Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi


Qoraqalpoq xalqining yozma adabiyoti qachon shakllandi?



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

1. Qoraqalpoq xalqining yozma adabiyoti qachon shakllandi?
Nega bu adabiyotning asosini she’r va dostonchilik tashkil etgan?
2. Jiyen Jirov, Kunxo‘ja va Ajiniyozlaming qanday asarlarini bilasiz?
3. Berdaq asarlarida qanday g‘oyalar ilgari surilgan?


VII BOB.
XVIII - XIX ASRNING BIRINCHI
YARMIDA QO‘QON XONLIGI
3 2 -§ . Q o‘qon xonligining tashkil topishi
Shohruxbiy — xonlik 
Farg‘ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida 
asoschisi 
edi. XVTII asr boshlarida Buxoro xonligi
ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foyda- 
langan jung‘arlar Farg‘ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon- 
taroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlami birlashishga, mustaqil 
davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak 
qishlog‘i xo‘jalar jamoasi o‘z mulklarini mustaqil deb e’lon qildilar. 
Vodiydagi ming qabilasi oqsoqollari yig‘ilishib, Buxoro xonligidan 
mustaqil davlat tuzishga qaror qilishgan. Ming qabilasi yo‘lbosh- 
chilaridan biri Shohruxbiy hukmdor (1710—1721) deb e ’lon 
qilinadi.
1710-yilda minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini 
ag‘dardilar va Farg‘ona vodiysida hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar. 
Shu tariqa, Markaziy Osiyoda keyinchalik Qo‘qon xonligi deb 
atalgan yangi davlat vujudga keldi. Tepaqo‘rg‘on Shohruxbiyning 
qarorgohiga aylantirildi.
Shohruxbiyning o‘g‘li Abdurahimbiy (1721 — 1733) davrida 
X o‘jand, 0 ‘ratepa viloyatlari q o ‘shib olindi. U Shahrisabz 
ostonalariga qo‘shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo‘qonga 
tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni 
egallaydi. Abdurahimbiy Xo‘jandga qaytib kelgach, qattiq betob 
bo‘lib, vafot etadi. Qo‘qon xonligi taxtiga uning inisi Abdulkarim- 
biy o‘tiradi (1733 — 1750). U Eskiqo‘rg‘on qal’asi yonida hozirgi 
Q o‘qon shahriga asos solib, o ‘z poytaxtini Tepaqo‘rg‘ondan 
Qo‘qon shahriga ko‘chiradi. Shahar atrofini devor bilan o‘ratadi.
Erdona hukmronligi davrida (1751—1762) xonlikning qudrati 
ortdi. U 0 ‘sh va 0 ‘zganni bo‘ysundirdi. Erdona davrida Qo‘qon 
xonligi g‘arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash 
olib bora olgan davlatga aylandi. Biroq hukmronlik davri urushlar 
bilan o‘tdi. Toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Nihoyat, 1763- 
yilda taxtga Abdukarimbiyning nabirasi N orbo‘tabiy o ‘tqizildi 
(1763 — 1798). U dastlab Chust va Namangan hokimlarining 
isyonini bostirdi. Xo‘jandni qayta bo‘ysundirdi.


Manbalarda keltirilgan m a’lumotlarga qaraganda, Norbo‘tabiy 
davrida ekinlardan m o‘l hosil olinib, bozorlarda narx-navo 
arzonlashgan. Har tomonlama mamlakatning qudrati o‘sgan.
N orbo‘tabiy vafot etgach, taxtga uning o‘g‘li Olimbek o‘tqi- 
zildi. Uning davrida (1798 — 1810) Qo‘qonning siyosiy mav­
qeyi yanada kuchaydi. U O hangaron vohasini, Toshkent, 
Chimkent, Sayram va Turkistonni o‘ziga b o ‘ysundirdi. Natijada 
Rossiya bilan savdo yo‘li ochildi. Orenburgga boradigan savdo 
yo‘llari tutashgan joyda xonlikning chegara qal’asi Oqmasjid qurildi. 
U o ‘z davlatini 1805-yili rasman Qo‘qon xonligi deb, o ‘ziga esa 
,,xon“ rutbasini oldi va uni Olimxon deb atay boshlashdi. 
Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzishga intilayotgan- 
ligi ayrim qabila boshliqlari orasida keskin norozilik tug‘dirdi. 

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish