II.4.Keramik kompozitsion materiallar
Keramik kompozitsion materiallar, asosan, kukun metallurgiyasi usulida olinadi. Keramik kompozitsion materiallarning sifatini ta’minlovchi ko‘rsatkichlarning eng asosiysi — bu komponentlarning bir xil taqsimlanishi aralashishi bir tekisda joylashishidir.Bu dispers Keramik kompozitsion materiallarda shixtani sharli, vibratsion, planetar tegirmonlarda mexanikaviy aralashtirish bilan olinadi. Boshqa tipdagi Keramikk kompozitsion materillarda komponentlar bir tekisda, galma-galdan, qavatma-qavat taqsimlanib taxlab olinadi.Kimyoviy usulda komponentlar kimyoviy reaksiya natijasida keramik yuzaga metall tuzlarining o‘tirishi bilan olinadi. Metall sinchli Keramik Kompozitsion Materiallarda keramika zarralari yuzalariga metall plyonkasi elektroliz va elektroforez usulida o'tiradi.Fizikaviy usulda qizdirilib, bosim ostida presslab termik ishlangan keramik sinchga metall shimdiriladi va metall gaz fazasidan keramika zarralari ustiga o‘tiradi. Shixta quruq holda yoki plastifikator qo‘shib presslanadi.Plastifikator qo‘shilgan komponentlar aralashmasi shliker deyiladi. Presslash vibratsiyali, press-shakllarda, gidrastatik, elastik qobiqlarda bo‘lishi mumkin.
Katta o‘lchamli detallar uchun shlikerning suvdagi eritmasi gips qoliplarga qo‘yiladi.
Metallik sim, metallik ip, to‘rlar bilan sinchlangan Keramik Kompozitsion Materiallarni yasash qiyinroq.
Chunki aralashtirilsa, tolalar uzilib ketadi. Shuning uchun sinch kerakli tartibda joylashtirib bo‘lgach, kanop komponentlar suspenziya — atala holatida asta quyiladiUmuman tolali, simli, to‘rli Keramik Kompozitsion Materiallarni olishda tarkibiga qarab o‘zining shaxsiy texnologiyasi tayinlanadi.Keramik kompozitsion materiallarning termik ishlash — spekaniye gazlar muhitini o‘zgartiradigan, kerakli harorat rejimini beradigan pechlarda olib boriladi; maqsad kerakli kimyoviy reaksiya amalga oshishi kerak. Agar elektr maydoni ta’sir ettirilsa, zichlik ortadi, termik ishlash vaqti qisqaradi
kompozitsion material makromasshtab miqyosida birtanli, mikromasshtabda bir tanli emas;
bu material tabiyatda uchramaydi va odamzodning ixtirosidir.
Geometrik ko'rsatkichlariga qarab tashkil etuvchilar har xil boladi. Butun hajip bo‘yicha uzluksiz-to'xtovsiz tarqalgan komponent matritsa deyiladi. Uzlukli, bo‘lak-bo‘lakli materiallar sinchlovchi yoki puxtalovchi tashkil etuvchilar deb ataladi.Matritsa materiali sifatida metall va uning qotishmalari; organik va noorganik polimerlar; keramika, uglerod va boshqa materiallar ishlatiladi. Matritsa materiali xossalari kompozitsion materialning olish texnologik jarayonini ifodalaydi. Uning zichligi, mustah- kamligi, ishlash harorati, charchab buzilishga qarshiligi va tashqi agressiv muhitga qarshiligi ni ifodalaydi.Sinchlovchi yoki puxtalovchilar matritsa bo‘ylab bir tekisda joylashadi. Bular yuqori puxtalik, qattiqlik va elastiklik moduliga ega. Bu ko'rsatkichlar matritsa ko‘rsatkichlarinikidan ancha yuqori.
«To‘ldirgichlar» puxtalikni oshirib qolmay, kompozitsion materialning boshqa xossalariga ham ta’sir qiladi.
To‘ldirgichlarning geometriyasiga va ulaming matritsada joyla- shishiga qarab kompozitsion materiallar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi.To‘ldirgichlarning geometriyasiga qarab:
Do'stlaringiz bilan baham: |