Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet427/502
Sana16.04.2022
Hajmi2,39 Mb.
#557411
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

Tarmoq kelishuvlari.
 
Ular tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini, mehnat shartlari va unga haq 
504


to’lashni, tarmoq xodimlarining (kasbdoshlar guruhlarining) ijtimoiy 
kafolatlarini belgilaydi. Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari 
(xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning 
birlashmalari) o’rtasida, taraflarningtaklifiga ko’ra esa O’zbekiston 
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan 
ham tuziladi (49-modda).
Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar.
Ular hududlarning xususiyatlari 
bilan bog’liq bo’lgan muayyan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish 
shartlarini belgilaydi. Hududiy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari 
(xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning 
birlashmalari) o’rtasida taraflarningtaklifiga ko’ra esa mahalliy ijro etuvchi 
hokimiyat organlari bilan ham tuziladi (50- modda).
Jamoa shartnomasi
ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi mehnat 
munosabatlariga oid o’zaro majburiyatlarini qamrab oladi. Jamoa 
shartnomasi bir tarafdan xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki 
o’zlari vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi. Jamoa shartnomalari 
korxonalarda ularning yuridik shaxs huquqi berilgan tarkibiy 
bo’linmalarida tuziladi (35—36- moddalar).
Bosh, tarmoq, hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar, mehnat 
shartnomalari tizimida ahdlashuvlar tuzilishida yuqori darajadagi 
kelishuvlarning quyidagilardagiga nisbatan ustuvorligi mavjuddir. Shuning 
uchun Kasaba uyushmalar va ish beruvchilar o’zaro munosabatlarining 
faqat umumiy masalalarini aks ettiradigan Bosh kelishuv tuzilganga qadar 
tarmoq kelishuvi tuzilishi talab etiladi.
Uz navbatida aniq mehnat sharoiti, unga haqto’lash, xodimlarni ishga 
qabul qilish va ishdan bo’shatishdan iborat kafolatlar belgilanadigan 
tarmoq kelishuvlarga hududiy (mintaqaviy) kelishuvlarda, ayniqsa mehnat 
shartnomalarida to’la aniqlik kiritilishi zarur.
Amaliyotda tarmoq kelishuvlari Bosh kelishuv qabul qilinmagan 
holda ham tuzilishi, korxonalarda esa tarmoq yoki hududiy (mintaqaviy) 
kelishuvlar imzolanmagani holda jamoa shartnomalari tuzish hollari tez-
tez uchrab turadi. Bunday hollarda eng asosiysi O’zbekiston 
Respublikasining Mehnat Kodeksidagi “Mehnat haqidagi kelishuvlar va 
shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to’g’risidagi qonunlar va 
boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda 
yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas” (5-modda) tamoyiliga qat’iy 
amal etishdir. Kuyi darajada tuzilgan shartnomalarda yuqori darajada 
qabul qilingan kelishuvlarga mos keladigan mehnat shartlari qayd etiladi 
yoki xodimlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan shartlar aks ettirilishi 
505


kerak.
Tarmoq kelishuvlari, so’zsiz, birinchi navbatda xodimlar manfaatlarini 
himoya qilish vositasidir. Lekin ular ish beruvchilarga mehnatni 
boshqarish asosiy vositalari (ishchi kuchi, uning qiymati, ijtimoiy to’lovlar 
turlari va miqdori, boshqa masala-lar)ni o’zaro kelishib olish va shu orqali 
o’z korxonalari raqobatbardoshligini oshirish, mehnat jamoalaridagi 
ijtimoiy nizolarni hal etish imkonini ham beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari barcha taraflar 
manfaatlarini hisobga oladigan ahdlashuvlarga asoslangan bo’lishini talab 
etadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan jamoa 
shartnomalari va kelishuvlari xuddi shu maqsadga yo’naltirilgan.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   423   424   425   426   427   428   429   430   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish