Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norquloy о ‘zbekiston tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/184
Sana28.06.2021
Hajmi3,16 Mb.
#103588
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   184
Bog'liq
8-Sinf-ozbekiston-tarixi

Ingliz  ekspeditsiyalari 
_  .  . 
.  . . . . . .  
. . . . . . . .  
,  r 
.
ford boshchiligida uyushtmldi.  Murkford
ekspeditsiyasi  1825-yil fevral  oyida Buxoroga yetib  keldi.  Manba- 
larda  qayd  etilishicha,  ekspeditsiya tarkibida  70  kishi bo‘lib,  ular 
olib  kelgan  80  sandiq  turli  xil  mollar  Buxoro  qo‘shbegisiga 
ko‘rsatilgan.  Inglizlar  Buxoro  xonligini  har  tomonlama  o‘rga- 
nishga,  mahalliy hukmdorlar  orasida inglizlarga tarafdor guruhni 
shakllantirishga  muvaffaq  bo‘lgan  edi.
Murkford  ekspeditsiyasidan  xabar  topgan  Rossiya  hukmron 
doiralari tashvishga tushdilar.  Natijada Rossiya hukumati  Buxoro 
amiri  Haydarga  inglizlarning  Buxorodagi  xatti-harakatidan 
noroziligini  bildiradi.  Rossiya  hukmron  doiralarida  borgan  sari 
Markaziy  Osiyoni  bosib  olish  kayfiyati  kuchayib  bordi.  1826- 
yilda Rossiya hukumati polkovnik F.  Berg boshchiligida Ustyurtga 
ekspeditsiya  yuborib,  Markaziy 
Osiyoga  boradigan  yo‘llami 
yanada aniqroq belgilab  oldi.  1831-yilda inglizlar Markaziy  Osiyoga 
ikkinchi marta elchi yubordilar.  Elchilarga ingliz armiyasi leytenanti 
Aleksandr  Byoms  boshchilik  qildi.
A.  Byoms  1832-yilda  Buxoroga  kirib  keldi.  U  o‘zini  arman 
savdogari  deb  tanitdi.  Qo‘lida  hind  va  afg‘on  savdogarlarining 
tavsiyanomalari bo‘lgan bu  ,,tadbirkor“  Buxoro xonhgi qo‘shbegisi 
bilan  aloqa  bog‘lay  oldi.  Buyuk  Britaniya  hukumati  Hindiston 
bilan  Markaziy  Osiyo  o‘rtasida  savdo  aloqalarining  kengayishiga 
o‘zining  xonliklardagi  ta’sirini  qaror  toptirishning  asosiy  yo‘li 
deb  qarar  edi.  Shuning  uchun  ham  Buyuk  Britaniya  hind  sav- 
dogarlariga  xonliklar  bilan  savdo-sotiq  aloqalarini  yo‘lga 
qo‘yishlarida katta yordam ko‘rsatdi.  Xususan,  hind  savdogarlariga 
qarz  hamda  ingliz  mollari  berib  turildi.  Bu  mollar  Markaziy 
Osiyoda  Rossiya  mollari  narxidan  arzonga  sotilar  edi.
Aleksandr Byoms  mamlakat hududida katta razvedka ma’lu- 
motlari ham to‘play  oldi.  Bu  elchilik missiyasi Markaziy  Osiyoda 
ingliz  savdosining  rivojlanishiga  yordam  berdi.
1839-yili  Buyuk  Britaniya Afg‘onistonga  qarshi  harbiy  hara- 
katlar  boshlaganida  Rossiya — Buyuk  Britaniya  munosabatlari 
yanada  keskinlashgan.  Agar  Afg‘oniston  bosib  olingudek  bo‘lsa, 
navbat  Markaziy  Osiyoga  kelishi  mum kin  edi.  1839-yili  Hirotda 
o ‘z  qarorgohini  vujudga  keltirgan  ingliz  razvedkasining 
ayg‘oqchilari  Markaziy  Osiyo  xonliklariga  yuborilib  turildi.  Xu-
14 7


susan,  ingliz  razvedkasi  vakillaridan  kapitanlar  Jeyms  Ebbot, 
Charlz  Stoddart,  Konolli,  Richard  Shekspirlar  Xiva,  Buxoro, 
Qo‘qon  xonliklariga  kelib  harbiy,  siyosiy,  iqtisodiy  masalalarda 
ma’lumotlar  to‘plab,  o‘z  rahbarlariga  yetkazishardi.
Inglizlaming  Markaziy  Osiyodagi  harakatlaridan  tashvishga 
tushib  qolgan  Rossiya  1839-yili  Xiva  xonligiga  qarshi  harbiy 
yurishni  boshladi.  Bu  yurishga  Orenburg  gubernatori 
V. A. Perovskiy  rahbarlik  qilgan  edi.  Biroq  urush  qatnashchila- 
rining  o‘zini  sovuqqa  oldirishi,  oziq-ovqat,  yem-xashakning 
tugab  borishi  oqibatida  orqaga  qaytadi.  Bu  yurish  muvaffaqiyat-
Markaziy  Osiyo  xonliklari  va  Rossiya 
munosabatlarining keskinlashuviga pod- 
sho  Rossiyasining  Markaziy  Osiyoda 
o‘z  ta’sirini  mustahkamlash  yo‘lidagi 
harakatlari  sabab  b o ‘ldi.  Xususan, 
1847-yilda Rossiya, xonliklarga ohb boradigan yo‘lda ikkita istehkom 
qurdi.  Ulaming  biri  —  Aralsk  shahri  yaqinida  barpo  etilgan 
(Sirdaryo  o‘zani  yaqinida)  Raim  istehkomi,  ikkinchisi  Yettisuv 
01atog‘idagi  Kopal  istehkomi  edi.  Bu  istehkomlar  Rossiya  olib 
borgan  siyosatda  harbiy  yo‘l  bilan  Markaziy  Osiyoni  ishg‘ol 
etish  tomon burilish  ro‘y  berganligining  yaqqol  isbotidir.  Bu  hoi 
Markaziy  Osiyo  xonliklarini  tashvishga  solib  qo‘ydi.  Shuning 
uchun  ham  Xiva  xoni  Orenburgga  o‘z  vakillarini  yubordi.  Xon 
o‘z  maktubida  yaxshi  qo‘shnichilik  o‘matish  hamda  do‘stona 
yashash  istagini  bildirgan  hamda  Raim  istehkomini  buzib 
tashlashni iltimos  qilgan edi.  Xiva elchilari  1847- yilda Peterburgda 
podsho  qabulida bo‘lgan bo‘lsalar-da,  ko‘zlangan maqsadga erisha 
olmadilar.
Xiva  xonligining  qurol  kuchi  bilan  istehkomni  yo‘q  qilish 
yo‘lidagi urinishlari  natija bermadi.  Chunki,  rus gamizoni yaxshi 
qurollangan  edi.  Bu  paytda  Qo‘qon  —  Rossiya  munosabatlari 
ham  keskinlashgan  edi.  Qo‘qon  xoni  Xudoyorxon  ham  yangi 
istehkomlar qurilganhgidan tashvishga tushib  qolgan edi.  Natijada, 
Xudoyorxon Rossiyaga elchi yuboradi.  Podsho nomiga yo‘llangan 
maktubda  Xudoyorxon  Nikolay  I  ga  Qo‘qon  xonligida  jamoat 
tartibi tiklanganligini,  savdo  yodlari  yaxshi qo‘riqlanayotganligini,
sizlikka uchradi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish