Ijtimoiy rivojlanish bo’lichi:
—
jamoa (guruh) bilan ixtiyoriy sug’urta (hayotni, sog’liqni, baxtsiz
hodisalardan sug’urta) qilish;
—
pensiya ta’minoti tizimi, firma xodimlari uchun huquqiy yordam;
—
ishdan bo’shaganda kompensatsiya to’lash;
—
ovqatlanishni tashkil etish;
—
dam olishni tashkil etish: ijtimoiy va sport-sog’lomlashtirish
dasturlari (tadbirlari).
Mehnat xavfsizligi va tibbiy yordam bo’limi:
—
texnika xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish;
—
tovarlar, loyihalar, jihozlarning xavfsizlik standartlariga muvofikdik
ekspertizasini amalga oshirish;
—
baxtsiz hodisalarni tekshirish, bu haqda tegishli hujjatlarni
rasmiylashtirish;
—
ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, bu masalada tegishli
targ’ibot ishlarini olib borish;
—
personalga tibbiy xizmat ko’rsatish;
—
xodimning ishlab chiqarishda yo’kdigi sabablarini anikdash va tahlil etish.
Personal bo’iicha tadqiqotlar bo’limi:
—
ma’lumotnomalar tayyorlash;
—
kadrlar xizmati uchun hujjatlar aylanishi shaklini ishlab chiqish;
—
kadrlar bilan ishlash qoidalari, me’yoriy usullari va tartiblarini ishlab
chiqish;
—
mehnat munosabatlarini taftish qilish;
—
hayot qiymati, mehnat bozorida ish haqi darajasi to’g’risida
87
ma’lumotlar to’plash va ma’muriyat hisobotlarini taqdim etish, ish haqi,
mehnat ta’tili tizimlari bo’yicha takliflar tayyorlash;
—
turli tadqiqotlar o’tkazish va statistika sohalarida barcha bo’linmalar
bilan hamkorlik qilish vazifalarini bajaradi.
Yangi iqtisodiy sharoitlar personalni boshqarish xizmatiga ana shunday
juda muhim va ishlab chiqarishni rivojlantirishda hal qiluvchi vazifalarni
yuklaganiga qaramasdan, hanuzgacha bu masalaga etarlicha e’tibor
qaratilayotgani yo’q. Ayniqsa, personalni boshqarish xizmati rahbari katta
samara bilan ishlayotgan kompaniya va firmalarning personalni boshqarish
xizmati faoliyatini muntazam tahdil etishi kerak. Bu rahbar quyidagi
xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirishi zarur:
—
jamoaning ijtimoiy etakchisi bo’lish;
—
oliy ma’lumotga, kamida 5 yillik rahbarlik tajribasiga, yuksak
ma’naviy-axloqiy xislatlarga ega bo’lishi;
—
ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasini, ishlab chiqarish jarayoni
va ma’naviy rag’batlantirish shakllarini, ularni takomillashtirish yo’llarini,
korxona oldida turgan vazifalarni, Uni rivojlantirish istiqbollarini, kadrlar
siyosati tamoyillarini, personal bilan ishlashni rejalashtirish va tashkil
etishning shakl va uslublarini, mehnat qonunchiligi asoslarini, boshqaruv
psixologiyasi asoslarini, mehnat sotsiologiyasi va ishlab chiqarish
pedagogikasini, axborot texnologiyasidan foydalanish asosida hujjatlarni
yuritishni tashkil etish asoslarini bilishi;
—
personalni boshqarish tamoyillarini, xodimlarningshaxsiy xislatlarini
va jamoa ishi natijalarini baxrlashni, notiqlik san’atini egallagan bo’lishi;
—
mehnat jamoasida ijtimoiy jarayonlarni tadqiq va tahlil etish uslublari,
mehnatkashlarning jamoatchilik tashkilotlari bilan ishlash tamoyillari
to’g’risida aniqtasavvurga ega bo’lishlari va mehnat nizolarini hal eta
olishlari;
—
aloqa o’rnatishni, muloqot san’atini bilishi, belgilangan maqsadga
erishishga qodir bo’lishi, tashkilotchilik qobiliyati, tahliliy tafakkurga ega
bo’lishi;
—
kompaniya yoki firma etakchi rahbarlari bilan teng sherik bo’la olishi,
o’z dasturlarini korxona strategiyasi bilan birlashtira olishi;
— o’z xodimlari maqsadlarini aniqlab berishi kerak.
Ishlab chiqarishning strategik vazifalarini hal etishda personalni
boshqarish rolining beqiyos o’sishi ushbu xizmat rahbarining ham
kompaniya va firmadagi nufuzini belgilaydi. Mutaxassislar o’tkazgan
tahlillarga ko’ra, XX asrning 60 - yillarida personalni boshqarish xizmati
rahbarining strategik vazifalarni hal etishdagi ishtiroki deyarli
88
kuzatilmagan bo’lsada, bugungi kunga kelib etakchi kompaniya va
firmalarda ular ishtirokisiz amalda birorta strategik qaror qabul
qilinmayapti. Boshqacha qilib aytganda, ushbu xizmag rahbari kompaniya
yoki firmaning etakchi rahbari darajasiga ko’tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |