlanishiga olib keladi.

Yotoq yaralarni oldini olishga har kuni bemor bolani yonga aylantirish (agar ahvoli ko’tarsa), choyshabni yig’ilib qolgan sohalarini to’g’rilash, ovqat qoldiqlaridan tozalash, terini dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan artish kiradi.  Uzoq vaqt yotadigan og’ir bemorlar ostiga kichik choyshab bilan o’ralgan rezina (shishirilgan) aylanalar qo’yiladi. Uni shunday qo’yish kerakki, dumg’aza aylana o’rtasida bo’lishi kerak. Agar terida qizarish paydo bo’lsa qon aylanishini yaxshilash uchun quruq sochiq bilan sekin artiladi. Ultrabinafsha nurlantirishdan foydalaniladi. SHilingan teri sohalari sovuq suvda bolalar sovunida yuviladi, spirt bilan artiladi, keyin tal’k yoki oddiy pudra sepiladi.

61javob

Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish

1 Nospetsifik profilaktikasi

Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini ratsional rejalashtirilgan me'moriy yechimlari prinsipiga muvofiq qurish va rekonstruksiya qilish.

Sanitariya-texnik tadbirlar: samarali sun'iy va tabiiy shamollatish; suv ta'minotini tartibga solish va unga yetarli shart-sharoitlarini yaratish.

Sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar: kasalxona ichi infeksiyasini epidemiologik kuzatuvi, shu jumladan, kasalxona ichi infeksiyasi tarqalishini tahlil qilish; tibbiy muassasalarda sanitariya- epidemiyaga qarshi kurashni nazorat qilish.

Dezinfeksiya va sterilizatsiya choralari: kimyoviy dezinfeksiya vositalaridan foydalanish; fizik dezinfeksiya usullarini qo'llash; asboblarni va tibbiy jihozlarni sterilizatsiyadan oldingi tozalash; ultrabinafsha bakteritsid nurlatish; xonani dezinfeksiya qilish;

Aseptika- mikroorganizmlarning yaraga va umuman tanaga kirishini oldini olishga qaratilgan tashkiliy profilaktik tadbirlar kompleksidir.

Antiseptika - yara va umuman tanada mikroorganizmlarni yo'q qilishga qaratilgan terapevtik va profilaktik choralar majmui.

62javob


Parhez stollari haqida tushuncha. Parxez stollarini tuzish va buyurish. Menyu tuzish va qayd qilish. Ovqat tarqatish tartibi. Bemorlarning ovqatlantirish uning parvarishining eng muhim tarkibiy qismidir. Dietoterapiya barcha kasalliklar uchun davolashning ajralmas qismidir. Dieta davolovchi oziq-ovqatlarni, oziq-ovqatlarni pazandalik qayta ishlashni va ovqatlarni ma'lum bir sifat tarkibini o'z ichiga oladi. Shifokor shifoxonada (yoki uyda) bemorga jismoniy faoliyat rejimi bilan birga, ishtirok etuvchi tegishli dietani (davolash stolini) belgilaydi. Tibbiy-profilaktika muassasasida tibbiy ovqatlanishni tashkil etish uchun bosh vrach mas'uldir. Yotoqdagi bemorlarning ovqatlanishi uchun esa davolovchi vrach ma'sul.

Shifokor tavsiyalar ro'yxatiga bemor uchun 15 turdagi terapevtik stollardan birini yozadi.

63javob

Yatrogeniya- bu shifokorning noto’g’ri va to’g’ri harakatlari asosida rivojlanib, natijada organizm funksiyalari buzilishi, odatiy faoliyatini cheklashi, nogironlik yoki o’limga olib keluvchi profilaktik, diagnostik, davolash aralashuvi va muolajalarning nohush asoratlaridir.

 “Yatrogeniya” termini yunon tilidan olingan bo’lib, iatros – shifokor, genes – keltirib chiqaruvchi, ya’ni “shifokor tomonidan keltirib chiqarilgan kasallik” degan ma’noni anglatadi.

Xirurgiyada yatrogen patologiyaning quyidagi turlari ajratiladi:

Psixogen, somatik, dori, infeksion va aralash.

Psixogen yatrogeniya – bu salbiy psixogen omillar ta’sirida rivojlanuvchi kasallik. Psixogen yatrogeniya nevroz, psixoz, nevrasteniya, isteriya, fobiya, depressiya, ko’rquv xissi, depressiv va ipoxondrik buzilishlar shaklida namoyon bo’ladi. Ular tibbiyot xodimining be’mor salomatligi to’g’risida noto’g’ri va extiyotsizlik bilan ma’lumot berishi, be’morni o’z kasallik tarixi va maxsus tibbiy adabiyotlar bilan tanishishi, ommaviy ma’ruzalarni eshitish, ayniqsa televizor orqali noto’g’ri tushunchaga ega bo’lishidan kelib chiqadi.

Dori yatrogeniyasi – bu be’morda shifokor buyurgan dori moddalarini qabul qilingandan keyin kelib chiquvchi buzilishlardir.

Somatik yatrogeniyalar – bu turli xil tibbiy muolajalar (jarrohlik operatsiyalari, anesteziologik yordamlar, reanimatsion yordamlar, davolash-diagnostik muolajalar, profilaktik muolajalar) natijasida kelib chiquvchi kasallik.

Infeksion yatrogeniya – bu be’morda tibbiyot xodimlarining noto’g’ri xarakatlari tufayli kelib chiquvchi infeksiya. Infeksion yatrogeniyaning sababi diagnostik, organizatsion va davolash – profilaktik tadbirlarda aseptika konunlariga rioya qilmaslik.

64javob


Evtanaziya (yoki eytanaziya) (yunon. εὖ - “yaxshi” tάνᾰτος  “o’lim”), (ingl. Euthanasia yengil (og’riqsiz)) – tuzalmas kasallikka chalingan, chidab bo’lmas azoblarni boshidan o’tkazayotgan inson xayotini to’xtatish yoki qisqartirish, tibbiy ko’rsatma bo’lmaganda og’riqsiz yoki kam og’riqli shakldagi azoblarini to’xtatish iltimosini bajarish amaliyoti. Laboratoriyadagi va daydi hayvonlarni uxlatib o’ldirish ham “evtanaziya” deyiladi.

Evtanaziya ikki turga bo’linadi: passiv evtanaziya (be’mor xayotini ta’minlab turgan davoni tibbiyot xodimlari tomonidan kasddan to’xtatish) va aktiv evtanaziya (o’layotgan be’morga tez va og’riqsiz o’limga olib keluvchi preparatlarni yuborish yoki boshqa amallarni bajarish). Bundan tashqari ixtiyoriy yoki noixtiyoriy evtanaziyalarni farqlash lozim. Ixtiyoriy evtanaziya be’mor iltimosi yoki oldindan berilgan roziligi bilan o’tkaziladi. Noixtiyoriy evtanaziya be’mor roziligisiz, odatda xushsiz yetgan holatida amalga oshiriladi. U nokompitent bemor bilan qarindoshlari yoki javobgar shaxs tomonidan berilgan rozilik bilan amalga oshiriladi.

Rossiyada aktiv va passiv evtanaziya jinoyat hisoblanadi va qasddan sodir etilgan jinoyat kabi tasniflanadi. O’zbekistonda evtanaziyaning barcha turi ta’qiqlangan.

65javob shahsiy gigiyena haqida shushunca va uning ahamiyati. Shaxsiy gigiyena - gigiyenaning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib, aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyimkechak, poyabzal, koʻrpa-toʻshak, turar joy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va hokazo. ham Shaxsiy gigiyenaga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qoʻlni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.

Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa, badanning ochiq, ayniqsa, koʻp terlaydigan joylarini, qoʻltiq va koʻkrak ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish, agar barmoq burmalarida chaqalangan, bichilgan joylar boʻlsa davolatish kerak.

Ogʻiz boʻshligʻini toza tutish faqat tishlarning sogʻlom boʻlishini taʼminlabgina qolmay, balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, ovqatlangandan keyin ogʻizni chayishga odatlanish kerak; agar ogʻiz hidlansa, darhol vrachga koʻrinish zarur.

SH.g .ga umumiy gigiyena tadbirlaridan tashqari, jinsiy aʼzolar parvarishi ham kiradi; buni bola balogʻatga yetganida emas, aksincha, bola tugʻilganidanoq muntazam amalga oshirish kerak.

Ichki kiyim toza boʻlishi, har kuni yoki kunora paypoqni almashtirib turish Sh.g .da juda muhim; badan, kiyimkechak, turar joy, oshxona, ish joyi va boshqalarning toza boʻlishiga eʼtibor berish kerak (qarang Gigiyena).

Har bir oila aʼzosining sochigʻi, koʻrpatoʻshagi alohida boʻlishi, koʻrpayostiq jildi, choyshabni haftada bir almashtirib turish zarur. Uyquga yotishdan oldin ichki kiyimni almashtirish lozim. Sh.g .ga oid tadbirlarni, ayniqsa, oila aʼzolaridan biror kishi ogʻriganda qatʼiy amalga oshirish talab etiladi, aks holda kasallik atrofdagilarga, xususan bolalarga tez yuqishi mumkin (qarang Bemorni parvarish qilish). Qiz va oʻgʻil bolalar parvarishining oʻziga xos tomonlari bor (qarang Goʻdak, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi). Sh.g . qonunqoidalari barchaga tegishli boʻlishi bilan birga, uni kishining yoshiga, erkak va ayolning anatomikfiziologik xususiyatlariga bogʻliq tomonlari ham bor. Jinsiy aʼzolar va jinsiy hayot gigiyenasi (qarang Jinsiy gigiyena) masalalari bilan seksologiya shugʻullanadi. Mehnat jarayonida Sh.g .ni toʻgʻri tashkil etish ishini mehnat gigiyenasi oʻrganadi.

66


Download 10,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish