Tashkent – 2011
K.Kh.Abdurakhmanov, Sh.R.Kholmuminov, N.K.Zakirova,
A.B.Irmatova “Personnel management” (Textbook) – T.: TSEU,
2011. 579 р.
In the textbook
are considered modern concepts, functions and
methods of personnel management, in particular, managerial system by
personnel, planning, shaping, development, stimulation, estimation of the
personnel, managament in labor group, questions lesdership, relations
between group, enterprises and organizations of the Republic Uzbekistan,
as well as broughted experiences of the foreign countries.
The Textbook is intended for student of the high educational
institutions, manager and specialist, as well as all interesting by questions
of management.
Responsible editor:
Bekmurodov A.Sh.
– проректор
Tashkent
state economic university,
doctor of the economic sciences
Reviewers:
Rakhimova D.N. – head of chair
“Menejment” of the Academy of the
State and Social Constraction under
the Prezident of the Republic of
Uzbekistan, doctor of the economic
sciences.
Bakieva I.A.
- a senior teacher of the
chair
"Labour Economy and
population" Tashkent state economic
university, candidate of the economic
sciences.
6
KIRISH
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoni personalni boshqarish sohasida
ham tub o’zgarishlar qilinishini taqozo etadi. Bunday sharoitlarda har bir
korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi uning jamoasi, personali
malakasi, bilim va tajribasi, tashabbuskorligi, intizomliligi, mas’uliyatiga
bog’liq bo’lib qoladi. Rivojlangan davlatlarda korxona personallarida bu
va boshqa sifatlarni qaror toptirish va rivojlantirishga boshqaruvni
takomillashtirish hisobiga erishilishi ko’pdan bo’yon yaxshi ma’lum.
Bugungi kunda kadrlar siyosati
borasidagi asosiy muammolar
ularning professional etikasi, boshqaruv salohiyati va mahoratini
shakllantirish bo’lib, bu boradagi qarashlarni sifat jihatdan o’zgartirishni
talab etadi. Shu sababli boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat
qiluvchi malakali, tajribali, bilimli mutaxassislar bir necha yillar ichida
shakllanishini inobatga olgan holda ularning iqtidori mavjud davr talablari
asosida rivojlanishi asosiy masala bo’lib qolaveradi.
1
Iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiyalash
jarayonida personalni
boshqarishni ilmiy asosda yo’lga qo’yishning ahamiyati beqiyosdir. Ko’p
yillik tadqiqotlar hozirgi sharoitda iqtisodiy o’sishning qariyb 80 foizini
personal: ishchilar, mutaxassislar, xizmatchilar, rahbarlar mehnati,
malakasi, izlanuvchanligi, salohiyati tashkil etishini, 20 foizini esa boshqa
barcha omillar ta’minlashni ko’rsatdi. Shuning uchun ham har qanday
ishlab chiqarishda inson omili hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mamlakatimiz
Prezidenti I.A.Karimov “... hozirgi kunda taraqqiyot yo‘lidan
izchil
rivojlanib borishimizda, ezgu maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarishda hal
qiluvchi rol o‘ynaydigan muhim bir mezon borki, u ham bo‘lsa, inson
kapitali, ya’ni inson omili”
2
deb ta’kidlagan.
Milliy iqtisodiyotda keng qo’lamli, har taraflama, chuqur
o’zgartirishlarga kirishilar ekan, eng avvlo iqtisodiyotni tizimli
va tarkibiy
jihatdan izchil yangilash ustuvor ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda ham
ana shu yo’nalishdagi islohotlardan iqtisodiyotda makroiqtisodiy
mutanosiblikni ta’minlash, etakchi o’rin tutishi lozim bo’lgan ishlab
chiqarish soha va tarmoqlarini jadal rivojlantirish, shu bilan birga
1
Karimov I.А. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T.: O’zbekiston, 2009.
2
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish –taraqqiyotimizning muhim omilidir.
Prezident Islom
Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
ma’ruzasi.\\ Xalq so’zi gazetasi, № 8.12.2010.
7
O’zbekistonning o’ziga xos demografik xususityalari, ish bilan bandlik,
aholi daromadlarini ko’paytirish bilan bog’liq o’ta muhim muammolarni
hal etish maqsadi ko’zlanmoqda. Bu respublikamizda tom ma’nodagi
iqtisodiy mustaqilikka erishishning asosiy omilidir.
Ana shu ustuvor
yo’nalish ichki va tashqi investitsiyalar kiritish hisobiga tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish, xom-ashyo etishtirishga yo’naltirilgan bir
yoqlama iqtisodiyotdan xalos bo’lish vazifasini hal etishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlari kengayib va
chuqurlashib bormoqda. Bunda asosiy e’tibor soliq yukini kamaytirish,
tashqi savdoni, shunigdek, moddiy resurslar, tayyor mahsulotlarni
realizatsiya qilish va ulardan foydalanish tizimini liberallashtirish, jahon
xo’jalik aloqalariga integratsiyalashuv jarayonlarini
jadallashtirishga
qaratilmoqda.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish,
eski zamon illati bo’lgan byurokratik tizimni bartaraf etish, ayni raytda
boshqaruvni zamonaviy, bozor iqtisodiyotiga mos asosda tashkil etishni
hayotiy zaruratga aylantirdi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan
ma’muriy islohotlar natijasida markaz va joylardagi boshqaruv organlari
tuzilmalari jiddiy ravishda takomillashtirilmoqda.
Iqtisodiyotning turli sohalarida xo’jalik yuritadigan sub’ektlarning
huquqlari va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomlari qonun yo’li bilan
mustahkamlandi. Korxonalarning bankrot bo’lishi qonuniy asosga ega
bo’ldi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy mustaqilligi kengayib
borgan sari avvalgi tarmoq vazirliklari o’rnida tashkil topgan davlat
konsernlari tarmoq
uyushmalariga aylantirildi, ularning boshqaruv
apparatlari tizimi bozor munosabatlariga moslashtirildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmuni
mulkni haqiqiy egalari qo’liga topshirish, tadbirkorlik faoliyatini olib
borishlari uchun ularga barcha shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratib
berishga qaratildi.
Chunki ishbilarmon, tadbirkor mulkning haqiqiy
xo’jayiniga aylangan taqdirdagina ishlab chiqaruvchida o’z faoliyati
natijalarini amalda his etish to’yg’usi ularni shaxsiy tashabbuskorlik,
izlanish, yangiliklarni joriy etishga doim rag’batlantirib turadi.
8