Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norquloy о ‘zbekiston tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/184
Sana28.06.2021
Hajmi3,16 Mb.
#103588
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184
Bog'liq
8-Sinf-ozbekiston-tarixi

Siyosiy tarqoqlikning 
Imomqulixondan  keyin  taxtni  egalla- 
kuchayishi 
gan  Nodir  Muhammad (1642 —  1645)
davrida  siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. 
Xonning  o‘zi  mamlakatning  asosiy  viloyatlarini  12  nafar  o‘g‘li, 
2  nafar jiyani va nabirasiga mulk qilib  taqsimlab berdi.  Oqibatda, 
davlatchilik  asoslarini  zaiflashtirdi.  1645- yilda  qozoqlar  yana 
Movarounnahrga  yurish  qilib,  Xo‘jandgacha  yetib  keladilar.
37


Nodir  Muhammad  ulami  quvib  chiqarish  uchun  o‘g‘li  Ab- 
dulaziz  boshchiligidagi  katta  qo‘shinni  safarbar  etadi.  Xondan 
norozi  bo‘lgan  bir  guruh  amirlar  yurish  davrida  Abdulazizni 
xon  deb  e’lon  qiladilar.  Abdulaziz  Buxoroga  keladi,  aslzodalar 
uni  taxtga  o‘tqazadilar.
Nodir  Muhammad  Balxga  qochib  ketadi  va  toj-u  taxtni 
qaytarib  olish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda  Shoh 
Jahondan  yordam  so‘raydi.  Shoh  Jahon  Balx  viloyatini  o‘ziga 
bo‘ysundirish  maqsadida  u  yerga  o‘g‘illari  Murodbaxsh  va 
Avrangzeb  boshchiligida  katta  qo‘shin  yuboradi.  Nodir  Muham­
mad  Shoh  Jahon  o‘g‘illari  yordamga  emas,  Balx  viloyatini 
egallash  uchun  kelayotganini  bilgach,  ularga  qarshi  chiqadi. 
Maymana  yo‘lida  bo‘lgan  jangda  Nodir  Muhammad  yengilib, 
Eronga  qochadi  va  shoh  Abbos  huzurida  panoh  topadi.
1647-yilda  Shoh  Jahonning  o‘g‘illari  Balxni  egallaydi.  Nodir 
Muhammad  shoh  Abbos  yordamida  Balxni  qayta  egallaydi.  Bu 
voqealardan  tashvishga  tushgan  Abdulazizxon  ukasi  Subhonquli 
yetakchiligida Balxga katta qo‘shin yuboradi,  1651-yilda Subhon­
quli  Balxni  egallaydi  va  u  Balx  hokimi  etib  tayinlanadi.  Nodir 
Muhammad  esa Makkaga hajga borayotib yo‘lda vafot etadi.
Abdulazizxon davrida (1645—1681) Xiva 
xonlarining  talonchilik  yurishlari  ku- 
chayadi.  1655- yilda Xiva xoni Abulg‘o- 
ziyxon  katta  qo‘shin  bilan  yurish  qilib,  Buxoro  atroflarini  ikki 
bor  talon-taroj  qiladi.  Qorako‘l  aholisining  bir  qismini  asir  olib, 
Karmanani  vayronaga  aylantiradi.  1658- yilda  Vardonzeni  talab, 
1662-yilda Buxoro shahrigacha yetib boradi.
Tinimsiz  urushlar,  ichki  ziddiyatlar  Buxoro  xonUgining  ijti- 
moiy-iqtisodiy  ahvolini  murakkablashtirib  yuborgandi,  siyosiy 
vaziyat izdan chiqqandi. Keksayib qolgan Abdulazizxon 1681- yilda 
taxtdan voz  kechadi.
Abdulazizxondan  keyin  taxtga  o ‘tirgan  Subhonqulixon 
(1681—1702)  davrida  ham  ahvol  o‘nglanmadi.  Subhonqulixon, 
bir  tomondan,  Balx  viloyatlarida  hokimlik  qilayotgan  o‘g‘illariga 
qarshi,  ikkinchi  tomondan,  Movarounnahr  viloyatlaridagi  amir 
va  beklarga  qarshi  urushlar  qilishga  majbur  bo‘ldi.  Uchinchi 
tomondan, Xiva xoni Anushaxon qo‘shinlari hujum qilib,  Buxoro, 
Karmana va Vardonzeni  egalladi,  hatto  Samarqandni ham ishg‘ol

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish