Qisqacha xulosalar
Personalni boshkarish samaradorligini oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish, ular bilan ishlash, mazkur xizmatda ish yuritishni oqilona tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Korxona va tashkilotlar faoliyati turli sohalarini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari bilan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatlarni saqlash tizimi — bu hujjatlarni saqlash, izlash, korxona, tashkilot joriy faoliyatida ulardan foydalanishga qaratilgan hisobga olish va tartibga solish vositalari majmuasidir.
Personalni boshqarish axborot ta’minotining asosiy maqsadi — oqilona qarorlar qabul qilish uchun manba vazifasini o’taydigan mavjud ma’lumotlar bilan ishlash, ularni tahlil qilish va umumlashtirishdan iborat.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Ish yuritish tushunchasini izohlab bering?
Hujjatlarning huquqiy quchi nima?
Hujjat aylanmasiga ta’rif bering.
Personalni boshqarishda hujjatlarning tizimlarini ta’riflab bering.
Farmoyishni rasmiylashtirish tartibini ko’rsating.
Qarorni rasmiylashtirish tartibini ko’rsating.
Mehnat shartnomasi rekvizitlarini sanab bering.
Personalni boshqarishda axborot texnologiyalarining o’rni?
Tizimli yondashuv nima?
10. Personalni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimini tushuntirib bering.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston. - 2009.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-xuquqiy hujjatlar to’plami. T.: O’zbekiston, 2006.
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. –T.: O’zbekiston, 2010 - 56 b.
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiprish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zR Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. –T.:O’zbekiston, 2011– 48 b.
Абдураҳмонов Қ.Ҳ., Холмўминов Ш.Р., Зокирова Н.Қ. Персонални бошқариш. Дарслик. – Т.: Ўқитувчи, 2008 – 655 б.
Кибанов А.Я. Основы управления персоналом. Учебник. – М: ИНФРА-М, 2010 – 295 стр.
Потемкин В.К. Управление персоналом. Учебник. – М.: Дашков и К, 2010 – 421 стр.
Кибанов А.Я. Управление персоналом. Учебник. – М.: РИОР, 2010 – 288 стр.
Do'stlaringiz bilan baham: |