Tadqiqotning asosiy masalalari va holatlari Himoyaga olib chiqiladigan asosiy holatlar:
klassik usulda selluloza gidrolizi; klassik usulda olingan mikrokristallik sellulozaning xossasi va tarkibiga ta’siri;
o’ta yuqori chastotali nurlar ta’sirida selluloza gidrolizini; o’ta yuqori chastotali nurlar ta’sirida olingan mikrokristallik sellulozaning xossasi va tarkibiga ta’siri;
sellulozaning reaksion aktivligiga o’ta yuqori chastotali nurlar ta’siri;
turli usullarda olingan mikrokristallik selluloza namunalarining tuzilish xususiyatini fizik-kimyoviy taxlili;
sellulozaning klassik gidrolizda, o’ta yuqori chastotali nurlarda parchalangan mahsulotlarini xromato-masspektrometrik taxlili.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ilmiy yangiligi -Mikrokristallik sellulozani nanoo’lchamlargacha dispergirlashning yangi usuli ishlab chiqildi, o’ta yuqori chastotali nurlar bilan gidrolizlash usulining optimal sharoiti topildi;
-Mikrokristallik selluloza gidrolizatlari va ekstraktlarida past molekulali suvda eruvchan fragmentlarning tuzilishi aniqlandi;
-Selluloza va maydalash darajasi turlicha bo’lgan mikrokristallik sellulozaning reaksion faolligi taqqoslab o’rganildi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati: Yuqori darajali maydalangan mikrokristallik selluloza olish usuli ishlab chiqildi. Olingan mahsulot polimer-polimer aralashmalar, kompozitsion materiallarda: yuqori fizik-kimyoviy va fizik-mexanikaviy xossali tabiiy va sun’iy polimerlar kompozitsiyasi asosida oziq-ovqat, davolovchi vositalar ishlab chiqarishda qo’shimcha va to’ldiruvchi sifatida qo’llanilishi mumkin.
Mikrokristallik sellulozaning tajriba guruhlari iste’mol xossalari yaxshilangan pishloq, sut mahsulotlari ishlab chiqarishda qo’llanildi.
Yuqori dispergirlangan mikrokristallik sellulozani geterogen karboksimetillash orqali, suvda eruvchan past qovushqoqli karboksi metil selluloza olish mumkinligi ko’rsatildi. Ular xalq xo’jaligining qovushqoqlikni nisbatan past ko’rsatkichida yaxshi eruvchan, yuqori kontsentratsiyali karboksi metil selluloza eritmalari talab qilinadigan turli sohasida ishlatilishi mumkin.
Bundan tashqari yaratilgan usulni OTM larda va selluloza kimyosi bo’yicha ilmiy ish bilan shug’ullanuvchilarga nazariy bilimlarni egallashda qo’llanma sifatida tavsiya qilinadi [4, 5].
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti texnologik laboratoriyasida ishlab chiqilgan usul bo’yicha yuqori dispergirlangan mikrokristallik selluloza va past qovushqoqli suvda eruvchan karboksimetilsellulozaning kichik hajmli ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda.