ushbu prinsipial masalalarda bir murosaga keltirish kerak bo’lgan.
G’arblik tadqiqotchilar jahon xalqlari milliy xususiyatlari, qadriyatlarini
hisobga olgan holda er yuzidagi davlatlarni quyidagi guruhlarga ajratganlar:
1-
guruh — ingliz tilida so’zlashuvchi davlatlar (Avstraliya, AQSH,
Buyuk Britaniya, Kanada, Yangi Zelandiya).
2-
guruh — German mamlakatlari (Avstriya,
Germaniya, Shveytsariya).
3-
guruh — G’arbiy Evropa mamlakatlari (Bel’giya, Fransiya, Italiya,
Portugaliya, Ispaniya).
4-
guruh — Skandinaviya mamlakatlari (Daniya, Finlyandiya,
Norvegiya, Shvetsiya).
5-
guruh — Lotin Amerikasi mamlakatlari (Argentina, Chili,
Kolumbiya, Meksika, Peru, Venesuela).
6-
guruh — Yaqin Sharq (Gretsiya, Turkiya, Eron).
7-
guruh — Uzoq Sharq (Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur,
V’etnam).
8-
guruh — Arab mamlakatlari (Baxrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni,
Birlashgan Arab Amirliklari).
Mustaqil davlatlar (boshqa mamlakatlar bilan yaqin o’xshashligi yo’q —
Yaponiya,
Hindiston, Isroil).
Jahonda mashhur kompaniya va firmalarning personalni boshqarish
tizimini yaratishda o’z tamoyillari mavjud. Jumladan, “Apple”
kompaniyasida boshqaruv personali imkoni boricha kam sonli bo’lishiga
katta e’tibor beriladi. Buning uchun bu erda axborot texnologiyalaridan juda
keng qo’llaniladi. “App1e” har bir xodimi bozor talabiga qat’iy rioya etgan
holda ish ko’rishi zarur. Ular uchun eng yuqoridan eng past xizmat
darajasigacha kompaniya faoliyati uchun yuksak shaxsiy mas’uliyat hissi
juda rivojlangan.
“Phillips” kompaniyasida esa personalni boshqarish ish bilan band
bo’lganlar miqdori hisobga olingan holda 3—4 bosqichlidir. Shunday
bo’lishiga qaramasdan hamma bo’g’indagi
boshqaruv xodimlari ishlab
chiqarish, bozor muhiti o’zgarib turishiga juda moslashuvchan.
IBM,
“App1e” kabi kompaniyalar personal uchun o’z korxonalari
nufuzini butun choralar bilan oshirishga qaratilgan maxsus tarbiyaviy
dasturlarni ishlab chiqqanlar. Bu dasturlarda kompaniya o’z xodimlaridan
korxona nufuzini ko’tarish uchun o’zlarini ham ishlab chiqarishda, ham
ishlab chiqarishdan tashqarida qanday tutishlari, axloqiy mezonlar batartib
ko’rsatib berilgan.
Shu munosabat bilan “Lufthhansa” (Germaniya) aksiyadorlik
kompaniyasini boshqarishning asosiy tamoyillari diqqatga sazovordir. Ular
90
quyidagilarda bayon etilgan:
1.
Biz xizmat ko’rsatuvchi korxona hisoblanamiz.
2.
Biz ham ichki, hamda xalqaro havo yo’llarida xizmat ko’rsatadigan
nemis korxonasi hisoblanamiz.
3.
Biz yo’lovchilar va yuklarni manzilga iloji boricha ishonarli, muntazam
va aniq etkazib beramiz.
4.
Biz
xizmatlarimizni Germaniya
iqtisodiyoti ehtiyojlariga
yo’naltiramiz.
5.
Biz ilmiy qarashlarni hisobga olgan holda ishlaymiz.
6.
Jahondagi eng yaxshi havo yo’llariga taalluqli bo’lish — bizning
maqsadimizdir. Buning uchun biz:
—
aviatsiya sohasidagi malakamizga;
—
texnik aniklikka;
—
xizmat ko’rsatishga doimo tayyor ekanligimizga tayanamiz.
7.
Biz mijozlarimizga, ayniqsa ishbilarmonlarga erda va havoda eng
yaxshi xizmatni taklif etamiz.
8.
Bizning maqsadimiz — xodimlarni ijtimoiy himoya bilan
ta’minlashdir.
9.
Bizning maqsadimiz — sarmoya egalariga tegishli foyda olishni
ta’minlashdir.
10.
Biz ishonchli sherikmiz.
11.
Bizning xulqimiz bizning xatti-harakatlarimizda namoyon bo’ladi.
12. Biz o’zimizning ishonchli
ekanimizni sifatli va yuksak
xizmat ko’rsatish darajamiz barqarorlitida namoyon qilamiz.
Personalni boshqarishda jahonda to’plangan va katta samara
keltirayotgan tajribalardan oqilona, mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan
holda foydalanish muvaffaqiyat kalitidir.
Do'stlaringiz bilan baham: