Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik


Personalni baholashning noan’anaviy usullari keyingi



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet369/502
Sana24.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#699062
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

Personalni baholashning noan’anaviy usullari keyingi
10-15 yil 
ichida qo’llanila boshlandi. Shu sababli hozirgi vaqtgacha ularni tajriba 
usullari deb atashadi. Shunday bo’lsa-da, personalni baholashning 
noan’anaviy usullari ko’pgina kompaniya va firmalarda tobora keng 
ko’lamda qo’llanilmoqda. Ulardan eng ommalashgani „360° attestatsiya” 
nomini olgan.
“360° attestatsiya" usulida xodim bevosita o’z rahbari, o’z 
hamkasblari va o’ziga bo’ysunadigan xodimlar tomonidan baholanadi. 
433


Attestatsiyani amalga oshirish yo’llari (barcha attestatsiya qilinayotganlar 
bir xil formani to’ldiradilar, xodimni hamkasblari va unga bo’ysunuvchilar 
tomonidan baholash hay’atlari orqali amalga oshiriladi) ko’p bo’lishi 
mumkin. Lekin ularning mohiyati bitta: xodimni har taraflama (360° 
asosida) attestatsiya qilishni baholashdir.
Baholashning psixologik usullari
noan’anaviy attestatsiyaning yana 
bir turi hisoblanadi. Bunda malakali psixologlar maxsus testlar orqali 
xodimlarda u yoki bu sifatlarning naqadar rivojlanganligini aniqlaydilar. 
Ushbu usulda an’anaviy attestatsiyadan farqli o’laroq, natijalar (egallab 
turgan lavozimida samarali faoliyat yuritayotganligi) emas, balki 
xodimning salohiyati aniqlanadi. Kompaniya va firmalarda bu usul asosan 
bo’lajak rahbarlardagi etakchilik sifatlarini aniqlashda ishlatiladi.
O’zini tutishning kutilayotgan modeli shkalasi.
Ba’zan BARS 
texnikasi ham deb yuritiladigan ushbu usul rahbar tomonidan 
baholanayotgan xodimning muayyan sifatini tanlashni talab etadi. 
Masalan, attestatsiya qilinayotgan xodimning rahbari „Stressga bardosh 
berish qobiliyati” ustunida mazkur savolga javoblardan birini tanlashi 
kerak bo’ladi. Ya’ni „Men mazkur xodim stress sharoitida o’zini 
quyidagicha tutadi, degan fikrdaman” jumlasi bilan boshlanadigan javob 
variantlaridan biri tanlanadi:
Vazminligini saqlab qoladi
- 5
Kayfiyati tushadi
- 4
Jahdi chiqadi
- 3
Betartib ish tutadi

2
O’zini nazorat qila olmay qoladi
- 1
Attestatsiya maqsadlaridan kelib chiqqan holda uning ikki tarkibiy 
qismini farqlash kerak:
- mehnatni baholash;
- personalni baholash.
Mehnatni baholash personal mehnatining real mazmuni, sifati, hajmi 
va intensivligini rejalangani bilan taqqoslashni nazarda tutadi. Bu rejalar 
odatda yillik va joriy rejalar, dasturlar, texnologiya shartlarida aks 
ettirilgan bo’ladi. Mehnatni baholash mehnat:
-
miqdori;
-
sifati;
-
intensivligini aniqlashga xizmat qiladi. Personalni baholashdan 
maqsad esa xodimning u shug’ullanayotgan faoliyat turi vazifalarini 
bajarishga tayyorligi darajasini aniqlash, shuningdek uning martabasi 
istiqbolini baholash uchun shaxsiy qobiliyati imkoniyatlarini aniqlashdir.
434


Hozirgi vaqtda kompaniya va firmalarda har bir ish o’rni uchun ichki 
standartlar ishlab chiqilgan. Ularda korxonalarda u yoki bu ixtisoslik 
bo’yicha ishchi, xizmatchi, mutaxassis qaysi amaliy va shaxsiy sifatlarga 
ega bo’lishlari kerakligi aniqbelgilab qo’yilgan (10.7- rasm).
Yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda, mutaxassislar 
attestatsiyasini tashkil etishga batafsilroq to’xtaylik.
Eng avvalo, ixtisosliklar faoliyatini baholashning asosiy mezonlariga 
aniqlik kiritish lozim bo’ladi. Amaliyotda ular asosan quyidagilardan 
iborat ekanligi ma’lum:
— ixtisosligi bo’yicha malaka;
— ijodiy faollik;
— xizmat vazifalari hajmi, sifati va tezkorligi;
— mehnat jamoasida qulay muhit yaratish qobiliyati;
— intizomliligi;
— bajaradigan ishining murakkabligi va hajmi;
— ijtimoiy faolligi;
— mutaxassis mehnat samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi boshqa 
amaliy, maxsus va shaxsiy sifatlari.
Mutaxassisning ixtisosligi bo’yicha malakasi quyidagi omillar 
bo’yicha baholanadi:
-
maxsus ma’lumotdarajasi;
-
mazkur xizmat vazifasidagi ish tajribasi;
-
ixtisosligi bo’yicha ish tajribasi;
435

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish