Hunarmandchilik Xivfi xonligi tarixiy manbalarida hunar
mandchilikning 27 sohasi qayd etilgan.
Amalda esa, ular bundan-da ko‘p bo‘lgan.
Hunarmand malakali usta bo‘lishi uchun ko‘p yil mashaq-
qatli mehnat qilgan.
Hunarmandlar o‘z uyushmalariga ega edilar. Bu uyush-
malar hunarmandlaming faoliyatini tartibga solib turardi. Shu
yo‘l bilan ularning manfaatini himoya ham qilardi. Uyushma
boshlig‘i xonning xazina siyosatini o ‘tkazuvchi shaxs ham
hisoblanardi.
Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona — do‘koniga
ega edi. Hunarmand o‘z uyida ham do‘kon ochishi mum kin edi.
Ko‘pchilik hunarmandlar xonga va boshqa badavlat kishilarga
tegishli d o ‘konlarni ijaraga olib m ehnat qilishardi. Ayrim
hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi.