Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva


O‘g‘lini kuzatganda ham, Haydaralini kuzatganda ham



Download 0,81 Mb.
bet9/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

...O‘g‘lini kuzatganda ham, Haydaralini kuzatganda ham...
Lekin unda odamlar bir tomonga qarab yurgan edilar. O‘shalardan ko‘pi shu ko‘prikdan qaytib o‘tmadi, biri o‘ldi, biri bedarak ketdi. O‘g‘lidan yarim yil hech qanday xabar bo‘lmay, birdan qora xat keldi” singari tasvirlar kishida har qanday urushga nisbatan nafrat uygʻotishga xizmat qiladi.
Yozuvchining mahorati shundaki, hikoyadagi har bir timsolga qoʻlidan keladigan, oʻzining feʼlu xoʻyiga muvofiq boʻladigan xatti-harakat qildiradi. Muallif togʻda Haydaralining qoʻylarini boqib yurgan Sarsonboy ota bilan undan bir qoʻyni zoʻrlik bilan olmoqchi boʻlgan yigitlarni olishtirib tasvirlaganda xarakter mantigʻiga mos kelmagan ish qilgan boʻlardi. Bunday oʻrinda Sarsonboy cholning jismoniy qudratidan koʻra uning ojizligi, imkonsizligi koʻproq qoʻl kelgani hikoyada ishonarli koʻrsatilgan. Cholning: “To‘xtang! Musulmon bolasimisizlar, meniki emas, dedim-ku! Egasi yo‘q bu qo‘ylarning. Urushda bedarak ketgan, yigirma yildan beri boqib yuribman... Insof bormi?” tarzidagi hayqirigʻi shoʻxlik qilmoqchi boʻlgan yigitlarga ham, hikoyaning oʻqirmanlariga ham qattiq taʼsir qiladi.
Asarda Sarsonboy otaning shoshilmaydigan ogʻir-bosiq odam ekani, umidsizlikkak berilmasligi juda taʼsirli aks ettirilgan. Oqsoqolning oʻylaridagi nekbinlik, ezgulikka intilish va unga ishonish yuqumli tarzda ifodalangan: “Nahotki, o‘lgan bo‘lsa?-bu dahshatli fikr cholning xayoliga keldi-yu, qo‘rqib ketdi.– Yo‘q, shuncha o‘lim bo‘lishi mumkin emas. Bedarak ketganlarning ko‘pi keldi-ku, ajab emas, u ham kelsa. To‘y qilmoqchi edi. Bahona bilan men ham to‘y ko‘rib qolardim. O‘zim qilib berardim, to‘yini...” Hamisha yaxshilik qiladigan, ezgulikka ishonib yashaydigan oʻzbek qariyasining oʻylari hikoyada ishonarli berilgan.
Xalqimizdan: “Qoʻl qoʻlni taniydi”,- degan gap bor. Bizning keksalarimiz oʻzi olgan qarzni oʻz qoʻli bilan qaytarib, oxirat safariga xotirjam ketmoqni istashadi. Shuning uchun ham cholning Madumar choyxonachiga aytgan: “Nahotki, sen ham tushunmasang?! O‘zim olib qolganman, o‘zim, o‘z qo‘lim bilan qaytarishim kerak...”,- degan soʻzlarida zarracha nosamimiylik zoʻrakilik yoʻq. Oʻquvchilar boʻynidagi qarzlarni uzolmay ketgan odamlar toʻgʻrisida xalq orasida: “Koʻzi ochiq ketdi” yoki “Orqasiga qarab-qarab ketdi” tarzida gap yurishini bildirish, moʻmin odam zimmasidagi qarzdan qiyomatga qadar ham qutulmasligini anglatish hikoyaning tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Yozuvchi hikoyaning boshidan oxiriga qadar oʻzini xolis tutadi. Voqealarga mutlaqo aralashmaydi, munosabat bildirmaydi. Bu hol oʻquvchilarga asar va uning qahramonlari xatti-harakatlarini oʻzlaricha baholash va munosabat bildirish imkonini beradi. Bu esa uning taʼsir darajasini oshiradi.
Asarning yakunida ham muallif oʻzini xolis tutadi. Lekin ezgulikka boʻlgan chin ishonch, buyuk odamiylik mutlaqo samarasiz boʻlishi mumkin emasligiga sirtdan koʻzga tashlanmaydigan yoʻsinda nozik ishora qiladi. Hikoya quyidagi tasvir bilan tugallanadi: “Qirov bosgan to‘riq egasini ko‘rib, quloqlarini chimirdi. Erkalanib, boshini bir-ikki siltadi-da, zinaga yaqinlashdi. To‘riq tanish yo‘ldan ildam yo‘rg‘alab ketdi. Uning yurishida ham egasining dilidagi kabi bir umid bor edi”. Otning egasiga munosabati, ayniqsa, uning “ildam yoʻrgʻalab ket”ganligi, “yurishida egasining dilidagi kabi bir umid bor”ligi tasviri oʻquvchilarda cholning urinishlari yaxshilik bilan yakunlanishiga ishonch uygʻotadi. Lekin yaxshilik qilish hamisha qiyin ekani, uning kishidan fidoyilik va oʻzidan kechishni talab qilishi butun tasvir mobaynida sezilib turadi.

CHINGIZ AYTMATOV


XX asrning taniqli adibi, turkiylarning buyuk farzandi Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodi yoʻli haqida darslikda berilgan maʼlumot hajman uncha katta boʻlmasa-da, unda adibning mashaqqatli bolaligi, yosh Chingizni kamolot sari yetaklagan insoniy fazilatlar, unga buyuklik baxsh etgan ulkan isteʼdod borasida yettinchi sinf oʻquvchilariga yetarli darajadagi dalillar keltirilgan. Shu oʻrinda oʻqituvchi talabalariga oʻrganilajak badiiy asarni chuqurroq tushunish va mukammal oʻzlashtirish uchun uni yozgan odamning shaxsini bilish ham ahamiyatga molik ekanligi haqidagi mulohazalarini aytsa, oʻquvchilar adib shaxsiga ham qiziqib qoladi.


Bolalar boʻlajak adibning 12-14 yoshlarida qishloq kengashida kotib boʻlib ishlaganiga, “odamlarni, hayotni gʻoyat yaxshi bilgan, chin yurakdan yaxshi koʻrgan”iga, “kishilar uchun juda aziz, juda zarur boʻlgan tuygʻularni, holatlarni, mavzularni qalamga olgan”iga, bu ulugʻ insonning bolalarni sevishi, ularni tushinish, ardoqlash va ayashiga alohida diqqat qaratadilar. Bu, avvalo, adib shaxsiga mehr-muhabbat uygʻotib, adabiy taʼlimning bosh maqsadi sari boriladigan yoʻlni bir qadar qisqartirsa, ikkinchidan, oʻquvchilar koʻnglida rahmdillik hissini shakllantiradi. Dongʻi dunyoga taralgan ulugʻ kishilarning bolaligi qandaydir jihatlari bilan oʻz hayotiga oʻxshab ketishini koʻrish shaxslik sifatlari shakllanayotgan oʻquvchilarni oʻz ertasiga ishonch bilan qarashga oʻrgatadi.
Ch. Aytmatovning “Jamila”, “ Yuzma-yuz”, “Momo yer”, “Alvido, Gulsari”, “Baydamtol sohillarida”, “Birinchi oʻqituvchi”, “Oq kema”, “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat”, “Kassandra tamgʻasi”, “Mangu kelin” kabi asarlari dunyoning koʻp tillariga tarjima qilinishi bilan birga, ular asosida qator badiiy filmlar suratga olinganiga bolalar diqqati tortilib, ularning bu boradagi bilimdonligi sinab koʻrilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Albatta, olingan natija oʻqituvchi kutganiday yuqori boʻlmasligi ham mumkin. Chunki bu yoshdagi oʻsmirlar koʻrgan kinolari kimning qaysi asari asosida yaratilganiga, rejissyor yoki prodyusseriga koʻp ham eʼtibor qilavermaydilar. Qolaversa, yetti yillik maktab hayoti mobaynida hali ular bunga oʻrgatilganlari yoʻq. Lekin bolalarda bunday bilimlarning shakllanishiga turtki berib, zamin tayyorlash oʻqituvchining pedagoglik burchlaridan biridir.
Adibning bolalar diqqat markazidan oʻrin olishi lozim boʻlgan sifatlaridan biri uning rus tilida ijod qilishidir. Inson oʻz ona tilidan boshqa tillarni qancha koʻp bilsa, unga fan va sanʼat dunyosi bagʻrini shuncha keng ochadi, olamni, odamni bilish imkoniyati kengayadi.
Dasturda Ch. Aytmatov qissasini oʻrganishga ajratilgan toʻrt soatning birinchisidayoq bolalar eʼtibori bevosita asar bilan tanishishga qaratilishi lozim. Oʻquvchilarini badiiy asar oʻqishga ruhan tayyorlab olgan oʻqituvchi ularning shu holatdan chiqishiga yoʻl qoʻymay, “Oq kema” asarini oʻqiy boshlashi oʻrinli boʻladi. Dars samaradorligini koʻtarish uchun uning maqsadlarini aniq belgilab olish muhimdir. Bizningcha, “Oq kema” qissasi yuzasidan oʻtkaziladigan birinchi mashgʻulotning tarbiyaviy maqsadi sifatida oʻquvchilarda toza koʻngilli, pokiza maʼnaviyatli odam boʻlish qanchalar qiyinligini singdirish olingani maʼqul. Taʼlimiy maqsad qilib qissaning birinchi soatga moʻljallangan qismi bilan tanishtirish, rivojlantirish maqsadi tarzida esa, oʻsmirlarda oʻzgaga tuygʻudoshlik, darddoshlik sifatlarini tarkib topdirish belgilanadi.
Kimnidir yoki nimanidir yaxshi koʻra olish insonga berilgan bebaho neʼmatdir. Oʻquvchining qissadagi “xayolchan va pokiza uka”sini yaxshi koʻrib qolishida badiiy matnni ifodali oʻqishning ham ahamiyati beqiyos ekanligi maʼlum. Matnni oʻqish jarayonida bunga erishilsa, maqsadga muvofiq ish boʻladi. “Oq kema” qissasi matnini oʻqishni boshlashdan oldin oʻqituvchining uni soatlarga taqsimlab olishi, qaysi qismini sinfda, qay boʻlaklarini esa uyda oʻqish lozimligini rejalashtirib olishi vaqtni tejash imkonini beradi. Agar dasturda asarni oʻrganishga ajratilgan toʻrt soatning biri toʻligʻicha tahlilga ajratilsa, matnni bevosita sinfda oʻqishga uch soat vaqt qoladi.
Adabiyot oʻqituvchisi, oldin aytilganidek, qissadan olingan parchani toʻrt boʻlakka ajratib, matn qismlarining har birini oʻqib boʻlgandan keyin shu boʻlakning oʻzini tahlil qilishi ham mumkin. Bu ham metodik jihatdan xato boʻlmaydi. Bu masalani oʻqituvchi oʻquvchilarining hozirlik darajalari va oʻrganilishi rejalashtirgan asarning tabiatidan chiqib hal qiladi. Agar bu muammo oʻquvchilari bilan maslahatlashgan holda hal qilinsa, oʻsmirlarda oʻzlariga ishonch va erkin fikr aytish koʻnikmasi shakllana boradi. Faqat bir holat nazardan qochirilmasligi kerak: matn badiiyligini taʼminlagan eng asosiy jihat uning yaxlitligidir, binobarin, uning tahlili asnosida ham imkon qadar ana shu jihatga daxl qilmaslik kutilgan estetik-pedagogik natijaga olib kelishi koʻzda tutilishi lozim.
Biz matnni quyidagi qismlarga boʻlishni maslahat bergan boʻlardik: Adib shaxsi haqidagi oʻta qisqa suhbatdan soʻng dastlabki ikki soat mobaynida “Oq kema” asari boʻlinmay oʻqiladi va “Shunday qilib oq kema haqidagi ertak ham tugadi” tarzida yakunlanuvchi birinchi qism bilan nihoyalanadi. Uchinchi soat “Shoxdor ona bugʻu esa, ketish oldidan bundan buyon bu yerlarga aslo qadam bosmayman, debdi...” jumlasi bilan tugallanadi. Agar bordi-yu, parcha tugallanmay qolsa, (bunday boʻlishi ehtimoldan juda uzoq) matnning qolgan qismini oʻqish oʻquvchilarga uy vazifasi sifatida topshirilishi mumkin.
Qissani oʻqishda bolalar diqqati asar boshidagi bolaning ikki ertagi borligi haqidagi tasvirga qaratiladi. Oʻquvchilarga oʻsha ertaklarga eʼtibor qilish, ularni oʻrganib, bir-biridan ajratib, mazmuniga mos sarlavhalar topishni uy topshirigʻi tarzida berish ham mumkin. Oʻqituvchi matnni oʻqir ekan, oʻquvchilari uni kitobdan tinimsiz kuzatib borishlariga erishmogʻi lozim. Aks holda, bolalarning xayoli asardan chalgʻib ketadi.
Matn oʻqib boʻlingach, tahlilga oʻtish kechimida oʻquvchilar oʻz tasavvurlarida qissadagi bola yashayotgan sharoitni jonlantira olishlariga erishish kerak. Oʻquvchilar adabiy qahramon yashayotgan sharoitni tasavvurida yaratolmasa, uning tuygʻularini tuymasligi mumkin. Bu esa bolalarning matn ichiga kirish imkoniyatini cheklab qoʻyadi. Ularning qahramonlarga qismatdosh boʻlishiga imkon bermaydi. Oʻqituvchi bolalarning tasavvurlarini ham soʻrab, uni kerakli yoʻnalishga solishga urinib borgani maʼqul. Shunda bolalarda asarda tasvirlangan voqelikni koʻz oldilariga keltirish, binobarin, qahramon tuygʻularini teranroq his etishdan tashqari, ularda tasavvurdagi narsa-yu holatlarni ham soʻz bilan ifodalay olish koʻnikmasi shakllana boradi.
Qissa qahramoni boʻlgan bolaning portfellik boʻlishdan bunchalar quvonganiga oʻquvchilarning diqqatini tortish lozim. Bu nimadan dalolat beradi? Boladagi oʻychanlik, hayratlana olish, hamma narsani, hatto jonsiz jismlarni ham his etish, anglashga urinishning ildizlari, sabablari haqida oʻquvchilarda munosabat shakllantirish zarur. Bunday holatlar ularga gʻalati tuyulmayaptimi? Oʻzlari ham biror narsadan shu darajada xursand boʻla oladilarmi? Umuman, bu holat yaxshimi, yomonmi? Nima uchun? Shu kabi savollar oʻrtaga tashlansa, oʻquvchilar oʻylashga, mulohaza yuritishga, munosabat bildirishga odatlanishadi. Fikrlarini asoslashga oʻrganishadi.
Oʻquvchilar diqqatini bolaning toshlar bilan doʻstlashib, suhbatlashib yurishi boisi nima ekaniga, chaqirtikanakni ne sababdan dushman deb bilishiga qaratib, buni har bir oʻquvchi oʻzi uchun oʻzi kashf qilishiga erishish lozim. Bolaning pechak gullarni yaxshi koʻrishining sababi tasviri haqida oʻylash, bu gullarning qaysi sifatlari uning koʻngliga xush yoqqanini aniqlashga urinish talabalarni asar ichiga chuqurroq olib kiradi. Bolaning tabiat qoʻynidagi qaysi mavjudotlarni yaxshi koʻrishi, oʻzini ularga qay darajadadir taqdirdosh deb bilishi uning feʼliga xos sifatlarni koʻrsatuvchi belgi ekaniga oʻquvchilar diqqati qaratilsagina asar maʼnosi anglanadi. Shiroljinlarning bola koʻngli, tabiati bilan qanday bogʻliqliq ekani, bu buta bagʻrida pinhona yigʻlagisi kelishining sabablari haqida mulohaza yuritish oʻquvchilarda shaxsga xos sifatlarni tarkib topdiradi. Ularga: “Oʻzingizni kuzatganmisiz, sizda ham shunday holat boʻladimi? Bunday paytlarda siz nima qilasiz?” kabi savollarga matn asosida mantiqli javoblar olinsa, darsdan kutilgan samaraga erishish mumkin.
Bolaning bulutlardan zavqlanishiga, bulutlarning turli shakllarga kirishini koʻra olishiga munosabat bildirish, kumush rang supurgilar holati bayoniga oʻquvchilar eʼtiborini qaratish, adibning ularni taʼriflashdagi mahoratini aniqlash tarbiyalanuvchini izlanuvchanlikka, yaratuvchanlikka, erishilgan badiiy natijalardan zavqlanishga oʻrgatadi.
Bolaning bobosi – Moʻmin cholning “ochiq koʻngil, hatto sal-pal biladigan odamiga ham biron yaxshilik qilishga tayyorligi, har kimning xizmatiga hoziru nozirligi, hammaga sadoqatli va xushmuomalaligi” kabi fazilatlari koʻpincha boboning zarariga xizmat qilishi sabablari haqida bolalar fikrini bilish, nega shunday ekani yuzasidan birgalikda mulohaza yuritish oʻquvchilarda insoniy fazilatlar qaror topishiga koʻmak beradi. Moʻmin cholga atrofdagilarning munosabati toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini baholashga urinish odamlarga, ommaga, muayyan hayotiy holatlarga nisbatan oʻquvchilarda munosabat paydo qiladi, shaxsiy nuqtai nazar shakllantiradi. Bolalarni hayotda koʻrayotgan loqaydlik va oqibatsizliklarning sabablarini bilishga undaydi. Bularni bilsa, ularning qanchalar yomon illat ekanini his qilsa, oʻquvchilarda bunday illatlarga nisbatan nafrat uygʻonadi. Nafrat esa, tabiiy ravishda, bunday illatlarning oʻzida boʻlmasligiga urinishga olib kelsa, ikkinchidan, boshqalarda uchraydigan bu xil sifatlarga munosabat paydo qiladi.
Matnda qavs ichida berilgan “Moʻmin bugʻu avlodidan boʻlib, bu bilan gʻoyatda faxrlanar, va oʻz qabiladoshlaridan birontasining maʼrakasidan qolmasdi” degan jumla bor. Unga bolalarning alohida diqqatini qaratish kerak. Oʻquvchilar buning sabablarini aniqlashga urinsinlar. Nima uchun adib Moʻmin cholni “kamdan-kam uchraydigan baxtli odam” deb baholagan? Odamlarga yaxshiliklar qilib evaziga hech narsa talab etmaydigan, aksincha, ayrimlarning masxaralashiga nishon boʻladigan, lekin bundan zarra qadar ogʻrinmaydigan bobo tabiati haqida bolalar oʻylab koʻrishlari zarur. Odamning baxti uning dimogʻi balandligidami yoki atrofdagilarning unga boʻlgan munosabatlaridan qatʼi nazar oʻz koʻnglidagiday yashay olish salohiyatiga egaligidami ekanligi haqida mulohaza yuritish oʻquvchilarni hayotga jiddiyroq qarashga, odamlarning xatti-harakatlariga sinchiklabroq nazar solishga olib keladi.
Bolalarni odam maʼnaviyatini kemirib tashlaydigan “balo” boʻlmish kibr va manmanlikka munosabat bildirishga chorlash, buning qanchalar yomon ekanligini ularning koʻngliga asar qahramonlariga munosabatlari vositasida singdirish kerak. Oʻzini boriday koʻrsatish hamda koʻringaniday boʻlishga intilish, samimiylik, dil, fikr, til, amal ezguligi, goʻzalligi va bir xilligi komillikning dastlabki sifatlari ekanini bolalarga anglatish shart.
Odamlarning Moʻmin cholga xuddi telbaga muomala qilganday muomala qilishi sabablariga bolalar eʼtiborini qaratish kerak. Ular odamlarning hammasi Moʻmin cholday emasligi sabablari toʻgʻrisida mulohaza yuritishsin. Chol tabiatiga xos sifatlarga bolalar oʻz munosabatlarini bildirishlari, uni hurmat yoki achinishga loyiq odam deb hisoblashlari va buning asoslari haqida oʻz qarashlariga ega boʻlishlari lozim. Bolalar cholni hurmat qilmagan odamlarga munosabat bildirsinlar. Moʻmin cholning kengashga chaqirishmaganda qattiq ranjib, bu hodisani unutolmasligi sabab uni chetlab oʻtganlaridan emas balki, “qadimiy urf-odatlarning poymol” qilinganidan ekanini bolalar koʻngliga yetkazish lozim. Oʻz qadri uchun emas, balki azaliy urf-odatlar poymol qilinganligi uchun xafa boʻla olish tuygʻusi bolalar koʻngliga oʻrnashsa, barkamol shaxs tarbiyasi tezlashgan boʻladi.
Bolalarning eʼtibori Oʻrozqul va Boʻkey xola munosabatlariga ham qaratilgani maʼqul. Ular hayotning shunday chigal, azobli qirralari borligini ham bilib qoʻyishlari kerak. Sinfdagi bolalar oʻshanda oʻz ota-onalari uchun qanchalar aziz ekanliklarini anglaydilar. Ular oʻzgalarning, hatto Oʻrozqulday kimsalarning ham dardini his qilsalar, ularga achina olsalar, jamiyat kutayotgan insonlarga aylanish jarayoni amalga oshadi. Oʻquvchilar oʻz hayotlaridagi toʻkislikning qanchalar buyuk neʼmat ekanini his qiladilar. Uni qadrlashga, shukronalar aytishga oʻrganadilar.
Asardagi Seydahmad bilan bola oʻrtasidagi suhbat ham diqqatga sazovor. Bolalarning nazaridan ana shu manzaradagi asosiy jihatlar ham pinhon qolmagani maqsadga muvofiq. Shu lavha tasvirida yozuvchining mahorati yorqin namoyon boʻlgan oʻrinlarga munosabat bildirishlariga erishish lozim.
Bolaning portfel va durbini bilan xuddi odamday gaplashishiga oʻquvchilar eʼtibor qilsinlar. Nega shunday? Bu yaxshimi-yomonmi? Sababi nimada deb bilisharkin? Bola durbinni nima uchun yaxshi koʻradi? Portfelni-chi? Bolalar adabiy qahramonga “hammasidan zavqli” boʻlgan holatni tasavvur qila olarmikin? Balki hozircha anglay olmaslar. Savol berilsa, ular shu haqda oʻylay boshlaydilar. Oʻzlarini kuzatadilar, shu holatdan ular ham zavqlanarmikan? Shu oʻrinda bilimdonlikni shakllantirish ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Oʻquvchilar eʼtibori yozuvchi boladagi bu holatni qanchalik tabiiy tasvirlay olganiga tortilishi kerak. Bolaning xarakteri oʻquvchilarga yoqyaptimikin, yoqqan boʻlsa, yoqqanining, yoqmagan boʻlsa, buning sababi tushuntirilishi kerak.
Moʻmin cholning nevarasiga koʻlob yasab berishiga, bolaning orzulari bilan koʻlob oʻrtasidagi aloqaga oʻquvchilar diqqati qaratilib, munosabati aniqlansa, samarali boʻladi. Oʻquvchilar bolaning oq kemaga shunchalar qattiq bogʻlanib qolganligi sababini tushunishlari kerak. Bolaning oq kemani koʻrganda yuragi gupirib ketishi sababi haqida oʻylasalar, oʻquvchilar qahramonning koʻnglidan kechayotgan hayajon sababini his qilishadi.
Asar qahramonining tashqi koʻrinishi tasviriga ham oʻsmirlar eʼtiborini tortish lozim. Qissada bolaning chiroyli kipriklari-yu unga oʻzining munosabati tasviri oʻsmirlar eʼtiboridan chetda qolmasligi muhim. Oʻquvchilarga ham chiroyli boʻlmasa ham suv ostini koʻra oladigan koʻzlar kerakmikin? Koʻngillariga quloq tutsinlar-chi, u yerda nima gap ekan? Oʻquvchi koʻnglidan kechgan tuygʻularni soʻz bilan ifodalashga urinib koʻrsa, oʻqituvchisi faoliyatining samarali ekani koʻrinadi.
Bolada baliqqa aylanish va oq kemaga suzib borish istagi paydo boʻlishining asl sabablarini oʻquvchilar bilan birga matndan qidirish lozim. Uning xayollari, nega aynan qandaydir bir kemada matroslik qilayotgan otasi bilan uchrashish va suhbatlashish orzusi, hozirgi tushkun holati oʻquvchilarda qanday tuygʻularni uygʻotishi gʻoyat muhim. Shu oʻrinda bolaning nima uchun umrida bir bor koʻrmagan boʻlsada, otasiga intilayotgani, shaharga ketib qolgan onasini koʻp eslamasligi sababi xususida ham oʻquvchilar bilan fikrlashilsa, foydali boʻladi.
Qissa tarkibidagi birinchi ertak tahlili shu tariqa amalga oshirilishi mumkin. Bu xil tahlil barcha oʻquvchilar koʻnglida oʻzgacha ruhiy holat sodir etadi. Har bir bolaning, imkoni boricha, oʻz holatini baholashga urinishi juda muhim.
Asar bilan ishlashga ajratilgan vaqtning uchinchi soatida bolalarga oʻqilgan matn yuzasidan tuzilgan savollar ustida ishlash uy topshirigʻi sifatida berilishi mumkin. Bolalarning bir qismi asardan olgan taassurotlari eskirmay turib, uyda matnga yana murojaat qiladilar. Ayrimlari keyingi darsgacha matn taʼsirida yuradilar, baʼzilari sabrsizlik bilan matnning qolgan qismini ham oʻqib qoʻyadilar. Bu – yaxshi alomat. Dastlabki ikki soatda “dard” yuqtirilgan bola qancha koʻp boʻlsa, asarning uchinchi va toʻrtinchi soatlarga moʻljallangan qismlarini oʻqib qoʻyadigan oʻquvchilar shuncha koʻp boʻladi.
Keyingi darsda matnning ikkinchi qismi – shoxdor Ona bugʻu haqidagi ertak oʻqiladi. Toʻgʻri, oʻquvchilarni avvalgi darsdagi holatga solish qiyin. Lekin bu darsning ham oʻz “dardi” bor. Uni bolalarga yuqtira bilish kerak. Ushbu qism garchi ertak shaklida berilgan boʻlsada, uning zamirida hayotiy haqiqat borligini, Enasoy daryosi boʻylarida haqiqatdan ham turkiy xalqlar istiqomat qilgani, ular chorvachilik bilan shugʻullanishgani, Sibirdagi koʻpgina joylar turkiycha nomlanishi ham mazkur holdan dalolat ekanini oʻquvchilar yodiga tushirish kerak.
Ikkinchi ertakni oʻqish uchun 30-35 daqiqa vaqt kerak boʻladi. Oʻqituvchi oldingi darsda ertakni uyda oʻqib kelishga topshirgan boʻlishi ham mumkin. Uchinchi darsda asar matni ustida ishlasa ham boʻladi. Har ikki holda ham oʻquvchi matn ichiga olib kirilishi kerak.
Asarda berilgan Enasoy haqidagi qadimiy turkiy qoʻshiq matni, albatta, alohida tahlil etilishi lozim. Bu jarayonda oʻquvchilar koʻnglidan gʻalati tuygʻular kechishi aniq. Xalqning oʻz yeri va oʻz vatanini qanchalar chuqur mehr bilan suyganini his qilish muhim. Balki, oʻsmirlar koʻnglida ozgina alam, ogʻriq ham paydo boʻlar. Bu ogʻriqning boisi nima ekanligi haqida oʻylash lozim boʻladi. Enasoyning bugun bolalar yashayotgan joyda emasligi yoki ular Enasoy daryosi boʻylarida yashamayotganligidan koʻngillarida sezilmas hasrat paydo boʻladi. daryoning Enasoy deb atalishi zamirida ham katta maʼno bor. Bu borada bolalarning fikri, ularning qissa matniga tayanib chiqargan xulosalari ahamiyatli.
Matnning “Odam odamga ichi achimasdi” jumlasi bilan boshlangan xatboshisiga oʻquvchilar eʼtibori tortiladi. Allohning eng oliy yaratigʻi boʻlmish inson oliyjanob, yaratuvchi boʻla olgani kabi vahshiylik va buzgʻunchiliklar qilishga ham qodir. Buni har xil koʻrinishlarda atrofdagi odamlarda uchratish mumkin. Oʻz kuch-qudratini ezgulik yoki yovuzlik tomonga yoʻnaltirish, oʻzida qanday maʼnaviy sifatlarni yuzaga keltirish insonning oʻziga bogʻliq. Odam dahshatli yovuzliklar qilmasligi, inson nomiga chinakam munosib boʻlishi uchun uning koʻnglini pok qilishga erishishi kerak. Koʻngil goʻzallikdan quvonib, bahra oladigan qilib shakllantirilsa, u oʻzgalarni ayaydigan boʻladi, razilliklardan hazar qiladi, yomonliklarga qoʻl urmaydi. Oʻqituvchi matnni oʻqir ekan, tarbiyalanuvchilar koʻnglida yovuzlik va vahshiylikka nafrat tugʻdira olishi kerak. Bu oʻqituvchining ijrochilik mahoratiga ham bogʻliq.
Asarda oʻrmonda paydo boʻlgan qushning ogohlantirishi tasviriga bolalar diqqati qaratilishi kerak. Boʻladigan dahshatli falokatlardan insoniyat har xil yoʻllar bilan doim ogohlantirilgan. Faqat bu ogohlantirishlarga odamlar hamisha ham eʼtibor beravermaganlar. Dafn marosimidagi urf-odatlarning miqyos va oqibatlari haqida bolalar asar matniga tayangan holda fikr yuritishlari lozim. Shu oʻrinda elatning oʻz ulugʻiga boʻlgan eʼtiborga ham bolalar diqqati qaratilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Bolalar oʻrmon etagiga soʻyish uchun hozirlab qoʻyilgan biya, hoʻkiz, qoʻylarning toʻqqizliklardan iboratligi nimani anglatishi xususida ham oʻylab koʻrishga chaqirilishi mumkin.
Shoʻxlik va oʻzboshimchalik qilib oʻrmon ichkarisiga ketgani sabab tirik qolgan bolalarning ruhiy holatlari, oʻy-fikrlari borasida mulohaza yuritishga oʻquvchilarni undash lozim. Qissada bolalarning holati qay darajada ishonarli koʻrsatilanganiga toʻxtalib, oʻsmirlar diqqati yozuvchining tasvir mahoratiga ham qaratilishi kerak. Balki bu taqdirdir? Oʻquvchilarni kimsasiz qolgan bolalarning holatiga olib kirishga urinish kerak. Toki, ular oʻsha olis bobo-momolari boʻlmish kimsalarrning boshlariga tushgan kulfat qay darajada ogʻir ekanini tuysinlar. Gʻalabani nishonlayotgan dushman qabilasidagilar qirgʻiz bolalarining tirik ekanini koʻrganda nega buncha choʻchib ketganliklariga oʻquvchilar munosabat bildirganlari maʼqul. Gʻolib qabila aʼzolari bilan ular yetakchisining fikrlashi oʻrtasida qanday farq borligiga bolalar eʼtibori qaratilishi joiz. Qabila boshligʻining bolalarni shu yerning oʻzida oʻldirtirib yubormaganligi sababini izohlashga urinib koʻrish kerak.
Oʻquvchilar insonlar bilan bugʻuning oqibat, ezgulik, sadoqat borasidagi qarashlari va toʻxtamlarini qiyoslashga urinib koʻrsinlar. Ular odamzot va hayvonning tili, dili va faoliyatidagi yaxshi-yomon jihatlarni solishtirib, munosabat bildirganlari, u yoki bu yoʻlni tutganliklari sabablarini asoslashga intilganlari maʼqul. Ona bugʻuning qarovchisiz qolgan bolalarga yordam bergani, mehribonligi, odamlarga, ezgulikka hamisha sodiqligi sabablari haqida oʻquvchilar oʻylab koʻrishlari kerak. Aslida Ona bugʻuda inson zotini yaxshi koʻrish va uning avlodlarini saqlab qolishga urinishdan koʻra, undan nafratlanishga va urugʻini quritish uchun intilishga asos koʻproq ekanligini asar matni bilan tanishgan oʻsmirlar anglab yetadilar. Odamiy mantiq bilan yondashilsa, shunday boʻlishi kerak. Lekin ilohiy mantiq oʻzgacha oʻlchovlarga tayanishi mumkinligi bolalarda chuqur taassurot qoldiradi. Baymoq kampir ona bugʻuga: “...odam bolalari sening yaxshiligingga yomonlik bilan javob qaytarishsa, oʻzingdan koʻr”?- deganida nimaga asoslanganligiga bolalar diqqati qaratilishi lozim. Oʻquvchilar shu haqda oʻylab koʻrsalar, fikrlarini asoslashda matnga tayansalar maqsadga muvofiq boʻladi.
Oʻquvchilar Ona bugʻuning yetim bolalarga qarata: “Sizlar keltirgan tilni avlodlar unutmaydi. Ularga oʻz ona tillarida soʻzlash va kuylash yoqimli boʻladi. Insonlar qanday yashashi kerak boʻlsa shunday yashanglar”,- degan fikrlarni sharhlasalar, tahlil qilib, munosabat bildirsalar asarning ichki qatlamlariga kirgan boʻlishardi.
Ona bugʻuning oz shoxlarida beshik olib kelishida qanday ramziy-ilohiy maʼno boʻlishi mumkinligi borasida oʻquvchilar oʻylab koʻrishlari kerak. Beshik qayerdan paydo boʻlib qoldi, jihozlari-chi? Bunday holatni oddiy tirikchilik oʻlchovlari bilan izohlash, tushuntirish mushkulligini bolalar sezganlari yaxshi.
Bugʻuboy avlodlarida shoxdor Ona bugʻuga boʻlgan eʼtiqodning namoyon boʻlish tarzi va bu eʼtiqodga putur yetishining bosh sababi boʻlgan holatlar haqida bolalar alohida bosh qotirishlari shart. Ular bu muammolarning ildizi tasvirlangan oʻrinlarni matndan oʻzlari topganlari, ularga munosabat bildirganlari, qarashlarini asarga tayanib asoslaganlari maʼqul. Oʻquvchilar oldin bitta odamning, keyin koʻpchilikning, oxiri butun boshli millatning maʼnaviy qashshoqlashib, buzilib ketishi sabablari haqida oʻylab koʻrishlari zarur. Odamlarning buzilishiga sabab boʻlgan maʼnaviy tanazzul asarning qaysi oʻrinlarida yorqinroq aks etganini bolalar matndan aniqlasalar, maqsadga muvofiq boʻladi. Moʻmin cholning qavs ichida berilgan soʻzlariga bolalar alohida munosabat bildirsalar, juda oʻrinli boʻladi. Matnda “Butun umr boʻyi bugʻu nima ekanligini koʻrmagan yangi insonlar tugʻildi” jumlasining sinfdagi oʻquvchilarga qay darajada daxli borligini oʻylab koʻrishga undash lozim.
Oxirgi darsda matnning qolgan qismi va uning avvalgi boʻlimlari yuzasidan umumiy savollar bilan asar tahlili tugallaniladi, fikrlar qatʼiylashadi. Har bir savolga imkon qadar koʻproq bolalar javob berishlariga erishish lozim. Muhokama chog’ida oʻquvchilarni bir-birining fikrini eʼtibor bilan eshitishga odatlantirish kerak. Shunda ular birovlarning fikrlarini takrorlamaydigan, oʻz qarashlariga ega, mustaqil mulohaza yuritishga qodir shaxslar sifatida shakllanishadi.
Bolaning shoxdor ona bugʻu kallasini koʻrgandagi holati tasvirlangan oʻrinlarni oʻquvchilarga qayta oʻqitish va ulardan bu haqdagi fikrlarini soʻrash zarur. Shunda bolalar asar qahramoni holatini his qiladilar. Uning ruhiyati, kechinmalari bilan bogʻliq boʻlgan birorta detal oʻquvchilar nazaridan chetda qolib ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Ana shunda har bir oʻquvchi adabiy qahramon misolida oʻzgani, ikkinchi bir insonni his qilishga oʻrganadi.
Oʻquvchilar asardagi har bir qahramonga xos insoniy sifatlarning qandayligini matnga tayanib baholashlari lozim. Oʻrozqulning oʻldirilgan bugʻu shoxini olishga urinish paytidagi yovuzlarcha harakatlari tasviri bolalarda qanday munosabat uygʻotganligi bilan qiziqish lozim. Shunda oliyjanob bobosining taʼsirida dunyodagi hamma narsadan faqat yaxshilik kutgan va odamlardan yolgʻiz ezgulik kelishiga ishongan pokiza qalbli bolakay endilikda barcha umidlari barbod boʻlgan joyda, bunday kimsalar orasida qololmasligi anglab yetiladi. Bola oʻzini oʻldirmadi, balki bir sof inson sifatida razolatga botgan, manfaatga yukungan olchoq dunyoni tashlab, oʻz xayoliy dunyosiga ketdi...
Bolaning bu dunyoga sigʻmay qolishi, qabohatu adolatsizlikka isyoni oʻquvchilar tomonidan shu yoʻsinda qabul etilishiga erishilsa, pedagogik maqsadga yetilgan boʻladi. Imkoni topilsa, “Oq kema” yuzasidan adabiy insho oʻtkazilgani maʼqul.
Soʻnggi soatda asarning birgalikdagi tahlilidan tashqari, oʻsmirlarga ramziy timsollar haqida qisqacha nazariy maʼlumot ham berilishi lozim. Bunda oʻqituvchi koʻrkam adabiyotda koʻpchilik tomonidan qabul etilgan ramziy timsollar bilan birga asar qahramonlarining oʻzi uchun muayyan ramziy maʼnoga ega badiiy timsollar ham boʻlishi mumkin ekaniga alohida eʼtibor qaratishi lozim. Oʻqituvchi bu boradagi fikrini qissadagi bola uchun bugʻu, oq kema, baliq, shiroljin, pechakgul kabi narsalar qanday ramziy maʼno kasb etishini tushuntirish yoʻli bilan isbotlashi mumkin boʻladi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish