Xiva x o n ligiga qaram b o lg a n
q o /o q yerlari
Turkm an qab ilalarin in g Xiva x o n ligiga
vaqtincha qaram b o ‘lib q olgan ycrlari
B u x o ro amirligi bilan Q o 'q o n xon ligi
o krta.sidagi ja n ja lli y eria r
Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi
o'rtasid agi janjalli yerlar
b A n d x u d
ShiburR‘o n o
o \1 a v m a n a
о
^ 0 N-£-
"B alx oQunN
du/ 4 ,0
\ °
/
Hindi
|
| Q o‘qon xonligiga >aqtincha qaram yerlar
X onliklarning taxm iniy chegaralari
A =
davrda amalga oshmay qoldi. Rossiya imperiyasining „Shimoliy
urush“ bilan bandligi bunga sabab b o ‘ldi.
1713-yili Astraxanga kelgan Xiva elchisi Xoja Nafas rus
m a’murlariga, Sankt-Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga
Amudaryo sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat
qiluvchi aholi ko‘p miqdorda oltin yuvib olayotganini aytadi. Ana
shu m a’lum otlar ta ’sirida Pyotr I o ‘zbek xonliklariga kirib borish
maxfiy rejasini tuzadi. U ikki harbiy ekspeditsiya tashkil etadi.
Biriga Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni, ikkinchisiga kapitan
Ivan Buxgolsni rahbar etib tayinlaydi.
Вekovich-Cherkasskiy harbiy ekspeditsiyasi tarkibida katta
harbiy qo‘shin bor edi. U lar 1717-yilda Xiva xonligi hududlariga
kirib keladi va harbiy to ‘qnashuvlar bo ‘ladi. Xiva xoni Sherg‘ozixon
hiyla ishlatib Bekovich-Cherkasskiyni qabul qiladi va uning
qo‘shinlarini qirib tashlaydi. Pyotr I uyushtirgan ekspeditsiya-
ning halokati Xiva — Rossiya m unosabatlarini keskinlashtirib
yubordi.
„Buxgols ekspeditsiyasi“ga kelsak, uning qo‘shini 1715-yili
Toboldan Irtish b o ‘ylab Yorkentga yo‘l oladi. Bu guruh Yamish-
chev ko‘lida b o ‘lib, u yerda istehkom quradi. Biroq, ular qal-
moqlar hujumiga uchrab, orqaga chekinishga majbur b o ‘ladilar.
1717-yili Buxoro xoni Peterburgga o‘z elchisini yuboradi.
Elchi Qulibek Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan
qozongan g‘alabasi munosabati bilan yozilgan qutlov m aktubini
topshiradi. Abulfayzxon o ‘z maktubida, ayni paytda, Buxoroga
Rossiya elchisi yuborilishini so‘ragan edi. Bunga javoban Rossiya
hukumati 1721-yili Florio Benevenini elchi qilib jo ‘natadi. Rossiya
elchisiga Sharq mamlakatlariga olib boradigan suv va quruqlik
yo‘llarini o ‘rganish; rus savdosini kengaytirish imkoniyatlarini
aniqlash; Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko‘ndirish;
xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish; qayerda qancha oltin
borligini aniqlash va ulam i xaritaga tushirish; xonlikdagi qal’a va
qo‘shinlar ahvolini o ‘rganish ham da xonlikning Eron va Xiva
bilan o ‘zaro munosabatlarini o ‘rganish vazifalari yuklatilgan edi.
F. Beneveni Buxoroga yetib keladi va Abulfayzxon qabulida
bo ‘ladi.
F. Beneveni Buxoroda 3,5 yil turdi va o ‘z oldiga qo‘yilgan
masalalar b o ‘yicha qimmatli m a’lumotlar to ‘plashga muvaffaq
144
b o ‘ldi. U lam i Sankt-Peterburgga ochiq va shifrlangan xat orqali
jo ‘natib turdi. H ukum atning barcha topshiriqlarini bajargan
F.Beneveni 1725-yilda Peterburgga qaytib ketdi.
XVIII asrning birinchi choragida Kichik, 0 ‘rta, K atta juzga
b o ‘lingan qozoq sultonlari o ‘rtasida o ‘zaro kurash kuchaydi.
N atijada u lar n o ch o r ahvolga tushib, tashqaridan yordam
so ‘rashga m ajbur b o ‘ldilar. 1730-yilda K ichik ju z sultoni
Abulxayr Rossiyaga elchi jo ‘natib, Rossiya tobeligiga o ‘tish
istagini bildiradi. 1732-yilda Kichik juz, 1739—1740-yillarda
Semekexon boshchiligidagi 0 ‘rta juz, 1747-yilda K atta juz ham
Rossiya tobeligiga o ‘tdi. N atijada Rossiya hukum ati uchun
M arkaziy Osiyoni o ‘z ta ’siriga b o ‘ysundirish yo ‘lida
qulay
im koniyat yuzaga keldi.
1734-yili senat kotibi I.Kirillov boshchiligida harbiy guruh
tayinlandi. U „O ral dengizida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarishi“ ,
„Buxoro va undan Hindistonga“ boradigan yo‘lni ochishi, oltin
konlarini izlashni davom ettirishi lozim edi. 1735-yilda Kirillov
guruhi Or daryosi b o ‘yida Or qal’asini qurdi (keyinchalik bu
qal’a atrofida Orenburg shahri vujudga keladi), Yoyiq va Irtish
sohillari (Sibir)da istehkomlar barpo etdi. Xonliklar savdogarlari
Rossiya bilan Orenburgda savdo-sotiq qiladigan b o ‘lishdi.
XVIII asrning ikkinchi yarm idan boshlab Rossiya savdo-
iqtisodiy aloqalarida Markaziy Osiyo xonliklarining ahamiyati
yanada orta bordi. Bunda, birinchidan, Rossiyada rivojlanib
borayotgan sanoat uchun xomashyo manbalari topishga intilish,
ikkinchidan, Osiyoda, xususan, Hindistonda Buyuk Britaniya
ta ’sirining kuchayib borayotganligi sabab b o ‘lgan.
X V III
asr oxiri — X IX asr boshlarida rus sarm oyasi
Markaziy Osiyo bozorida yetakchi o ‘rinni egalladi. Ingliz mollari
Rossiya orqali olib kelinar edi. Nijegorod yarmarkasida rus
savdogarlaridan tashqari o ‘zbek xonliklari, Eron va H indistondan
kelgan savdogarlar ham qatnashgan. XIX asr boshlarida Rossiya
o ‘zbek savdogarlari uch u n katta im koniyatlar yaratdi, b a ’zi
ch ek lash lar b ek o r qilindi. E n d i u la r R ossiyaning ichkari
shaharlariga ham borib savdo qila oladigan b o ‘lishdi.
10 — 0 ‘zbekiston tarixi, 8-sinf
145
1. Rossiya va Markaziy Osiyo xonliklari o ‘rtasida savdo aloqalari-
ning rivojiga qanday omillar sabab bo‘ldi?
2. XVI—XVII asrlarda elchilik qilgan shaxslarning ro‘yxatini tu-
zing.
3. Elchilarga qanday vazifalar yuklanardi?
4. Qachon va nima uchun Rossiyaning xonliklarga nisbatan muno-
sabatda tazyiq o ‘tkazishi boshlandi? Bu nimalarda namoyon
bo‘ldi?
5. Rossiyaga boradigan karvon yo‘llarining xaritasini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |