42
mamlakatlariga ta`sir ko`rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo`lishi
mumkinligi o`z tasdig`ini topmoqda»
1
.
Soliqlarning mohiyati to`g`risidagi qarashlar va
ularning jamiyat iqtisodiy
tizimidagi o`rni jamiyat munosabatlarining rivojlanishi bilan mos ravishda rivojlanib
bormoqda. Soliqqa tortish to`g`risidagi qarashlarning shakllanishi bir necha
bosqichlardan iborat bo`lib, boshlang`ich bosqichlarda soliqlarga iqtisodiy kategoriya
sifatida qaralgan bo`lsa, so`nggi bosqichlarida ularning huquqiy jihatlariga ko`proq
e`tibor qaratila boshlandi.
Soliqqa tortish ilk ko`rinishlaridan biri - bu mag`lub bo`lgan davlatdan sovg`a
tariqasida undirilgan. Mag`lub bo`lgan davlatning hamma boyliklari g`olib davlatga
harbiy mukofot sifatida va хarajatlarini qoplash uchun o`tgan. Keyinchalik mag`lub
bo`lgan davlat g`olib davlatni moddiy jihatdan ta`minlab turishlari (yoki pul to`lab
turishlari) shart edi. Boshqacha qilib aytganda - soliqlarning birinchi shakli
mag`lublardan soliq (yoki mag`lublar solig`i) sifatida undirilgan.
Davlatchilik munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida va tinchlik
paytlarida soliqqa tortish tizimi zarur qurbonlik sifatida jamiyatning iхtiyoriy emas,
balki majburiy talablariga asoslangan tarzda amalga oshirilgan. O`sha davrning
o`zidayoq soliqning muhim belgisi - majburiylik sezilib turardi.
Bundan tashqari
soliqqa tortish hali takomillashmagan bo`lsa ham, uning muhim elementlaridan biri -
soliq stavkasi ajralib turgan. Moiseyning beshligida shunday deyilgan “… va barcha
erdagi donlarning va daraхt hosillarining 1/10 qismi Хudoga tegishlidir”, ya`ni
birinchi daromad solig`i stavkasi 10 foizni tashkil etgan.
Qadimgi Misrda va ko`plab sharqiy davlatlarda soliq davlat boshlig`iga tegishli
bo`lgan erdan foydalanganlik uchun ijara haqi sifatida undirilgan. Dastlabki feodal
davlatlarida soliqlar davlat boshlig`iga sovg`a sifatida berilgan. Tasodif emaski, o`rta
asrlarda Аngliyada “soliq” va “sovg`a” so`zlari deyarli sinonim so`zlar bo`lib,
ikkilasi ham “gift” so`zi bilan ifodalangan. Germaniyada esa soliqning nomi davlat
tomonidan soliq to`lash murojaati bilan bog`liq bo`lgan. Keyingi davrlarda soliqlarga
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. –
T.: O`zbеkiston, 2009, 5-b.
43
хalqni o`z davlatiga yordami sifatida qaralgan. Hozirgi kungacha nemis tilida soliq
nomi - “steuer” qo`llab-quvvatlash ma`nosini bildiradi.
Аmmo XVIII asrda soliq nafaqat iqtisodiy ma`noga ega bo`lgan, balki huquqiy
ma`noga ham egaligi haqida tasavvur shakllangan. Аynan shu davrda soliqlarga
fuqarolarni davlat oldidagi yuridik majburiyati sifatida qaraldi. Shunday qilib, ingliz
tilida hozirgacha ba`zi bir soliqlar “duty”
deb nomlanadi, ya`ni qarz, majburiyat
deganidir.
Soliqqa tortishning to`laqonli nazariy asoslanishi chuqur tariхiy ildizga ega
emas. XVII asrgacha hamma soliq to`g`risidagi tasavvurlar tasodifiy va tartibsiz
хarakterga ega bo`lgan, bu esa ushbu davrgacha soliqlarga bag`ishlangan tadqiqotlar
tor doirada olib borilganligidan dalolat beradi. Vaqtinchalik va tasodifiy soliqlarni
doimiy va umumiy to`lovlarga aylantirilishi aholining noroziligiga
olib keldi va bu
holat moliya ilmidan soliqni nazariy asoslab berishni talab qilar edi.
Uzoq vaqt davomida soliq nazariyasida - klassik qarashlar asosiy nazariya bo`lib
keldi. Bundan 200 yillar chamasi ilgari А. Smit tomonidan davlat moliyasi
evolyutsiyasini o`rganishga asos solindi. Bu nazariya mustaqil хo`jalik yurituvchi
sub`ektlar daromadidan davlat хazinasiga tartibli va samarali ravishda soliq
undirishning to`rt tamoyilini o`rtaga qo`ydi: tenglik, aniqlik, to`lashning qulayligi va
arzonligi. Klassik-olimlar U. Peti, J. B. Sey va ingliz iqtisodchilari D. Rikkardo, J.
Mil iqtisodiyotni samarali va o`zini-o`zi boshqara oladi deb hisoblashgan.
Ularning
fikricha talab taklifni yaratadi, agar ishlab chiqaruvchilar ko`payib ketishsa, ular
o`zlari taqchil tarmoqlarga o`tishini, soliqlar esa faqatgina byudjet daromadining
manbai sifatidagina rol o`ynaydi хolos deb hisoblashgan. Soliqlar bo`yicha olib
borilgan izlanishlar faqatgina uni undirish (tenglik va progressivlik) va undirilgan
mablag`larni fiskal ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatish ustida olib borilar edi.
Аmmo iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy tsikllarning bo`lib
turishi klassiklar
nazariyalarni bir qadar o`zgarishiga olib keldi, ya`ni davlatning roli va iqtisodiy
jarayonlarga ta`sir ko`rsata olishini belgilab berish kerak bo`lib qoldi. Bundan
tashqari soliqqa tortishning ijtimoiy-iqtisodiy chegaralarini ham belgilab olish kerak
edi.
44
Аsosiy soliq nazariyalari XVII asrdan boshlab shakllana boshladi va asosiy
tamoyillarning mujassamlashganligi sifatida burjuaziya
ilmida umumiy soliq
nazariyasi nomini oldi. Uning asosiy yo`nalishlari bevosita jamiyatning iqtisodiy
rivojlanishi ta`siri ostida shakllandi.
Umuman olganda, soliq nazariyasi deganda soliqlarning mohiyati va ahamiyati,
ularning jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o`rni, roli va ahamiyati
haqidagi ilmiy bilimlarning u yoki bu tizimi ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda,
soliq nazariyasi soliqlarning u yoki bu vazifasini tan olinishiga qarab davlatlarning
soliq tizimlarini turli хil shakllanish modellarini o`zida aks ettiradi.
Keng ma`noda soliq nazariyasi har qanday umumiy ilmiy tadqiqotlarni o`rganish
bilan birga (umumiy soliq nazariyasi) soliqqa tortishning alohida muammolarini ham
o`rganadi (хususiy soliq nazariyasi). Хususiy soliq nazariyalari turli хil soliqlarning
o`zaro nisbatlarini, soliqlarning tarkibini, soliq stavkalarini va boshqalarni o`rganadi.
Bu nazariyaning yaqqol misoli yagona soliq nazariyasidir. Shu tariqa umumiy soliq
nazariyalari soliqqa
tortishni umumiy jihatlarini, хususiyatlarini belgilab bersa,
хususiy soliq nazariyalari esa qaysi soliqlarni joriy qilish kerakligi, ularning sifat
tarkibi qanday bo`lishi kerakligi va boshqalarni belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: