Termiz davlat universiteti
Pedagogika instituti
O’zbek tili va adabiyoti
kafedrasi mudiri: _______________
Termiz davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasidan
stajirovka rahbarining
XULOSASI
Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26 noyabrda 2734-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi va 2015-yil 2-martdagi 36-son «Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlariga muvofiq:
Stajirovka o‘tash uchun Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutiga biriktirilgan magistrant ilmiy ishi yuzasidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
OTMdan stajirovka rahbari magistratura talabalarini stajirovka o‘tash joylariga taqsimlashda ishtirok etadi, magistratura talabasiga berish uchun OTMning tegishli bo‘linmasidan stajirovka kundaligini qabul qilib oladi, stajirovka o‘tash dasturini ishlab chiqadi, magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi, stajirovka o‘tash uchun ketayotgan magistratura talabasiga zarur yo‘l-yo‘riqlar beradi, magistratura talabasining stajirovka o‘tash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qiladi, qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan stajirovka o‘tash holati bo‘yicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi, magistratura talabasiga stajirovka o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi, zarur hollarda, stajirovka o‘tash joylariga borish orqali stajirovka o‘tash tartibiga magistratura talabasi tomonidan rioya qilinishini, stajirovka o‘tash dasturi bajarilishini nazorat qiladi, stajirovka o‘tashni takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini OTM kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Termiz davlat universiteti Lingvistika: o`zbek tili magistranti Shukurov Azimjon Shaydulloyevichning “Sport sharhlovchilari nutqi” mavzusidagi magistr ilmiy-tadqiqot ishi ustida izlanishi, ustozlar yo‘lini davom ettirishga bo‘lgan harakati e’tirofga loyiq.
Dissertant o`z tadqiqot ishini “Jurnalistika janrlari”, “Sport sharhlovchilari nutqi”, “Futbolga oid ayrim terminlar xususida”, kabi maqolalarida qisqacha yoritib o`tgan.
Tadqiqot kirish, uch bob, har bir bob ichida uchtadan fasl, bob bo`yicha xulosa, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini o‘z ichiga oladi.
Ilmiy-tadqiqot ishi ilmiy tilda, akademik uslubda yozilgan. Ish bilan yaqindan tanishish davomida magistrning ilmiy salohiyati, iqtidori namoyon bo‘lganini payqash mumkin.
Stajirovka o‘tayotgan magistrant Shukurov Azimjon Shaydulloyevich amaliyot jarayonini yaxshi o‘tadi. Stajirovka amaliyotdan talab qilingan qoidalar asosida amalga oshirildi. Stajirovka davrida magistrant dissertatsiyasiga oid muammo va kamchiliklari ko’rib chiqildi va amaliyot davrida ush bu muammo va kamchiliklar bartaraf etildi. Magistrant disertatsiya himoyasini yoqlashga tayyor. Ushbu magistrantni magistrlik disertatsiyasini himoya qilishga tavsiya qilaman.
Termiz davlat universitite
o’zbek tilshunosligi
kafedrasi o‘qituvchisi: PhD. N. Omonturdiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |