Q u sm o n o V, U. J o ‘rayev, N. N o r q u L o V о ‘zbekiston tarixi


V IBOB.   X Y I-X IX   ASRNING  BIRINCHI



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/199
Sana31.12.2021
Hajmi2,42 Mb.
#271857
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   199
Bog'liq
Oz Tarix 8-sinf Kutubxona n1 uz

V IBOB.
  X Y I-X IX   ASRNING  BIRINCHI 
YARMIDA  QORAQALPOQLAR
YI bobni o‘rganish natijasida:
•  Qoraqalpoq xalqining kelib  chiqishi haqidagi m a’lumotlar;
•  Qoraqalpoqlaming  o ‘z  qo‘shnilari  bilan  munosabatlari, 
ijtimoiy-iqtisodiy  va  madaniy  hayotiga  oid  bilimlar  bilan 
tanishasiz.
27- §.  Qoraqalpoq  xalqining  shakllanishi  va 
siyosiy  hayoti
Qoraqalpoqlaming 
Tarixiy manbalarda hozirgi  Qoraqalpo-
xalq  sifatida  shaklla- 
g‘iston  hududida  odamlar  neolit  davri- 
nishi  tarixidan 
dayoq  yashaganligi  qayd  etiladi.
Milodiy II—VIII  asrlarda  Orolbo‘yi 
dashtlariga  bir  qator  turkiy  qabilalar  kirib  kelib  joylashgan- 
lar.  Mahalliy  aholining  kirib  kelgan  qabilalar  bilan  qo‘shilishi 
natijasida  Orolbo‘yida  bijanaklar  va  o ‘g‘uzlar  shakllangan. 
Bijanaklar negizida VIII—X  asrlarda qoraqalpoqlaming xalq sifatida 
shakllanish  jarayoni  boshlangan.
X  asr  boshlarida  bijanaklarning  bir  qismi  Volga  ortiga, 
Janubiy Rus  dashtlariga ko‘chib  o‘tishga majbur bo‘lganlar.  Bunga 
o‘g‘uzlar  va  qipchoqlaming  siquvi,  tazyiqi  sabab  bo‘lgan.
XII  asr  ms  yilnomalarida  ular  „черные  клобуки“  (qoraqal­
poq)  deb  tilga  olingan.  Qoraqalpoq  xalqining  nomi  shu  atama- 
dan  olingan.  Volga va  Ural  daryolari  oralig‘ida  qolgan bijanaklar 
joylashgan  hududni  Irtish  daryosi  atroflaridan  kelgan  qipchoq 
qabilalari zabt  etgan.  Shu tariqa,  ular qipchoqlar bilan  aralashib, 
ularning  tilini  qabul  qilganlar.  Qipchoqlaming  um g‘-qabila 
tarkibiga  kirgan  bijanaklar  (qoraqalpoqlar)  manbalarda  „qora 
bo‘rkli“  deb  qayd  etilgan.
X III  asr  boshlarida  Chingizxon  Xorazmshohlar  davlati 
poytaxti  U rganch  shahrini  egallagach,  uni  suvga  bostirish 
maqsadida Amudaryo  to ‘g‘onini buzdirib  tashlaganligi  haqida  siz 
VII  sinfda bilib  olgan  edingiz.  To‘g‘on buzilgach,  Amudaryoning
102


o ‘zani  ham   o ‘zgargan.  Oqibatda,  suvsiz  qolgan  Orolbo‘yi 
qoraqalpoqlarining  bir  qismi  Volga  va  0 ‘rol  (Yoyiq)  daryolari 
bo‘ylariga,  Sirdaryo vohalariga ko‘cliib  ketishga majbur bo‘lganlar.
Oltin  0 ‘rda  zaiflashgach,  uning  tarkibidan  qator  mustaqil 
davlatlar  ajralib  chiqqan.  Bu  davlatlarning biri — XIV  asr  oxirida 
tashkil  topgan  N o‘g‘ay  (Mang‘it)  xonligi  edi.  Uning  chegara- 
si  — Volga  daryosidan Irtish daryosigacha,  Kaspiy va  Oral  dengizi 
bo‘ylaridan  Kama  daryosigacha  bo‘lgan  hududlami  o‘z  ichiga 
olgan.
Binobarin,  qoraqalpoqlar  ko‘chib  borib  joylashgan  hududlar 
XV—XVI  asrlarda  N o‘g‘ay  xonligi  hududiga  kirgan.  N o‘g‘ay  va 
qoraqalpoq  xalqlari  o‘zaro  siyosiy  hamkorlikda,  birlashma  bo‘lib 
yashaganlar.
N o ‘g‘ay tili tarkibi,  fonetikasi va grammatik qurilislii jihatidan 
qoraqalpoq tiliga juda yaqin.
■ 
Yodda tuting. 
Shu tariqa X V I asrga kelib bir necha urug ‘lardan 
Й
 
iborat  qoraqalpoq  xalqining  shakllanish  jarayoni  nihoyasiga 
yetgan.  Qoraqalpoqlaming alohida bir xalq bo ‘Iganligi haqidagi 
manbalar  X V I  asrning  oxirlariga  to ‘g ‘ri  keladi.  Chunonchi, 
1598-  yilda  Buxoro  xoni  Abdullaxon  I I   ning  bir  yorlig‘ida 
,,qoraqalpoqlar“  degan  so‘z  qayd  etilgan.
„ 

. . . .  
XVII  asrning  boshlarida  no‘g‘aylar Volga 
tashkTtopish^111®ШШ8  va Yoyiq daryolari bo‘ylariga bostirib kelgan
jung‘orlar  (qalmoqlar)  tomonidan  tor- 
mor  etiladi.  Oqibatda,  ular  Qrimga  ko‘chib  ketishga  majbur 
bo‘lganlar.  Qoraqalpoqlar  esa  Oral  va  Sirdaryo  bo‘ylariga  kelib 
o ‘mashadilar.
Qoraqalpoqlar  ijtimoiy  hayotida  biylar  va  botirlar  (harbiylar 
boshlig‘i)  muhim  o‘rin  tutgan.  Biylar  qoraqalpoq  urug‘lariga 
boshchilik  qilganlar,  shuningdek,  qo‘slmi  xalqlar  bilan  muno- 
sabatlarda  o‘z  urug‘i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnash­
ganlar.  XVI—XVII  asrlarda  qoraqalpoqlar goh  Buxoro  xonligiga, 
goh  qozoq  xonlariga  tobe  bo‘lganlar.
XVIII 
asr  boshlariga  kelib  Sirdaryo  bo‘yida  yashovclii  qora­
qalpoqlaming  birlashish  jarayonida  Sig‘noq  va  Jonkent  singari 
qadimiy  qo‘rg‘onshaharlar  tayanch  bo‘lgan.  Qoraqalpoqlaming 
birlashuvida  Kuchukxon,  Taburchak va  G ‘oyib  Sultonlar muhim 
rol  o‘ynaganlar.  Buning  natijasida  1714-yilda  Sirdaryobo‘yi  qora-
103


qalpoqlari  o‘z  yetakchilari  Eshmuhammad  (Eshimxon)  bosh­
chiligida  qoraqalpoq  xonligiga birlashtirilgan.  Bu  davlat  Sirdar- 
yoning  quyi  oqimi,  Volga  bo‘ylari  jung‘orlari,  Boshqird  ulusi 
va  Kichik  juz  qozoq  xonliklari  bilan  chegaradosh  edi.
1723-yilda jung‘orlar bostirib  kelib,  Sirdaryoning  o‘rta qismini 
egallagach,  qoraqalpoqlar  yana  ko‘chishga  majbur  bo‘ladi.
K o ‘chish  oqibatida  qoraqalpoqlar  ikkiga  b o ‘linib  ket- 
di,  bir  guruhi  Sirdaryoning  yuqori  oqimi — Toshkent  tomonga, 
ikkinchi  guruhi  Sirdaryoning  quyi  oqimiga  borib  joylashdi.  Shu 
tariqa  qoraqalpoqlar  shartli  ravishda  „yuqori  qoraqalpoqlar"  va 
„quyi  qoraqalpoqlar“ga  bo‘linib  ketdi.  Quyi  qoraqalpoqlar  Sir- 
daryo  bilan  Amudaryo  o‘rtasidagi  bo‘sh  yotgan  yerlarga  ham 
o‘mashib,  bu  yerlarga  Quvondaryodan  suv  chiqarib,  dehqon­
chilik  bilan  shug‘ullandilar.

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish