84
5-bob uchun nazorat savollari 1. Harakatni yo‘nalish bo‘yicha ajratishdan maqsad nima? 2. Tasmaga ajratishdan maqsad nima? 3. Ajratuvchi tasma nima uchun kerak? 4. Ixtisoslashtirilgan tasma nima uchun belgilanadi? 5. Qo‘shimcha tasmalarning qanday ahamiyati bor? 6. Sekinlashish tasmasi qanday vazifani bajaradi? 7. Tezlashish tasmasining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati qanday? 8. Ko‘rinishni yaxshilash uchun nima ishlar qilinadi? 9. Yer usti o‘tish joylarining harakat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni qanday? 10. Piyoda yo‘l o‘tkazgichini harakat xavfsizligini ta’minlashda qanday ahamiyati bor? 11. Harakatni boshqarishning avtomatik tizimi qanday tasniflanadi? 12. Harakatni boshqarishning avtomatik tizimi yordamida qanday masalalar yechiladi? 13. Harakatni boshqarishning avtomatik tizimida qanday texnik vositalardan foydalaniladi? 14. Harakat tezligini majburan kamaytirish maqsadida qanday ishlar bajariladi? 15. Piyodalarning harakatini tashkil etish uchun nima ishlar bajariladi?